Tuzuvchi: A.Behzod
OHANG
VA FONETIK HODI-
SALAR
“ALGORITM ZIYO-NUR” o’quv markazi
OHANG VА UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
Og'zaki nutq oqimi bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og'zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo'linuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan tovushlar qatori ustiga qo'yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo'ladi va bu birliklar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.
Ustsegment birliklar urg'u, to'xtam (pauza), nutqning emotsional bo'yog'i (darak, so'roq, buyruq, his-hayajon) kabilarni o'z ichiga oladi. Yuqorida ko'rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Og'zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o'zaro munosabatidan iborat bo'ladi. Ko'pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo'shilib, nutqimizni yana ham ta'sirli, bo'yoqdor qilishga xizmat qiladi.
URG'U VА UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
So'zlar bo'g'inlardan tashkil topadi. Talaffuzda bo'g'inlar bir xil talaffuz qilinmaydi.
Ikki va undan ortiq bo'ginlardan tashkil topgan so'zlarning talaffuzida bo'ginlardan biri ma'lum sababga ko'ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etiladi. Bu hodisa so'z urg'usi hisoblanadi.
Urg'u yordamida nutq ko'rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo'ladi, uni zeriktirmaydi.
So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga, shuningdek, ayrim so’zlarning ma’no va talaffuzini belgilab beruvchi fonetik hodisaga urg’u deyiladi. Urg’u zarb bilan aytiladi. So’zdagi unli tovush urg’u oladi.
Urg’u ikki xil bo’ladi:
1.So’z urg’usi.
2.Gap urg’usi. Ma'no (frazaviy) urg'u ham, deyiladi.
So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi.
O'zbek tilida so’z urg'usi, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi va so'zni gap tarkibida boshqa so'zdan ajratish hamda so'z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi. Tilimizdagi bunday so’zlarda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi bo’g’inga qarab ko’chib boradi. Masalan: dala, dalalar, dalalarga.
Ammo ba’zan o’zbekcha so’zlarda ham urg’u so’zning boshqa bo’g’iniga tushishi mumkin. Masalan, hozir, albatta, lekin, ammo, chunki, hamma, barcha kabi so’zlarda urg’u birinchi bo’g’inga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |