Tuzuvchi: A. Behzod


ASSIMILATSIYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA VA BOSHQA FONETIK HODISALAR



Download 36,54 Kb.
bet6/7
Sana30.03.2022
Hajmi36,54 Kb.
#519426
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu OHANG VA FONETIK HODISALAR

ASSIMILATSIYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA VA BOSHQA FONETIK HODISALAR

Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yo'li bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.


Yuqoridagi so'zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so'zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to'liq talaffuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi.
• Talaffuz qulaytigiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o'zgarishlar ro'y beradi.
Masalan, oq so'zi asosiga -gach qo'shimchasini qo'shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so'ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o'tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.
Tovush o’zgarishi ikki holda yuz beradi:
1.O’zlashma so’zni o’z tilimizga moslashtirib tallaffuz qilishda: maktab- maktap, saodat- sodat, shkaf- ishkaf.
2.O’z so’zimizga qo’shimcha qo’shish natijasida: men+ning-mening, u+ga-unga.
Tovush o’zgarishlarining turlari:
1.Assimilatsiya (tovush moslashishi). Bunda ikkita noo’xshash tovush bir biriga o’xshash bo’lib qoladi. Masalan, yoz+sin-yossin. U ikki xil bo’ladi:
a) progressive ass.a: oldingi tovush keying tovushni o’ziga moslashtirib oladi. Masalan, otdan-ottan, ishdan- ishtan.
b) regrissiv ass.a: keying tovush oldingi tovushni o’ziga moslab oladi. Masalan, shanba-shamba, izsiz-issiz, oqshom-oxshom.
Assimilatsiyada tovushlar shakl jihatdan o’xshash bo’lib qolishdan tashqari hosil bo’lish o’rniga ko’ra ham o’xshash bo’lib qoladilar: shanba – shamba, tanbal – tambal. Boshqa holatlarda esa tovushlar hosil bo’lish usuliga ko’ra ham moslashishadi: maqsad – maxsad, to’qson – to’xson. Jarangli tovushning jarangsizlashishi (yoki aksincha) ham assimilatsiyaga misol bo’la oladi: maktab – maktap,
2. dissimilatsiya (tovush noo’xshashligi). Bunda so’zdagi ikkita o’xshash tovush noo’xshash tovushlarga aylanadi: birorta-bironta, zarar-zaral, kabob-kabop. U ham ikki xil bo’ladi:
a) progressive diss.a da oldingi tovush ta’sirida keying tovush o’zgarishga uchraydi: birorta-bironta, zarar- zaral.
b) regrissiv diss.a da keying tovushning ta’siri bilan oldingi tovushda o’zgarish ro’y beradi: maqtanchoq-maxtanchoq, pochta-poshta.
Ba’zi so’zlarda ham ass.a, ham diss.a hodisasi uchraydi: uchdi-uchti-ushti.

3.Metateza. Og’zaki nutqda undoshlarning o’rin almashinish hodisasi: daryo- dayro, tuproq- turpoq, to’g’ramoq- to’rg’amoq.


4.Tovush ortish hodisasi. Bu hodisa unliga ham, undoshlarga ham xosdir. U quyidagi o’rinlarda uchraydi:
So’z boshida: stakan- istakan, spirt- ispirt.
So’z o’rtasida: aql- aqil, hukm- hokum, fikr- fikir.
So’z oxirida: bank- banka, tank- tanka.
U+ga-unga, de+il-deyil kabi holatdagi tovush ortishlari adabiy me’yor sanaladi.
5.Tovush tushish hodisasi. U ham quyidagi holatlarda uchraydi:
So’z boshida: yiring- iring, yog’och- og’och.
So’z o’rtasida: pishiq- pshiq, kishi- kshi.
So’z oxirida: do’st- do’s, xursand- xursan.
Qo’shma so’zlarda: borar ekan- borarkan, yoza oladi- yozoladi.
Og’iz+im- og’zim, shahar+im – shahrim, metal+lar- metallar kabi tovush tushishlari adabiy me’yor sanaladi.
Tovush o’zgarishi tasnifi. Yuqoridagi qoidalar asosida tovush o’zgarishlari uch xil tasniflanadi:
1.So’zning qaysi qismida ro’y berishiga ko’ra:
a)So’zning asosida: hukm- hokum;
b)Qo’shimchada: itdan – ittan;
c)Ham asos, ham qo’shimchada: bog’ga- boqqa.
2.Yozuvda aks etishiga ko’ra:
a)Yozuvda aks etadigan o’zgarish: u+ga- unga; (fonetik yozuv asosida yoziladi va fonetik hodisaga sanaladi)
b)Yozuvda aks etmaydigan o’zgarish: uchdan- ushdan. (morfologik yozuv asosida yoziladi va fonetik hodisaga sanalmaydi)
3.Tovush o’zgarishining tabiatiga ko’ra:
Tovush tushishi: men+ning- mening;
Tovush ortishi: shu+ga- shunga;
Tovush almashinishi: bog’ga- boqqa.

Download 36,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish