Quyidagi holatlarda urg’u birinchi bo’g’inga tushadi:
1.Buyruq so’zlarda: gapir, o’tir, boshla.
2.Belgilash olmoshlarida: har bir, har kim.
3.So’roq olmoshlarida: qaysi, nima.
4.Gumon olmoshlarida: kimdir, bir nima.
5.Bo’lishsizlik olmoshlarida urg’u birinchi bo’g’inga yoki birinchi qismga tushadi: hech kim, hech qaysi.
6.Qo’shma va ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida: sotib oldi, yozib berdi.
7.Takror so’zlarda: katta-katta, asta-asta.
8.Qo’shma sonlarda: o’n ikki, yigirma besh.
9.Tarkibida nim, och, tim, jiqqa, liq, lang, to’q kabi so’zlar bo’lgan sifat darajasi shakllarida: tim qora;
10.Sifatlarning orttirma darajasini hosil qilishda so’zga p va m tovushlarini qo’shib aytiladigan so’zlarda: oppoq, qop-qora.
Eslatma! Yuqorida sanab o’tilgan so’zlarga qo’shimcha qo’shilganda ham urg’u keying qarab ko’chib bormaydi. Ya’ni ko’chuvchanlik xususiyatini yo’qotadi. Masalan: har birlaringga so’zidagi urg’u birinchi so’zga tushgan.
Juft so’zlarda urg’u ikkinchi qismning oxirida bo’ladi: ota-ona.
Quyidagi qo’shimcha va yuklamalar urg’u olmaydi:
-ta: beshta;
-tacha: (sonning ma’no turini yasovchi qo’shimchalar) beshtacha;
-cha: (ravish yasovchi qo’shimchalar) ruscha, erkakcha;
-dek, day: otdek, otday;
-ov, ova, yev, yeva, yevich: Ahmedov;
-ma bo’lishsizlik qo’shimchasi: ishlama; (agar ushbu qo’shimcha ot va sifat yasasa, urg’u oladi: tortma, burama)
-man, miz, san, siz kabi shaxs son qo’shimchalari: boraman;
-Qo’shimcha yuklamalar urg’u olmaydi:
-ku: sen-ku;
-chi: sen-chi;
-mi: aytdimi;
-da: keldi-da
-gina: sengina.. (agar bu qo’shimcha otlarning lug’aviy shaklini yasasa, urg’u oladi: bolaginam. Bunday holatda u egalik shaklidan oldin kelishi kerak. Agar egalik shakli oldin, -gina qo’shimchasi keyin kelsa, u holatda yuklama bo’ladi. Qiyoslang: ukaginam – ukamgina)
-la fe’l yasovchisi: gulla, ishla
-dir gumon yuklamasi: kelgandir, -dir olmosh yasovchisi: kimdir, -dir kesimlik shakli: suv hayot manbaidir.
Ko’makchilar urg’u olmaydi: kabi, uchun, sari va h.k.
O'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Bu urg'uning o'sha tillardagi ahamiyati bilan bog'liqdir. Masalan: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va h.k.
Urg'u ma'no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Ya’ni, ikki bo’g’inli omonimlar birinchi yoki ikkinchi bo’g’inga urg’uning tushish-tushmasligiga ko’ra ma’no jihatdan farqlanadi. Masalan:
bog'lar — boglar
hozir — hozir
yangi — yangi
etik — etik
akademik — akademik.
Do'stlaringiz bilan baham: |