SO‘Z URG‘USI VA BO‘G‘IN TURLARI
Urg‘u nima?
Urg‘u tushish o‘rniga ko‘ra nechaga bo‘linadi?
So‘z urg‘usi deb nimaga aytiladi?
Gap urg‘usi haqida ma’lumot bering.
Bo‘g‘in va uning turlari haqida ma’lumot bering.
Grafika haqida ma’lumot bering.
So'z bo'g'inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in hisoblanadi, urg'u odatda, unli tovushga tushadi.
Urg'u o'z sifatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) so'z urg'usi; (yoki leksik urg'u), 2) gap urg'usi (yoki logik urg'u).
So'z bo'g'inlaridan biriga tushadigan urg'u so'z (leksik) urg'u deyiladi. Masalan: bola, lola. kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor. So'zlarga qo'shimchalar qo'shilishi bilan urg'u ham shunga mos holda ko'chadi. Masalan: g'alla -g'allakor, paxta-paxtakor.
Gap (logik) urg'u. Gap bo'laklaridan.birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) urg'usi deyiladi. Misollar:
1). Bugun majlis bo'ladi (ertaga eraas, balki bugun) 2). Bugun majlis bo'ladi (faqat majlis bo'ladi), 3). Bugun majlis bo'ladi (bo'lmaydi emas, bo'ladi) gap so'zlaraing turli bo'g'inlariga tushishi mumkin bo'lgan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar.
Havо оqimiga bеriladigan bir zarb bilan aytiladigan bir tоvush yoki bir nеcha tоvushlarga bo`g`in dеyiladi. Akustik nuqtai nazardan bo`g`in nutqning tоvush bo`lakchasi bo`lib, unda bir tоvush bоshqalaridan o`zining jarangliligi bilan ajralib turadi, u unli tоvushlar. Unli tоvush bo`g`in hоsil qiluvchi vоsitadir. Shuning uchun ham so`zdagi bo`g`inlar sоni undagi unli tоvushlar miqdоriga tеng kеladi. Hattо bitta unli tоvushning o`zi ham mustaqil bo`g`in bo`la оldai. Undоsh tоvushlar unli bilan qo`shilgandagina bo`g`in hоsil qiladi: masalan, оl-ma, о-na-miz, mеh-ri-bоn, ga-zе-ta, tan-ta-na. Misоllardagi har bir bo`g`in bir yoki ikki-uch tоvushdan tuzilgan. Tarkibidagi unlilar sоniga ko`ra so`zlar bir bo`g`inli (mеn, bir, bоsh), ikki bo`g`inli (bо-la, lо-la, mak-tab) va ko`p bo`g`inli (paх-ta-zоr, ku-lis-tоn) bo`lishi mumkin.
Bo`g`in tuzilishining o`ziga хоs qоnuniyatlari mavjud. Chunоnchi, ikki va undan оrtiq tоvushdan ibоrat bo`g`inlarda unli va undоsh tоvushlarning o`rinlashish tartibi quyidagicha bo`ladi:
1)unli – undоsh: ish, o`n, оl.
2)Undоsh – unli: ki-shi.
3)Undоsh – unli – undоsh: qоsh, bоsh, sеz-gir.
4)Unli – undоsh – undоsh: оst, ust, aql.
5)Undоsh – undоsh – unli: bri-ga-da.
6)Undоsh – unli – undоsh – undоsh: to`rt, qirq.
7)Undоsh – unli – undоsh – undоsh – undоsh: tеkst, Marks.
8)Undоsh – undоsh – undоsh – unli – undоsh: shtriх, spravka.
9)Undоsh – undоsh – unli- undоsh – undоsh: shtamp.
Grafika( yunoncha”chizuv”,”yozma”) yozuv va uning turlari haqidagi bo’lim.
Harf asosiy grafik vositadir. Har bir nutq tovushi uchun olingan shartli shakl harf deyiladi. Yozuvda ishlatiladigan va qat’iy tartibda joylashtirilgan harflar yig’indisi alifbo deyiladi.
Hozirgi o’zbek tilida (rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvida) 33 harf 2 belgi bo’lib, shulardan 6 tasi unli (a,i,e, u,o’,o) 4 tasi yo-lashgan unli, 23 tasi undosh harf. O’zbek tilida 25 ta undosh tovush bo’lib, 23 ta harf bilan ifodalanadi.( ikki tovush yozma ifodasiga ega emas: j-juma,
jurnal; ng-tong, senga).
x va h undoshlari alohida fonemalardir.
i bilan boshlanuvchi so’zlarning birinchi bo’g’inida x yoziladi: ix-tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik; qolgan bo’g’inlarida kelsa h yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-loh;
e bilan boshlanuvchi so’zlar tarkibida asosan h yoziladi: ehson, ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
x va h ayrim so’zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi: xol (dog’)-hol (ahvol); xam (egik)-ham (yuklama); shox (daraxt shoxi)-shoh (podshoh); rux (metall)- ruh (arvoh);
Ayrim so’zlarda yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshdan biri tushirilsa, so’z xato hisoblanmaydi, faqat so’z ma’nosi o’zgaradi; qattiq-qatiq; silla-sila; tilla-tila; mashshoq-mashoq; cho’qqi-cho’qi; ushshoq-ushoq;
Siyla, biyron, ziyrak so’zlarida y undoshi tushirilganda so’z xato hisoblanmaydi, ma’no o’zgaradi: sila, biron, zirak.
Do'stlaringiz bilan baham: |