Turon zarmed universiteti



Download 87,08 Kb.
bet5/8
Sana28.04.2023
Hajmi87,08 Kb.
#932946
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Gulhayo

Shaklim narvon va yoyli.
Men qo'shilsam oynakka
Ko'zing tushar choynakka.
Bu jihat shoiraning alohida turkum she’rlarida ham uchraydi. Jumladan, “D” o'xshaydi Ilhomga” she’rida lotin alifbosidagi harflar quyidagicha obrazlanadi. “O” dumaloq go'yo shar,
“N” o'xshaydi narvonga,
“L”ilingan javonga,
“S” o'xshaydi oqqushga,
“V” qanot yozgan qushga,
“A” o'xshab ketar tomga,
“D” o'xshaydi Ilhomga Yurar qaddin qilib dol.
Go'yo yuz yasharli chol.
K.Turdiyeva shu tarzda alfavitdagi har bir harfga to'xtalib, harflardan goh topishmoq, goh o'yinchoq, ba’zan esa bolalarga o'git berish maqsadida foydalanadi. Natijada, harfiy san’atlarning yangi talqinlari namoyon bo'ladi.
Muallifning “Kasblar she’rga aylandi, alifbega joylandi” she’rida alfavit tartibidagi harflar saf tortib, o'zi bilan boshlanuvchi kasblar haqida so'z yuritadi. Har biri 10-14 misralik she’rda aniq bir kasb-hunar haqida so'z boradi, ular o'zaro mustaqil sujetga ega bo'lsa-da, barchasi “yo bo'lsammi” so'zidan boshlangani, mantiqiy bog'lqligiga ko'ra yaxlit she’rdir. Alifbe she’r orqali o'quvchilar o'ttizdan ortiq kasb-hunar haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Rost, she’rda kichkintoy bolalarning tasavvuriga hali sig'maydigan kasblar haqida ham fikr yuritiladi. Masalan, elchi, g'avvos, lug'atshunos kabi.
Bu istiqlol davri alifbo-she’rlarining yorqin namunasi ekanligi bilan ham e’tiborli. Unda davrning nafasi ufurib turishidan tashqari, mazmun mohiyatida XXI asrning intellektual salohiyati aks etgan. Masalan, jurnalist bo'lishni orzu qilgan yosh lirik qahramon xabar yozib, elektron pochta orqali tashlashni reja qiladi, uchuvchilik haqida oy'laganda Marokash va Anqaradan bemalol Vataniga uchib kelishni xohlaydi. Shu kabi yuksak orzular qanotiga shaylangan lirik qahramon cho'ponlik, nonvoylik, kulolchilik, zargarlik kabi ota-bobolarining
kasbini ham unutmay, ular to'g'risida o'rinli mulohaza yuritadi. Natijada, bunday alifbe she’rlar faqat jajji o'quvchilarni emas, balki o'smirlarning kasb tanlashga bo'lgan qiziqishlarini uyg'ota olishi bilan ham ahamiyat kasb etadi.
Umuman, alifbe she’rlar asosida yangi she’riy shakllarning yaratilishi o'zbek bolalar she’riyatining janriy jihatdan boyib borayotganligidan dalolatdir. K.Turdiyevaning “Alifbeda nasihat” she’ri shu jihatdan xarakterli. Shoira har bir harf bilan boshlanuvchi o'gitlarlarni alifbo ipiga marjondek tizishda tavze’ san’atidan foydalanadi:
“A” aql, adolat, azal, asli hammadan Afzal,
“B” botir bo'lsang bil shafqat, bemehr bo'lma faqat.
“D” dono so'zdan yarar dil, donolarni do'sting bil,
“E” eshit, esingda tutgin, erinishni unutgin.
“F” fahm, farosat albat, eng foydali fazilat.
“G” go'zaldir gul-u giyoh, gullarni toptash gunoh.
“H” hadis, hikoya, hikmat, uyg'otar mehr, himmat.
“I” intil ilm izlashga, shu maqsadni ko'zlashga.
“J” jahlingni jilovlab ol, janjal naf bermas biror.
“K” kamtarga kamol chopar. Kekkaygan zavol topar...
Ko'rinadiki, satr boshida kelgan harf misra ichida ham 4-5 marta takrorlanib, alliteratsion tovushlar sistemasini tashkil qilish bilan birga, she’riy ritmga, qofiya va mazmunga putur yetmaydi. Shoiraning Alifbe-o'gitda harflarga mos so'z va ulardan yaxshilik xislatini topish, she’riy shakl, qofiya, vaznga solishdan ko'zlangan maqsadi bor albatta. Bu avvalo, endigina savodi chiqayotgan o'quvchining lotin alifbosidagi harflar talaffuzi, turli so'zlardagi jarangini uning qulog'iga qo'yishdir. Binobarin bunday she’rlarni “Alifbe” va boshlang'ich sinf darsliklariga kiritish, harflarni o'tishdagi rang-baranglikka olib keladi.
Alfavitdagi harflar ketma-ketligi asosida yaratilgan topishmoqli alifbe ham K.Turdiyeva ijodiga xos usul. Shoira topishmoqlarni shunday ketma- ketlikda joylashtiradiki, ularning javobi alfavitdagi harflar bilan boshlanadi:
A- Asal yig'ar, nishi bor. (Asalari)
B- Sariq meva dorivor.(Behi)
D- Marjonlardek terilgan. (Do'lana)
E - Aqlliga berilgan. (Es)
F - Juda ham ulkan jonzot. (Fil)
G - U bilan go'zal hayot. (Gul)
H - Qovunga kichik ini. (Handalak)
I- Qushlar quradi uni. (In)
Shu tariqa, shoira topishmoq aytish bahonasida alifbeni yod bo'lishi, uni esdan chiqarmaslikni maqsad qilib qo'yadi. Alifbe she’rlarning bunday ko'rinishi savod o'rgatish jarayonida qo'l keladi. Kichkintoylarni topqirlikka, zukkolikka o'rgatishda, shuningdek, dam olish daqiqalarida bu kabi topishmoq she’rlardan foydalanish mumkin.
Ko'rinadiki, K.Turdiyeva bu janming xilma-xil usullarini yaratish orqali o'quvchini so'z oyini, fonetik hodisalar bilan ham tanishtirishni ko'zlaydi. “Qofiyali topishmoqlar” shu jihati bilan alohida hodisa”
“T”dan boshlansa - musiqiy asbob,
“Q”dan boshlansa - yog'in behisob. (tor, qor)
“X”dan boshlansamda o' smaman oddiy,
“B”dan boshlansam shirinman, totli. (xol, bol)
Bunday she’rlar tabiiyki, o'quvchini yuqori sinflarda o'rganiladigan bir tovush bilan farqlanadigan paronim so'zlar bilan tanishtirib borishga zamin yaratadi. Ayni paytda so'zning oxiri bir xil alliteratsion harflar bilan tugaydigan qofiya haqida tushuncha paydo qila boradi. Har bir paronim so'zga bag'ishlangan misralar o'zaro mustaqil band hisoblanib, qofiyalanish tizimiga egaligi uning she’riy shakllardagi to'rtlik ko'rinishiga misol bo'la oladi.
Harflar orqali turli obrazli voqelik yaratish K.Turdiyeva she’riyatida ko'proq uchraydi. Shoiraning “Harflar she’r yozishgani haqida” sarlavhali alifbe ertakda harflar endi obrazlarga kiradi. Ular asar tarkibida mustaqil personaj sifatida harakat qilib, ma’lum voqelikning obrazli ifodasiga ko'ra kompozitsion butunlikni tashkil qilgan. Hikoya qilinishicha barcha harflar bir joyda to'da bo'lib, she’r yoki hikoya yozish g'oyasini o'ylaydilar. Ammo nima haqda yozish ular o'rtasidagi bahsga sabab bo'ladi. “T” harfi “tog'” mavzusini ma’qullasa, “Q” qisqichbaqa, qarqunoq, qarg'a haqida yozamiz deb turib oladi. “O” harfi esa oqlikni, B-bo'g'irsoq, bo'rini maqtaydi; “S”, “M” harflari ham o'z so'zida turib oladi. Xullas, A-ahillikda gap ko'p deya hamma harflarni chaqirib, tizilishini shunda biror nima yozish mumkinligini aytadi. Barcha harflar alfavitdagi o'z o’rinlarini egallagach, “Alifbe”ga joylashgach, murodlariga yetadi, she’r yoza boshlaydilar.
K.Turdiyeva shu kabi ko'plab she’rlarida harflarni mustaqil harakatga keltiradi. Ulardan kichkintoylar xarakteriga xos xususiyatlarni ochib berishda foydalanadi. Natijada, harflar goh adashib ketadi, gohida almashib qoladi. Shoiraning “Manman “B”, “Harflar adashdi”, “Harflar o'yini”, “Bitta harf qochsa-chi”, “Harflar ketib qolsa”, “M”, “A” kelsa yonma-yon”, “A” harfi qilsa o'yin”, “Harflar ustaxonasi”, “Bo'ling harfga hurmatda” kabi she’rlari ham shu tariqa ma’rifiy-badiiy ahamiyatga ega. Zero, alifbo-she’rlar endilikda harfiy san’atga asoslangan yangi she’riy shakllarga keng yo'l ocmoqda, desak yanglishmaymiz. Bu esa o'z navbatida, harflarni yozilishi, shakli, o'rni, jarangdorligi, xullas, barcha tasnif-u xususiyatlarini o'rganishga da’vat etadi. Harflarga ana shunday yuksak muhabbat bilan yondashgan shoiramning lotin alifbosini ommalashtirish, badiiy talqin etishdagi xizmati shu ma’noda beqiyos.
K.Turdiyeva bolalar kinochiligi sohasida ham ijod qiladi. U multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo'shiqlari bilan-da mashhur bo'lgan. Shoira "Irkitvoy va Kirketjon" multfilmini va M.To'ychiyev bilan hamkorlikda "Katta oyi" badiiy filmini yaratishda faol ishtirok etdi. K.Turdiyevaning bolalar qo'shiqchiligi sohasida ham hissasi bor. Uning she'rlariga A.Nazarov, M.Mahmudov,
Sh.Yormatov kuy bastalagan. Shoiraning "Toshkesarlar mamlakatida" dramatik ertagi "Sog'lom avlod yili"ga bag'ishlangan tanlov sovrindori bo'lgan.
Shoiraning "Baxillik haqida rivoyat"i ham o'quvchilarga ma’naviy saboq bera oladi. Unda o'ziga xos motiv va detallar uchraydi. Rivoyat xalq ertaklariga o'xshash an’anaviy zachinga ega:
Juda qadim yillarda,
Juda uzoq zamonda Kampir-u chol yasharkan Bilmam qaysi tomonda
Shu kampir va cholning juda badfe’lligi, xasis va baxilligi tufayli qarindoshlar oyog'i ularnikidan uzilgan, hech kim kelmas, hatto kulgi ovozi eshitilmas ekan. Ammo ularning yakka-yu yolg'iz bolasi butunlay o'zgacha, odamoxun, suxandon, o'zgalardan yordamini ayamaydigan bo'lib voyaga yetadi. Asosan, gadolarga, yo'qsillarga boru budini ulasharkan. Chol va kampir ana shundan xunob bo'lishib, bir qarorga keladilar:
Gadoylarning barisin Jo'nataylik mozorga,
Yo'qsa, saxiy bu o'g'lon Bor-budimiz yo'q qilar,
Qaysi gado yo'liqsa Uning qornin to'q qilar.
Oqko'ngil o'g'illari bu qora ishga yo'l qo'ymagach, uni tog' tomonga giyoh terishga yuboradilar. Xurjuniga bir kalla qand va non soladilar. Baxil chol-u kampir xamirga zahar qo'shib, non pishirishadi. So'ngra ko'chadan o'tgan nochor, bechoralarga shu nondan ulashadi. O'sha ko'chadan bir oyoqli devona o'tib ketayotsa, chol uni ham uyga chorlab, xaltangga sol deya nondan xurjuniga tiqib yuboradilar.
K.Turdiyevaning "Dunyoni saqlar bolalar" qo'shig'i bolalar ijrosi uchun mo'ljallab yozilgan. Qo'shiq tantanavor ohangda kuylanishi bilan e ’tiborni tortadi. Unda naqarot ham berilgan. Ma'lumki, naqarot qo'shiqning har bandidan so'ng muntazam ravishda takrorlanib turuvchi qismi. Qo'shiq va madhiyalarda naqarot boshqa qismlardan musiqiy vazn, uslub va ijro sur'ati bilan farqlanishi mumkin. Xor jamoalariga mo'ljallab yaratilgan qo'shiqlarda naqarot qismi, odatda, yalpi xor tomonidan ijro etiladi .

Download 87,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish