2.3. Abdusamad Koʻchimov. Anvar Obidjon
Abdusaid Ko'chimov (1951-yili tug'ilgan) Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Toshkent Davlat pedagogika institutining o'zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Ilk kitobi - "Kashfiyotchi bolalar" 1978-yilda chop etildi. Shundan so'ng uning "Mening O'zbekistonim"(1979) "Mening yulduzim"(1984), "Umid daraxtlari" (1992), "Chanoq"(1985), "Ikki bahor"(1990), "Qiyofa"(1996) kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilindi. "Baland tog'lar"(2002) saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, she ’rlari kiritilgan. A.Ko'chimov Xalqaro YUNESKO mukofoti, G'afur G'ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Unga "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" unvoni, "Shuhrat" medali, "Mehnat shuhrati" ordeni berilgan.
A.Ko'chimov qalbi jo'shqin, shijoatli bolalar publitsisti hamdir. U mustaqillik g'oyalarini matbuotda keng yoyish, o'tmish tariximizga oid hamda istiqlol ne’matlarini bolajonlar qalbiga jo etishda dolzarb maqolalari bilan hissa qo'shib kelmoqda.
A.Ko'chimovning yana bir she’ri "Yer - boyliklar onasi" deb nomlanadi. She’rda kichkintoy bolalarga xos "nimavoy"lik hamda undan chiqarilgan ibratli saboq mazmuni aks etgan. Yosh lirik qahramon jajji ukasi Savlatjonning ezma "bilag'on"ligidan dastlab jahli chiqadi. Chunki u juda ko'p narsaga qiziqadi: Nega kunduz chiqmas oy? Nega qishda muzlar soy? Nega tomning tili yo'q? Nega gulning qo'li yo'q? Xayriyatki, ularning tog'day bardoshli bobosi bor: u erinmay jajji nevaraning barcha "nega-nega"lariga javob beradi. Natijada, lirik qahramon ona yer haqidagi tushunchaga ega bo'ladi: Yer - non tayyorlanadigan bug'doyning, kiyim-kechak tayyorlanadigan paxtaning, oq qant olinadigan shakar qamishning, temirning, barcha boyliklarning onasi ekanligi ma’lum bo'ladi. Shuningdek, bobosining hikoyasidan yosh qahramon oqpadar Gitlerning ona-yerga chang solgani, shu urushda bobosi ham o'ng oyog'idan ajralib kelgani, hozir ham ba'zi yovlar zaminga azob berib, bog'-rog'larni xarob etayotgani ayonlashadi. Shu tariqa, lirik qahramon ongida Yer oddiy tuproq, zamin holidan buyuk Vatan darajasiga ko'tariladi va "ezmavoy" ukasiga ich-ichidan minnatdorlik bildiradi.
Shoiming "Ikki o'rtoq bor edi", "Mish-mishvoy", "Men g'iybatchi emasman", "Majlis", "Sufliyor" kabi she’rlarida ham maktab o'quvchilari o'rtasida uchrab turadigan turli voqealar, odatlar, yoki, shu yoshdagi o'g'il-qizlarning fe’l-atvori lirik ifodasini topgan. "Hiyla" she’rida kattalarga xos fe’l-atvor aslida bolalikdan, aniqrog'i, oiladan boshlanishi ochib berilgan. She’r qahramoni Shodmonjon otasidan xushomadgo'ylik sabog'ini olgach, darhol bu "o'git"ni hayotga tatbiq etadi:
Ertasi erkalanib,
Oyisidan pul oldi.
Darsdan keyin G'anining
Yuragiga qo'l soldi...
-MMorojnieMga bir to'ysak.
Nima deding, jo'rajon?
G'ani labin yaladi:
-Attang, pulim yo'q edi..
Shodmon kerilib:
-Mana,
Menda bor, ketdik!-dedi.
Tandirday qizib turgan kunda ikki o'rtoq muzqaymoqni paqqos tushiradilar. A’lochi, yuvosh, morojniy jonu tani bo'lgan G'ani bu siylovdan hayron bo'lib turganda, Shodmon maqsadga ko'chadi:
-Uy ishin ko'chirsam,
Degandim daftaringdan...
G'anining yo'q demoqqa tili bormay, g'alati ahvolga tushadi. Qo'li titrab portfelini ochadi. "Yegan og'iz uyalar, xushomad zo'r shaytondir".
Uning "Saboq" she’riy ertagi ijtimoiy dolzarb mavzuga bag'ishlangan. Shoir Chumchuq va Burgut ramziy obrazlari orqali vatanparvarlik tuyg'usini oydinlashtiradi. O'z dala-qirida - pastlikda yashashdan or qilgan Chumchuq Burgutga taqlid qilib, o'rkach-o'rkach qoyalar tomonga qarab parvoz qiladi. Qora terga botib, jiqqa ho'l bo'lgach, nafasi tomog'iga tiqilib, bir qoyaga urilib yiqiladi. Anchagacha behush yotgan chumchuqqa sor Burgut duch kelib, uning nimjonligiga rahmi keladi. Chumchuqning:
Pastliklarda shuncha yashab,
Qoniqmadi yuragim Yo'q demasang sening bilan Yashamoqdir tilagim,-
degan gapiga qah-qah urib kulsa ham, uni yelkasiga mindirib oppoq bulutlar orasiga kirib ketadi. Yer, dala, suv, tog', o'rmon - barchasi ko'zdan g'oyib bo'ladi. Ana shundagina yuragini qo'rquv qoplagan chumchuq yerning naqadar go'zalligini his qiladi va o'z xatosini tushunib yetadi. Burgut o'z makoni bilan cheksiz faxrlanadi: ko'k bag'rida yashash, qor-bulutlar qo'yni-yu shamollar raqsini kechalari porlagan yulduzlar qurshovini otashin muhabbat bilan ta ’riflaydi.
Ko'rinadiki, ertak ezgulik bilan tugagan. Shunga muvofiq asarning tarbiyaviy ahamiyati, mavzuviy dolzarbligi katta.
Xullas, ona-Vatan, ijtimoiy-hayotiy voqealar, zamona taloto'plari, jamiyatda kechayotgan yaxshi-yomon o'zgarishlarlarni A.Ko'chimov o'ziga xos uslubda, ohangda bolalarbop ifoda etadi. Ijodkorning o'z ovozi, tahliliy mushohadalarga boy publitsistikasi, esse va ertaklari istiqlol davri bolalar adabiyotini yangi tamoyillar bilan boyitishga hissa qo'sha oldi. Uning she’rlarida hurfikrlilik yarq etib ko'zga tashlanadi, lirik qahramonlari haqiqatga tik boqadi. Uning asarlarida Vatan oldidagi burch va mas’uliyat eng oliy insoniy tuyg'u ekanligi anglashilib turadi. Xuddi shu qirralar davr bolalar adabiyotining yetakchi xususiyatlari hamdir.
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yilning 8-yanvarida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. U o‘zbek bolalar adabiyotini o‘zining qisqa va mazmunli she’rlari, qiziqarli hikoya, qissa, pyesalari bilan boyitib kelayotgan adib va dramaturgdir. A.Obidjon hozirgi O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.
A.Obidjon sermahsul ijodkor. Uning “Ona Yer” (1974, she’rlar), “Bahromning hikoyalari” (1980, she’rlar), “Ey, yorug‘ dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983, qissa va hikoyalar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she’rlar), “Masxaraboz bola” (1986, she’rlar), “Akang qarag‘ay Gulmat” (1987, qissa va hajviyalar) , “Juda qiziq voqea” (1987, she’rlar), “Oltin yurakli Avtobola” (198 8, qissa va hikoyalar), “Dahshatli Meshpolvon” (1989, qissa va pyesalar), “Yerliklar”(1990, hajviyalar), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992, qissa, pyesa, she’r), “Ajoyibxona” (1993, she’riy taqvim), “Meshpolvonning janglari” (1994, qissa va doston), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri” (1996, doston va she’rlar), “Alamazon va Gulmat” (1998, qissa va she’rlar), “Oltiariq hangomalari”, (1999, hajviyalar), “Bulbulning cho‘pchaklari” (2001, she’r va hikoyalar), “Odobli bo‘lish osonmi?” (2001, hikoya), “Meshpolvon” (2003, qissa), “Bezgakshamol-2” (2003, hajviy she’rlar) kabi to‘plamlari nashr etilgan.
XULOSA
Istiqlol davri bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari o'zbek adabiyotida, hayotni o'rganish-bilishning badiiy vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. U zamondoshlar, jumladan, yosh avlodning ruhiy holatini teran tadqiq etishga, fikr doirasini kengaytirishga, his va tushunchalarining shakllanib, voqelikka to'g'ri munosabatda bo'lishga da’vat etayotir. Bugungi adabiyot tom ma’noda hayot darsligiga aylanayotgani shu jihatdan e’tirofga sazovor.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning ilk yillaridayoq jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ma’nan va jismonan sog'lom avlod tarbiyalash masalasini kun tartibiga qo'ydi. Zero, har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, umrining
ma’nosi qobil farzandlar o'stirish, ulami ham jismoniy, ham ma ’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko'rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratligi haqidagi ta’kidlar bejiz emasdi.
Chindan ham mustaqillik davri bolalar adabiyotining mazmun va mohiyatidagi tub burilish yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda yosh qahramonlar xarakteri tahlili masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, shakl va mazmun jihatdan- da yangi tamoyillar kasb eta borgani yorqin ko'rina boshladi. Milliy bolalar matbuoti ham mavzu material, g'oyaviy- badiiy jihatdan o'sib, bolalar ijodkorligi namunalari ko'proq ommalashtirilayotgani ta’kidga loyiq.
Shu bilan birga yangi asr kichkintoylarining qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali o'quvchilarda axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirishga ahamiyat berilayotgani diqqatga sazovor. Binobarin, istiqlol davri o'zbek bolalar adabiyotida jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq mavzu talqinlari ustuvorligi (S.Barnoyev, E.Malikov, T.Malik asarlarida); kichkintoylar va bolalar fe’l- atvoridagi xarakter xususiyatlarning hajviy-yumoristik, fantastik, sarguzasht ifodasi (X.To'xtaboyev, A.Obidjon ijodida); bolalar va o'smirlarning murakkab ruhiyat olami (psixologizm) teran aks etgan asarlar, qolaversa, tabiat va jamiyat muammolari falsafiy talqin etilayotgan badiiy ijod namunalari (N.Fozilov, M.A’zam, A.Obidjon, T.Adashboyev asarlari) yarq etib ko'zga tashlanadi.
Bunda asrimiz boshlaridayoq bolalar asarlarining g'oyaviy-badiiy, axloqiy- ma’rifiy, falsafiy va psixologik jihatdan monografik tahliliga oid salmoqli tadqiqotlar, risola hamda adabiy-tanqidiy maqolalarning vujudga kela boshlagani muhim hodisa bo'ldi. Adabiyotshunos olimlar o'zbek bolalar adabiyoti tarixi va muammolarini yangicha tafakkur, istiqlol mafkurasi nuqtayi nazaridan o'rganish joizligini asoslab berdilar.
Istiqlol davri yangi bolalar adabiyotining maydonga kelishiga 80-yillarning ikkinchi yarmi katta ta’sir ko'rsatgani bejiz emas. Ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom ma’nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni erksevarlik tuyg'ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo'ydi. Bu ishga badiiy so'z qudrati bilan hissa qo'shib kelayotgan iste’dodli yozuvchilarning yangi avlodi yetishib chiqqanligi e’tirofga sazovor. Ya’ni, nafaqat Anvar Obidjon, T.Adashboyev, Miraziz A’zam, R.Tolipov, S.Barnoyev singari professional adib va shoirlarning o'zgacha talqin hamda yo'nalishdagi ijod namunalari balki Q.O'tayev, H.Imonberdiyev, K.Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab, Rustam Nazar, Vali Ahmadjon, S.Inoyatov, Qo'zi Ismoil, Zafar Isomiddin, Erpo'lat Baxt kabi ijodkorlarning bolalar adabiyotiga “yangi havo” olib kirishlari bilan e’tibor qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |