Qo‘llar harakati Bitta qo‘lning harakatlar sikli quyidagi fazalardan iborat bo‘ladi: qo‘lni suvga kirishi, eshishning tayanch fazasi, eshishning asosiy fazasi, qo‘lni suvdan chiqishi, suv ustida qo‘lni harakati(oldinga tashlanishi).
Qo‘lni suvga kirishi. Suv ustidagi harakatidan so‘ng qo‘l tirsak bo‘g‘imida biroz bukilib suvga o‘tkir burchak ostida quyidagi tartibda kiradi: panja-kaft, bilak, yelka. Keyin qo‘l yozilib shu holatda oldinga va pastga harakatlanadi.
Eshishni tayanch fazasi. Oldinga va yuqoridan pastga harakatlanganda qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilishga davom etib faza yakunida gorizontal holat bilan qo‘l orasidagi burchak 40-45 gradus bo‘lganda, kaft vertikal holatni qabul qiladi.
Eshishning asosiy fazasi. Tana ostida harakatlana turib qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilishini davom ettirib, eshishning o‘rtasida yelka va bilak orasida 90-100 gradusga teng bo‘lgan burchak hosil qiladi. Keyin qo‘l sekin-asta to‘g‘rilanib tos-son bo‘g‘imiga etganda eshishning asosiy fazasini yakunlaydi.
Qo‘lni suvdan chiqarish. Panjalar songa etganda tanani oldinga harakatlantiruvchi mushaklarning aktiv urinishlari yakunlanadi va yelka bo‘g‘imi suvdan ko‘tariladi. Keyinchalik suvdan ketma-ketlikda yelka, bilak va kaft-panjalar ko‘tarilib suv ustida qo‘lning harakati boshlanadi.
Suv ustida qo‘lning harakati. Bukilgan yoki yarim bukilgan qo‘l ortiqcha zo‘riqishlarsiz qisqa yo‘l bilan suv ustida harakatlanadi va suvga kiradi. Olib o‘tishda tirsak biroz ko‘tarilgan, panjalar esa suv yuzida ushlanadi.
Harakatlarning uyg‘unligi.
O‘ng qo‘l oldinda bo‘lgan vaqtda chap qo‘l eshishning asosiy fazasini yakunlayotgan bo‘ladi(son oldida bo‘ladi). Chap qo‘lni suvdan chiqarish o‘ng qo‘l bilan eshishning tayanch fazasi yakuni bilan to‘g‘ri keladi. Keyin chap qo‘l suv ustida harakatini davom ettirib suvga kiradi, o‘ngp qo‘l esa eshishning asosiy fazasini boshlaydi. .
Nafas Qo‘llarning bir sikl harakatiga bitta nafas olinadi va bitta nafas chiqariladi. Nafas olish uchun bosh eshayotgan qo‘l tomonga (chap yoki o‘ng) burilib og‘iz suv ustiga chiqadi. Qo‘llarning suv ustidagi harakatini birinchi yarmida og‘iz katta ochilib nafas olinadi. Shundan so‘ng bosh zudlik bilan suvga buriladi(yuz bilan pastga) va nafas chiqarish boshlanadi- oldin og‘izdan, keyin burundan.
Harakatlarning umumiy koordinatsiyasi.
O‘ng qo‘l sirpangan vaqtda chap oyoq pastdan yuqoriga harakatlanadi(bir vaqtning o‘zida o‘ng oyoq yuqoridan pastga harakatlanadi)
O‘ng qo‘l eshishning tayanch fazasini tugatganda chap oyoq pastdan yukoriga harakatlanadi(o‘ng oyoq esa yuqoridan pastga).
O‘ng qo‘l eshishni asosiy qismini bajarayotgan vaqtda, chap oyoq yana yuqoridan pastga harakatlanadi(o‘ng oyoq pastdan yuqoriga) Shu tariqa chap qo‘l bilan eshishda ham oyoqlar harakatlari bilan monand bo‘ladi.
CHALQANCHA USUL Chalqancha suzishning(-rasm) boshqa suzish usullaridan farqi kursantning tana holatida(belida) va nafas olib chiqarishida(suv ustida).
Qo‘llar va oyoqlarning harakat sikli hamda nafas olib chiqarishi xuddi erkin usuldagidek. Kursantning tanasi suv ustida gorizontal holatga yaqin bo‘ladi. Yuzi yuqoriga qaragan, jag‘ ko‘krak tomon biroz tushirilgan.