Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi



Download 83,45 Kb.
bet6/15
Sana31.12.2021
Hajmi83,45 Kb.
#220346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5426993230661028494

Qo’qon xonligining tugatilishi. Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach, Qo’qon xonligini tugatishga kirishdi. Bu vaqtda Qo’qon xonligida hokimiyat uchun ichki kurash avjga chiqqan edi. 1868-yil 13-fevralda Kaufman va Qo’qon xoni Xudoyorxon o’rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari Rossiya tasarrufiga o’tganligi e’tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga Qo’qon xonligining barcha hududlarida hechqanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo’lish huquqi berilgan edi. Bu shartnomadan qoniqmagan Qo’qon xonligidagi kuchlarning Xudoyorxondan noroziligi ortib boradi. Buning ustiga xonlik hududi qisqarganligini ro’kach qilib xazinani to’ldirish uchun yangi-yangi soliqlar joriy etiladi. Xudoyorxon bosqinchlarga o’zini yaqin tutar, Qo’qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblardi. 1973-yilda Farg’ona vodiysida Xudoyorxonga qarshi qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonchilarning bir qismiga qirg’izlarning boston urug’idan chiqqan mulla Ishoq Hasan o’g’li boshchilik qiladi. U Qo’qon xoni Olimxonning nevarasi Po’latxon deb e’lon qilinadi va u Namanga kelib qo’zg’olonga rahbarlik qila boshlaydi. Ayni paytda xonlikda Xudoyorxonning o’g’illari Nasriddinbek va Muhammad Aminbek, Sherali dodxoh, Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham bosh ko’taradilar. Ular bir tomondan, Rossiya imperiyasi bosqinchilariga qarshi, ikkinchi tomondan, Kaufmanga batamom tobe bo’lib qolgan Xudoyorxonga qarshi kurash boshlagan edilar. Xalq qo’zg’olonchi kuchlarga ergashadi. Qo’zg’olonchilar 1875-yil 9-oktabrda Qo’qonni egallaydilar. Xudoyorxon ularni bostirishga ojizlik qilib, 1875-yil 22-iyulda Qo’qondan Toshkentga qochib ketadi.

Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi qimmatbaho boyliklarini musodara qilib, o’zini Orenburgga surgun qiladi. Xudoyorxon, podsho ma’murlari hiylasini anglab yetkach, bir amallab bandilikdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topadi. Xudoyorxon qochgach, qo’zg’olonchi kuchlar kimni xon qilib ko’tarish masalasida ikkiga bo’linib ketadi. Ayrim kuchlar Nasriddinbekni, boshqalari Po’latxonni taxtga chiqarmoqchi bo’ladi, ziddiyat yanada kuchayib boradi.

Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni batamom bosib olish uchun 1875-yil-avgustda katta qo’shinlarni urushga safarbar etdi. Xonlikni bosib olishda generallar M.D.Skobelev, Golovachev va boshqa zobitlar «jonbozlik» ko’rsatdilar. Nasriddenbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim bo’lib ular tomoniga o’tdilar. 1876-yil-fevralda xalq qo’zg’olonlari qon bilan bostiriladi. Po’latxon 1876-yil 1-martda dorga osildi, uning safdoshlari ayovsiz jazolandi. 1873-1876-yillardagi Farg’ona vodiysidagi qo’zg’olonlar xalqning ozodlik harakati edi. Buni o’sha davrda Kaufman ham xalq qo’zg’oloni deb e’tirof etgan.

1876-yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus farmoni bilan Qo’qon xonligi tugatildi, uning o’rniga Farg’ona viloyati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga M.D.Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi. U tez orada Oloy vodiysini ham o’z tasarrufiga kiritdi (Oliy malikasi Qurbonjon dodgoh jasorati to’g’risida qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob, 174­-178 betlar).



Endi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni istilo qilishga kirishdilar. 1877-yilda Qizil Arvot, 1881-yilda Asxabod, 1884-yilda Marv bosib olindi. Bosib olingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

Shunday qilib, Rossiya imperiyasi 20-yil davom etgan qonli urush bilan butun O’rta Osiyoni bosib oldi. Bosib olingan o’lkada mustahkam va batamom o’rnashib olish maqsadida chet mamlakatlar bilan chegaralarni aniqlash choralarini ko’rdi. 1881-yilda Rossiya-Eron chegara konvensiyasi imzolanib, yangi Rossiya mulklari va Rossiya-Eron o’rtasidagi chegara belgilandi. 1885-1887-yillarda Rossiya va Angliya hukumatlari tomonidan Rossiya-Afg’oniston chegarasi, 1895-yilda esa Pomirdagi chegaralar belgilanadi. Bu Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi bosqinchilik harakatining yakunlovchi nuqtasi bo’ldi.


Download 83,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish