Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi.
Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867-yilda «Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi» haqida qonun loyihasini tuzdilar, u Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. O’lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qo’lida to’plandi. General-gubernatorlik Kengashi va to’rt bo’limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-xo’jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag’lari ishlarini boshqargan. To’rtinchisi maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali (1886-1917), Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi (1873-1917) boshlig’i orqali nazorat qilib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |