Jadid matbuoti
Gazeta-jurnal nomi
|
Muharriri
|
Nashr etilgan yillari
|
Nashr etilgan joyi
|
«Taraqqiy»
|
Ismoil Obidiy
|
1905-1906
|
Toshkent
|
«Xurshid»
|
Munavvar Qori
|
1905-1906
|
Toshkent
|
«Shuhrat»
|
Abdulla Avloniy
|
1907-1909
|
Toshkent
|
«Osiyo»
|
Ahmadjon Bektemirov
|
1907-1908
|
Toshkent
|
«Tujjor»
|
Saidkarimboy Saidazimboy o’g’li
|
1907-1908
|
Toshkent
|
«Buxoroi sharif»
|
Mirzo Jalol Yusufzoda
|
1912
|
Buxoro
|
«Turon»
|
G’iyos Mahsum Husayniy
|
1912
|
Buxoro
|
«Samarqand»
|
M.Behbudiy
|
1913
|
Samarqand
|
«Sadoyi Turkiston»
|
Ubaydulla Xo’jayev
|
1913
|
Toshkent
|
«Sadoyi Farg’ona»
|
Obidjon Mahmudov
|
1913
|
Qo’qonda
|
«Oyina»
|
Mahmudxo’ja Behbudiy
|
1913-1915
|
Samarqand
|
«Al-Isloh» (j)
|
Abdurahmon Sodiqov
|
1915-1918
|
Toshkent
|
«Najot»
|
Munavvar Qori
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Kengash»
|
Ahmad Zaki Validiy, Munavvar Qori
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Al Izoh» (j)
|
Abdumalikxoji Abdunabi o’g’li
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Turon»
|
M.Afandizoda, A.Avloniy
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Ulug’ Turkiston»
|
Kabir Bakirov
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Sho’roi Islom»
|
Abdulla Battol
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Turk so’zi»
|
Temirbek Xudoyorxonov
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Turk eli»
|
Tahrir hay’ati
|
1917-1918
|
Toshkent
|
«Hurriyat»
|
Akobir Shomansurov, Abdurauf Fitrat
|
1917-1918
|
Samarqand
|
«Tirik so’z»
|
Obidjon Mahmudov
|
1917-1918
|
Qo’qon
|
«El Bayrog’i»
|
Bulat Soliyev,
Ashurali Zohiriy
|
1917-1918
|
Qo’qon
|
«Kengash»
|
Hamza Niyoziy
|
1917-1918
|
Qo’qon
|
«Yurt»
|
Ashurali Zohiriy
|
1917-1918
|
Qo’qon
|
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o’zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. Munavvar qori o’zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o’ynalmag’onligi barchangizga ma’lumdir... Teatrning asl ma’nosi «ibratxona» yoki «ulug’lar maktabi» degan so’zdir.
Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o’xshaydurki, unga har kim kirsa o’zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko’rib ibrat olur». O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e’tiborini najot yo’li - maorif, maorifni esa «poklangan din» bera oladi, degan g’oyaga qaratadi. «To’y», «Zaharli hayot», «Javanmarg», «Baxtsiz kuyov» pessalarida xotin-qizlarning huquqsizligi, ko’pxotinlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo’lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo’rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo’rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o’z mavqeini suiiste’mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko’rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.
Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar.
Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko’rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko’targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarqushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda o’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag’darib turmaga tiqib qo’yishadi» der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o’qitish be’manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, Qur’oni Karim ham, Muhammad payg’ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, Qur’oni Karimning podshoak qismi tarixiy ma’lumotlardan iboratligini asoslab beradi.
Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash podshoalarini ko’rdilar. Ular ustidan nazorat o’rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarini buzib tashlar, kitob do’konlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Ayniqsa 1905-1907-yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag’onlik kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo’rqib ketib mustamlakachi ma’murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o’ng qanot ajralib chiqib reaktsiya lageriga qo’shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh Rossiyaning obro’si bizning obro’yimiz, xudodan qo’rq, podshohni hurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlatining qo’li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g’oyalari soyasida qolib ketdilar.
Jadidlar tobora olg’a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zo’ravonlik podshoalari, ularni ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko’rsatish darajasiga ko’tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va firqalar vujudga keldi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda-maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |