Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi


Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy tuzilishi



Download 83,45 Kb.
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi83,45 Kb.
#220346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
2 5426993230661028494

Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy tuzilishi


TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI

Vassallar

Viloyatlar


Buxoro

amirligi


Xiva xonligi

Yettisuv

Sirdaryo

Samarqand

Farg’ona

Kaspiyorti

Uyezdlar

1.Verniy

2.Kopal

3.Lepsin

4.Jarkent

5.Prejevalsk

6.Pishkek

1.Toshkent

2.Chimkent

3.Avliyoota

4.Kazalinsk

5.Perovsk

1.Samarqand

2.Jizzax

3.Kattaqo’rg’on

4.Xo’jand

1.Qo’qon

2.Andijon

3.Namangan

4.Marg’ilon

5.O’sh

1.Ashxabod

2.Krasnovodsk

3.Marv

4.Tajan

5.Mang’ishloq

Har bir uyezd bo’lis (volost) va ovullarga bo’lingan


Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha aholi yashardi, uning hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta do’konli saroy va boshqa inshootlar bo’lgan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko’chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan.

Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 1877-yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent shahar Dumasi va boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent shahar Dumasi noiblarining uchdan ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar aholisidan saylanadi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, saylovchilar uch toifaga ajratiladi. Mulk senzi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, ko’chmas mulk qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod ko’chmas mulk egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi. Yetarli mulkka ega bo’lmagan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo’lib qoldilar.

1877-yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha saylovchilar yig’ini bo’lib o’tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshkentning 80 mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub yerli aholidan atigi 21 nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi yashaydigan yangi shahar qismidan saylandi. Bu holat boshqaruvning mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir.



Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi - oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (glava) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlanadi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat - shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi.

Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, obodonlashtirish, suv ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullanardi. Jumladan, 1892-yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi, 1901-yilda ot tortuvchi tramvay yo’li (konka)ning, 1912-yilda elektr toki bilan yuruvchi tramvay yo’lining barpo etilishi, ko’chalarni yorituvchi elektr lampochkalarining o’rnatilishi kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish mumkin.

O’lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibini mustahkamlashga, mahalliy aholining har qanday norozilik harakatini bo’g’ish va bostirishga qaratilgan edi. Podshoizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisodiy o’zlashtirish, aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan uyg’unlashtirilgan edi.



Download 83,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish