1 XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi hududiy jihatdan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo‘qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchala qozoq juzlarini batamom o‘ziga bo‘ysundirib Rossiya bilan chegaralanardi. .Amir Temur va uning o`g`li Mironshohdan boshlangan sulola, Qo`qon xoni Xudoyorxongacha davom etib kelgan. Adabiyotshunos, professor Sharif Yusupov o`z maqolalarida shunday takidni ilgari suradi: Qo`qon xonligining so`ngi hukmdori Sayid Muhammad Xudoyorxon Sohibqiron Amir Temurning Yigirma uchinchi avlodi xonning ikkinchi o`g`li Sayid Muhammad Aminbek yigirma to`rtinchi hamda Muhammad Aminbekning o`g`li Sayid Islombek Sohibqironning yigirma beshinchi avlodi bo`lib chiqadi16‖ Temurshunos, Bobirshunos fransuz olimi O`zbekistonning xalqlar do`stligi ordeni sohibi Lyusen Kern ham o`zining ―Shahzoda Islombek‖ maqolasida Qo`qon xonlari temuriy Mironshohga borib taqaladi, degan g`oyani ilgari suradi. Qo`qon xonligida tojiklar va qirg`izlar ham katta mavqega ega edilar. Xon qo`shinlarida ular katta kuch bo`lganlar. 92 o`zbek qabilalaridan biri deb o`zlarini hisoblovchi qipchoqlarning o`rni ham Qo`qon xonligida ancha katta bo`lgan ular xonlikning Shahrixon Baliqchi hududlari Qoradaryo bilan Norin daryosi oralig`idagi yerlarda yashaganlar. Qirg`izlar va asosan Farg`ona atrofidagi tog`larda va Ketmontepa Oloy singari tog` havzalarida ko`chib yurub chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Xiva xonligi va Buxoro amirligidagi singari Qo`qon xonligida ham davlatni boshqarishda ruhoniylarning o`rni va ta`siri katta bo`lgan17. Jumladan, ruhoniy Hazrati Sohib Naqshbandiylar jamoasining xalifasi sifatida 1844-1869 yillar mobaynida amalda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ayrim masalalarni hal qilishda asosiy ro`l o`ynagan. Hatto Xudoyorxonning o`zi ham u vafot etgach dafn marosimida oldingi safda borgan.
2. Jahon otin Siddiqbobo qizi Uvaysiy XVIII asrning ohiri – XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan iste’dodli shoiralardan biridir. О‘sha davrning ayollariga nisbatan munosabat ma’lum. Bu qarashlarning Uvaysiyga nisbatan ham salbiy ta’siri katta bо‘lgan. Bilimdon, zukko aql, is’tedodli shoira bо‘lishiga qaramasdan juda og‘ir sharoitda kun kechiradi. Uvaysiy Hojixon degan kishiga turmushga uzatiladi. Undan farzand: bir о‘g‘il va bir qiz kо‘radi. Ular ulg‘ayishgach о‘g‘li Majnun, qizi Quyoshxon Xokiy taxallusi bilan she’rlar yozgan degan ma’lumotlar bor. Ayrim kitoblarda Xojixon juda johil kishi bо‘lib, Uvaysiy bilan bо‘lgan turmushlarining buzulishiga sabab bо‘lgan deb kо‘rsatiladi. Bu har holda haqiqatga yaqin fikrlar. Xullas, Uvaysiy turmushdan ajragach birmuncha vaqt otasi qо‘lida bо‘ladi va о‘z iltimosiga kо‘ra keyinchalik Qо‘qonga borib Umarxon saroyida saroy shoirlari davrasiga qо‘shiladi. Uvaysiyning saroyga kelishi haqida ham turli fikrlar bor. Ayrim о‘rinlarda otasining bir tanishi orqali deyilsa, ayrim о‘rinlarda Uvaysiyning о‘zi tо‘g‘ri xon saroyiga kirib borgan deyilsa, ba’zi о‘rinlarda Nodira sabab bо‘lgan deb kо‘rsatiladi. Nima bulganda ham Uvaysiy saroy shoirlari davrasidan о‘rin oladi va о‘zining butun iste’dodini namoyon etadi. Biroq, Uvaysiy bu yerda ham aytarli rо‘shnolik kо‘rmaydi. Oqibatda, saroydan ketib о‘g‘li Muhammad, qizi Quyoshxon bilan dexqonchilik qilib kun kо‘ra boshlaydi. Keyin bir sharoitda yashay boshlaydi. Hatto, о‘zining bir masnaviysida aytishicha «bir tuzukroq tо‘n» yо‘qligidan о‘g‘li kо‘chaga chiqolmaganligi «Kо‘ylak-la rо‘mol debon» qizi yig‘idan bosh kо‘tarmay siqilganligini aytadi. О‘ttiz yoshlarda qizi Quyoshxon bir qiz qoldirib vafot etadi. Uvaysiyning umrini sо‘nggi yillari shu nevarasi bilan о‘tadi. 60 yoshlarida 1850 yilda vafot etadi.
3. Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani borasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud. Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Boborahim Mulla Vali oʻgʻli yoki taxallusi boʻyicha Boborahim Mashrab (1640 yoki 1653 yoki 1657-yil, Namangan – 1711-yil, Balx) – oʻzbek shoiri va mutafakkiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqigan. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi.
4. Mashrab nomi 18-19-asrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning „Muzokir ul-ashob“ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohang-taʼkidlari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, boru birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi.
Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan.
Mashrab qoldirgan adabiy meros toʻla aniqlanib, oʻrganilgan emas. Baʼzi tadqiqotchilar juda koʻp sheʼriy hikoyat va gʻazallarni oʻzida jamlovchi „Mabdai nur“ nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar. Shoir merosi „Qissai Mashrab“ asosan orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.
„ Mabdai nur“ va „Kimyo“ asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda „Mabdai Nur“ (Jaloliddin Rumiy „Masnaviyi maʼnaviy“siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.
5. XVIII asrning sо‘ngi XIX asrning birinchi yarmi о‘zbek adabiyoti, xususan Qо‘qon adabiy harakatchiligida bо‘lgan zabardast shoiralardan biri Mohlaroyim Nodiradir. Nodira ayni paytda zukko va fozila ayol, munis va mehribon ona, tadbirkor davlat arbobi edi. Mohlaroyim 1792 yilda Andijonda tavallud topdi. Uning otasi Rahmonqulibiy Andijon viloyati hokimi edi, Mohlaroyimga juda yoshlik chog‘laridan uning ta’limtarbiyasida buvisi Sitorabonu о‘rnak bо‘lgan, savod bergan ekan. Sо‘ngra otinoyilar qо‘lida ta’lim oladi. Adabiyot va she’riyatning ixlosmandi va ishtiyoqmandi bо‘lib voyaga yetadi. 1808 yilda ota tomonidan qarindosh bо‘lgan Qо‘qon xoni Olimxonning ukasi Marg‘ilon hokimi Umarxonga turmushga beradilar. 1810 yilda Olimxon vafotidan sо‘ng Umarxon xonlik taxtiga о‘tiradi. Nodiraning iste’dodli shoir Amiriy (Umarxon) bilan о‘tkazgan yillari umrining baxtli onlarini tashkil etadi. Muhammadalixon va Sultonmahmudxon ismli ikki о‘g‘ilni voyaga yetkazadi. 1822 yilda Umarxon vafot etgach, merosxо‘r voris sifatida Muhammadalixon taxtga rasman xon bо‘lib chiqqan bо‘lsa-da, saltanatning barcha tashvishi Nodira zimmasiga tushadi. Chunki, Muhammadalixon hali ancha yosh edi. Mana shu yillarda Nodira katta ezgu ishlarni amalga oshiradi. Bu haqida F.Namangoniyning tazkirasida, Nodim Namangoniy asarlarida, Uvaysiyning baytlarida va boshqa manbalarda ma’lumotlar beriladi. Shoira о‘z devonining debochasida ham iftixor va qoniqish bilan yozadi.
Uvaysiy faoliyati va ijodini о‘rganishda O.Sharoffiddinov, U.Rashid, A.Qayumov, T.Jalolov, E.Ibrohimov kabi olimlarning xizmatlari kattadir. Uvaysiyning bizga 4 nusxada kо‘chirilgan devoni ma’lum. Hozirda qо‘lyozmalar institutda saqlanadi. Devonda 269 g‘azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 8 murabba’, «Karbolonoma», «Voqsoti Muhammad Alixon» nomli asarlari bor. Uvaysiy g‘azallarining о‘ziga xos bir jihati shundaki boshqa shoir va shoiralarda oshiq tilidan gapirilsa, Uvaysiy g‘azallarida ma’shuqning dil rozi, orzuumidlar, kabi tо‘lqinlari о‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, barcha shoirlardagi kabi о‘z davridan, davr kishilari, ayonu amaldorlar, din peshvolaridan norozilik motivlari keng о‘rin olgan. Shoira umr bо‘yi yarasiga malham, dardiga hamdard istab topolmaganligidan shikoyat qiladi. Uchinchidan, Uvaysiy g‘azallarida boshqa shoiralarda deyarli kо‘zga tashlanmaydigan sо‘fiyona ruh ancha yuqori о‘rinda turadi.
7. Amir Avazbiy oʻgʻli Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmdayashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va marifatparvardir.
Munis oʻzbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli oʻrinni egallaydi. U muarrix sifatida oʻzining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qildi, pedagog sifatida “Savodi taʼlim” nomli risola yozdi. Munisning hayoti va ijodini oʻrganar ekanmiz, avvalo uning adabiy va tarixiy asarlariga murojaat qilamiz. U oʻzining “Munis ul-ushshoq” devoniga yozilgan soʻzboshida va “Firdavs ul-iqbol” nomli tarixiy asarida tarjimai holiga oid anchagina maʼlumotlar keltirgan.
Munis 1778 yili Xivada tugʻildi. “U Xivadagi Qiyot qishloqlik Avazbiy Mirobning oʻgʻlidir”. Uning ota-bobolari xonlar saroyida miroblik ishlarini boshqarib kelganlar. Muallifning “Savodi taʼlim” nomli ilmiy asari ham bor boʻlib, unda xattotlik qoidalari bayon etilgan.
Shoir sheʼriyatida goʻzallik va muhabbatni kuylagan boʻlsada, uning gʻazallarida oʻsha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot ham oʻz ifodasini topgan. Zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida u oʻzi yashayotgan hayotda faol ishtirok etdi. Munis tarixnavis olim sifatida Xorazm tarixiga oid qimmatli “Firdavs ul-iqbol” nomli muhim tarixiy asarini ijod etdi. Olim oʻz asarini sharq tarixchilarining anʼanasiga muvofiq hamd va naʼt boʻlimlar bilan boshlagan. Soʻngra oʻz hayoti va asarining yozilishi haqida qisqacha maʼlumot berib, Xorazm tarixini yozgan.
8. Ogahiy (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan oʻrgangan. 1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi „shakarlang“ (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.
Ogahiy „Riyoz uddavla“ („Saltanat boglari“, 1844), „Zubdat uttavorix“ („Tarixlar qaymogʻi“, 1845—46), „Jomeʼ ul-voqeoti sultoniy“ („Sul-tonlik voqealarini jamlovchi“, 1857), „Gulshani davlat“ („Davlat gul-shani“, 1865), „Shohidi iqbol“ („Iqbol guvohi“, 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimqulixon (1843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55), Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim II (1864—1910) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan oʻzbeklar, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan.
Ogahiy „Ravzat us-safo“ (Mirxond), „Tarixi jahonkushoyi Nodiriy“ (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“ (3. Vosifiy), „Miftoh ut-tolibin“ (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), „Tabaqoti Akbarshohiy“ (Muhammad Muqim Hirotiy), „Tazkirai Muqimxoniy“ (Muhammad Yusuf Munshiy), „Ravzat us-safoyi Nosiriy“ (Rizoqulixon Hidoyat), „Axloqi Muhsiniy“ (Koshifip), „Qobusnoma“, „Zubdat ul-hikoyot“, „Sharhi daloil ulhayrat“ (Muhammad Voris), „Guliston“ (Saʼdiy), „Yusuf va Zulayho“ (Jomiy), „Shoh va gado“ (Hiloliy), „Haft paykar“ (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy „Haft paykar“ni nasriy yoʻl bilan, „Guliston“ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. „Yusuf va Zulayho“ hamda „Shoh va gado“ dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan. „Miftoh ut-tolibin“ (inv. № 8473), „Ravzat us-safoyi Nosiriy“ (D-125), „Tabaqoti Akbarshohiy“ (TNS—106), „Tazkirai Muqimxoniy“ (TNS—105), „Firdavs ul-iqbol“ (S—571), „Shohi-di iqbol“ (S—572), „Yusuf va Zulayho“ (TNS—117), „Taʼviz uloshi-qin“ asarlarining qoʻlyozma nusxalari Toshkent, Dushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. „Zafarnoma“ (Ali Yaz-diy), „Bahoriston“, „Salomon va Ibsol“ (Jomiy), „Hasht behisht“ (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining Ogahiy tarjimasi hanuzgacha topilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |