Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Davlat agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Download 1,39 Mb.
bet95/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

10.4. Davlat agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Har qanday mamlakatda, rivojlanish darajasidan qat’i nazar, davlat agrar siyosati oldiga bir qator vazifalar qo‘yiladi. Shulardan asosiylari agrar munosabatlarni tartibga solish, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer fondini saqlab turish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini doimiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ehtimoli bo‘lgan agrar tanglik, ya’ni qishloq xo‘jaligi inqirozining oldini olish kabilar muhim strategik ahamiyatga ega hisoblanadi.

Agrar siyosatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, sotish bo‘yicha maxsus qonunlar qabul qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmalari joriy etish, bu mahsulotlarning bozor narxlarini tartibga solish, narxning quyi yoki yuqori chegarasini belgilab qo‘yish, ortiqcha mahsulotlarni xarid qilib, ularning zaxiralarini yaratish, murakkab vaziyatlarga tushib qolgan fermerlarga subsidiyalar berish usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish, eksport qilish tartiblarini o‘zgartirish, ya’ni cheklash yoki rag‘batlantirish, karantin holatlarini joriy etish ham agrar siyosatga daxldordir.

O‘zbekistonda agrar siyosatning bosh yo‘nalishi agrar islohotlarni amalga oshirish jarayonida shakllandi. Mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillaridan yerga mulkchilik munosabatlarini, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibini hamda qishloq turmush tarzini o‘zgartirishga qaratilgan agrar islohotlar amalga oshirila boshlandi.

Agrar islohotlar davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xo‘jalik yuritish usullarini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlari bo‘lganligi bois, dastlab agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, uni o‘tkazish bosqichlari belgilab olindi. Avvalo, agrar islohotlarning huquqiy asoslari bo‘lgan qonunlar qabul qilindi. «Yer to‘g‘risida»gi (1990-yil 20-iyun), «O‘zbekistonda tadbirkorlik to‘g‘risida»gi (1991-yil 15-fevral), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi (1991-yil 19-noyabr), «Ijara to‘g‘risida»gi (1991-yil 19 noyabr), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1992-yil 3-iyul), «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida»gi (1992- yil 9-dekabr), «Yer solig‘i to‘g‘risida»gi (1993-yil 6-may) qonunlar shular jumlasidan. Keyinchalik 1998-yil 28  – 30-aprelda «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi.

Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlari mulkiy munosabatlar singari bosqichma-bosqich erkinlashtirilib borildi. Bunda paxta yakkahokimligiga barham berilishi, don mustaqilligiga erishilishi, yerni uzoq muddatga, fermer xo‘jaliklariga 50-yilgacha ijaraga berish, dehqon xo‘jaliklariga esa umrbod berish amaliyoti joriy etilishi, 1999-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yagona yer solig‘i joriy etilishi iqtisodiy munosabatlarning erkinlashib borishiga olib keldi. 2000-yillardan agrar sohada tovar ishlab chiqaruvchilarning haq-huquqlarini himoya qilish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinliklarini yanada kengaytirish, davlat buyurtmasi bo‘yicha yetishtirilayotgan mahsulotlar bahosini belgilashda dunyo narxlariga mos keluvchi tizimni joriy etish, shirkat xo‘jaliklarini, avvalo, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotganlarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish, qishloq xo‘jaligining zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari jadallashdi.

Aholining tub ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib mustaqillik arafasida tomorqa yerlarini ajratib berish bilan boshlangan agrar islohotlar yildan yilga chuqurlashib, amaliy natijalarini bera boshladi. Davlat va jamoa xo‘jaliklarini dastlab shirkat xo‘jaliklariga, keyinroq esa, ular bazasida fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish agrar islohotlarning tashkiliy-institutsional yo‘nalishiga aylandi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘liq nodavlat mulkchiligiga o‘tkazish, qishloqda kichik va xususiy mulkdorlarning tadbirkorligiga to‘la erishish agrar siyosatda asosiy vazifalardan biridir.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi rivojlanishining parametrlarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bulardan biri – ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirishdir. Mazkur xo‘jalik birliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatishi orqali o‘z istiqbolini kengaytirib borishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda bunday fermer xo‘jaliklarining soni 18 mingdan ko‘proqdir.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligining o‘zida ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasidagi siyosat natijasida paxta yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bir necha barobar ko‘paytirildi.

Aytish o‘rinliki, 2008-yildan boshlab qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi. 2013  – 2017-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davlat dasturi qabul qilindi.

Davlat agrar siyosatini iqtisodiy siyosatning boshqa yo‘nalishlariga muvofiqlashtirib olib borish natijasida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Indikativ rejalashtirish va dasturiy yondashuv qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirishda samarali bo‘lmoqda. Bunga misol qilib 2015  – 2019-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish dasturini keltirish mumkin. Bu dasturda hosildorligi past g‘o‘za maydonlarini qisqartirish, oziq-ovqat ekinlari maydonlarini, jumladan, poliz ekinlari maydonini hamda intensiv bog‘larni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 mayda «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Uchbu qarordan ko‘zda tutilgan maqsad Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etishdan iborat.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish