Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ming tonna
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Donli ekinlar
|
3929,4
|
6401,8
|
7404,1
|
4101,4
|
8261,3
|
Paxta
|
3002,4
|
3728,4
|
3404,0
|
3002,4
|
2959,0
|
Kartoshka
|
731,1
|
924,2
|
1 694,8
|
731,1
|
2958,4
|
Sabzavotlar
|
2644,7
|
3517,5
|
6346,5
|
2644,7
|
11275,8
|
Poliz
|
451,4
|
615,3
|
1182,4
|
451,4
|
2044,9
|
Meva
|
790,6
|
949,3
|
1710,3
|
790,9
|
3042,8
|
Uzum
|
624,2
|
641,6
|
987,3
|
624,2
|
1735,8
|
Go‘sht (tirik vazn)
|
841,0
|
1061,0
|
1461,0
|
841,8
|
2172,5
|
Sut
|
3631,0
|
4563,0
|
6169,0
|
3632,5
|
9703,4
|
Tuxum, mln. dona
|
1054,0
|
1967,0
|
3062,0
|
1254,4
|
6152,5
|
Bu yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ham ortib bordi. Jumladan, go‘sht(tirik vaznda) ishlab chiqarish hajmi 2,6 marta, sut ishlab chiqarish 2,7 marta, tuxum ishlab chiqarish 5,8 marta ko‘paydi. Natijada 2016 yilda respublikamizda qariyb 3 mln. tonna paxta xom ashyosi va kartoshka, qariyb 11,3 mln. tonna sabzavotlar, 2 mln. tonnadan ziyod poliz mahsulotlari va 3 mln. tonnadan ziyod meva, 1,8 mln. tonnadan ziyod uzum, 2,1 mln. tonnadan ziyod go’sht, 9,7 mln. tonnadan ziyod sut va 6,1 mln. donadan ko’proq tuxum etishtirildi.
Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi ham qariyb shu nisbatlarda yaxshilanayotganligini bildiradi. Boshqacha aytganda, bug‘doy yetishtirish hajmining ko‘payishi non va non mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortishiga, go‘sht ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi go‘sht mahsulotlari hajmining ortishiga, xuddi shunday, sut ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining ortishiga olib kelmoqda. Bu – agrosanoat majmuasining xomashyo bazasi hamda takror ishlab chiqarish miqyoslarining kengayayotganligini bildiradi.
Xo‘jalik yuritish shakllariga ko‘ra asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, jamiga nisbatan, %
Mahsulot
turlari
|
Xo‘jalik yuritish shakllari
|
Qishloq xo‘jaligi korxonalari
|
Fermer xo‘jaligi
|
Dehqon xo‘jaligi
|
2010
|
2016
|
2010
|
2016
|
2010
|
2016
|
Donli ekinlar
|
67,0
|
1,3
|
14,4
|
80,4
|
18,6
|
18,3
|
Paxta
|
81,7
|
0,5
|
18,3
|
99,5
|
-
|
-
|
Kartoshka
|
15,7
|
0,8
|
4,2
|
23,1
|
80,1
|
76,1
|
Sabzavotlar
|
20,1
|
0,9
|
4,9
|
34,8
|
75,0
|
64,3
|
Uzum
|
62,3
|
1,5
|
4,7
|
53,1
|
33,0
|
45,4
|
Poliz
|
25,3
|
1,6
|
11,2
|
49,5
|
63,5
|
48,9
|
Meva
|
36,8
|
2,1
|
4,3
|
45,8
|
58,9
|
52,1
|
Go‘sht (tirik vazn)
|
7,6
|
2,7
|
1,3
|
2,9
|
91,1
|
94,4
|
Sut
|
4,9
|
0,7
|
1,5
|
3,6
|
93,6
|
95,7
|
Tuxum, mln. dona
|
39,1
|
31,6
|
1,0
|
10,7
|
59,9
|
57,7
|
Jun
|
24,6
|
6,5
|
1,1
|
8,0
|
74,3
|
85,5
|
Qorako’l teri
|
1,1
|
5,4
|
32,1
|
83,5
|
66,8
|
11,1
|
Xo‘jalik yuritish shakllariga ko‘ra asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklarining agrar sohadagi ahamiyatini ifodalaydi. Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda xo‘jalik yuritish shakllarining hissasi turlicha. Masalan, fermer xo‘jaliklari paxta va donli ekinlar yetishtirishda mutlaq ustun mavqeni egallamoqda, qariyb 80,4 foiz donli ekinlar va deyarli 100 foiz paxta fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilmoqda.
Dehqon xo‘jaliklari esa kartoshka va sabzavotlar yetishtirishda, go‘sht va sut ishlab chiqarishda salmoqli ulushga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining tuxum va parranda go‘shti ishlab chiqarishdagi salmog‘i yildan yilga oshib bormoqda. Bu holat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklarining ishni tashkil etishlari, miqyosni qamrab olishlari darajasi turlichaligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish va samaradorligini oshirib borish nuqtayi nazaridan fermer xo‘jaliklarining yildan yilga roli va ahamiyati oshib bormoqda. Istiqbolda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularning moddiy-texnika bazasida agrosanoat majmuasi korxonalari yanada taraqqiy topishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i iqtisodiy rivojlanishining muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri – bu dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston sharoitida suv resurslarining va sug‘oriladigan unumdor yer maydonlarining cheklanganligi dehqonchilik ekin maydonlaridan foydalanishda intensiv omillarning ahamiyatini oshirishni taqozo etadi.
Keyingi yillarda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari hosildorligini intensiv yo‘llar bilan muttasil oshirishga erishilmoqda. Xususan, asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi 2000 – 2016-yillarda 1,1 – 2,2 marta oshirildi. Jumladan, bu ko‘rsatkich donli ekinlarda – 1,6 marta, paxtada – 1,1 marta, kartoshkada – 1,7 marta, sabzavotlarda – 1,5 marta, uzumda esa 2.2 martani tashkil etdi.
2016 yilda 1 gektar yer maydonidan o‘rtacha 45 sentner don, 38 sentner sholi, 50 sentner makkajo‘xori, 23,4 sentner paxta, 225 sentner kartoshka, 271 sentner sabzavotlar va 134 sentner meva va rezavorlar yetishtirib olinmoqda. Bu tuproq unumdorligini yaxshilash, yangi navlarni joriy etish, agromeliorativ chora-tadbirlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning samarali usullari va shakllarini qo‘llash hisobiga ta’minlanmoqda.
Qishloq xo‘jaligidagi muhim tarkibiy o‘zgarishlar chorvachilikda kuzatilmoqda. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining mehnat unumdorligini va ishlab chiqarishda rentabellikni oshirish imkoniyatlari katta bo‘lgan sohasi hisoblanadi. Ammo soha yirik investitsiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilmasdan rivojlana olmaydi. Bu borada davlat tomonidan yirik dastur va loyihalar ishlab chiqilmoqda, davlat va xususiy sektorning hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda. Oziq-ovqat ta’minotini yo‘lga qo‘yishda, aholi uchun xavfsiz va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoati uchun sifatli xomashyo yetkazib berishda chorvachilik sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chorvachilik sohasi rivojlanishining ayrim ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgarmoqda. 2000 – 2016-yillarda yirik shoxli mollar 2,3 marta ko‘paydi. Shundan, sigirlar 1,8 marta, qo‘y va echkilar 2,2 barobar, parrandalar 4,6 marta ko‘paydi. 2016- yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qariyb 12,2 mln. bosh yirik shoxli mollar, 5 mln. boshdan ziyod sigirlar, 19,7 mln. bosh qo‘y va echkilar, shuningdek, 67,0 mln. boshdan ziyod parrandalar mavjud.
Chorvachilikning rivojlantirilishi ko‘proq dehqon xo‘jaliklarining faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘lmoqda. Chunki chorvachilik mahsulotlarining asosiy turlari bo‘lgan go‘sht ishlab chiqarishning 94,4 foizi, sut ishlab chiqarishning 95,7 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish fondi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Global ekologik fond, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlik muhimdir. Ularning ishtirokida keyingi yillarda 100 dan oshiq loyiha va grantlarni amalga oshirish uchun 1,1 mlrd. dollardan oshiq mablag‘ jalb etilgan.
Aytish mumkinki, respublika hukumati faoliyatidagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir. Bu borada so‘nggi yillarda davlatning e’tibori aholini sifatli va yetarli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlariga qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |