11.2. Transport sohasi rivojlanishining
asosiy ko‘rsatkichlari
Bugungi kunda respublikamizning transport tizimi temiryo‘l, avtomobil yo‘llari, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan temiryo‘l vokzallari, temiryo‘l ko‘priklari, tonnellari, stansiyalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallari, aeroportlar, neft va gaz quvurlari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar, turli infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga olgan xo‘jalik majmuasidan tashkil topmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotida transport sohasining ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda. Bu iqtisodiyotning real sektorida tovar va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib borishi va uni tashishga ehtiyoj ortayotganligi, aholining mamlakat hududi va undan tashqaridagi mobilligi – harakatchanligi tezlashayotganligi, turistlar sonining ko‘payib borayotganligi, tashqi savdo-sotiq ishlari jadallashayotganligi bilan izohlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyot ko‘lami qanchalik kengayib borsa, transport xizmati hajmi ham shu nisbatlarda ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |