Umumiy foydalanishdagi aloqa sohasi rivojlanishining
asosiy ko‘rsatkichlari, yil oxiriga
|
2000
|
2005
|
2010
|
2014
|
Aloqa sohasining asosiy faoliyatidan tushgan daromad, mlrd. so‘m
|
68,7
|
401,4
|
1971,4
|
4194,1
|
Jo‘natilgan:
|
|
|
|
|
Gazeta va jurnallar, mln. nusxa
|
25,9
|
29,2
|
24,2
|
30,1
|
Xat, kartochka, banderollar,
mln. dona
|
10,3
|
15,5
|
14,2
|
14,7
|
Jo‘natmalar (posilki), ming dona
|
77,5
|
55,7
|
89,9
|
100,4
|
Pul mablag‘lari va nafaqa to‘lovlari, mln. dona
|
31,9
|
35,8
|
34,8
|
30,3
|
Xalqaro telefon aloqasi
so‘zlashuvlari, mln.
|
15,2
|
20,1
|
44,0
|
191,0
|
Shundan, uyali aloqa orqali
|
M.y.
|
M.y.
|
9,6
|
...
|
Aloqa korxonalari asosiy faoliyatidan tushum 2014-yilda uyali aloqa korxonalarida 4194,1 mlrd. so‘mni, shaharlararo va xalqaro telefon tarmoqlarida 588,3 mlrd. so‘mni, Internet tarmog‘i bo‘yicha 588,3 mlrd. so‘mni, pochta xizmati korxonalarida esa 185,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Aloqa sohasi umumiy daromadlarida uyali aloqa, shaharlararo va xalqaro telefon hamda Internet tarmog‘ining jami daromadlardagi salmog‘i oshib bormoqda. Masalan, uyali aloqa xizmatidan kelgan tushum 2000-yilda jami tushumning 37,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2014-yilda 61 foizdan oshib ketdi. Bu yillarda, ayniqsa, Internet tarmog‘ining hissasi keskin ortib bordi. Tarmoqning jami tushumdagi hissasi 2005-yilda bor yo‘g‘i 1,2 foiz bo‘lsa, 2014-yilda bu ko‘rsatkich 10,0 foizdan oshdi.
Aloqa korxonalari asosiy faoliyatidan tushum,
(an’anaviy aloqa operatorlari) (amaldagi narxlarda, mlrd. so‘m.)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2014
|
Aloqa, jami
|
68,7
|
401,4
|
1971,4
|
4194,4
|
Shundan:
|
|
|
|
|
Uyali aloqa xizmati
|
25,8
|
205,2
|
1393
|
2402
|
Shaharlararo, xalqaro telefon tarmog‘i
|
21,3
|
113,9
|
220,4
|
588,3
|
Internet tarmog‘i
|
0,2
|
5,1
|
106,7
|
588,3
|
Pochta xizmati
|
5,2
|
21,7
|
76,5
|
185,9
|
Ma’lumot uzatish
tarmog‘i
|
0,0
|
6,6
|
42,8
|
208,9
|
Shahar va qishloq
telefon tarmog‘i
|
10,5
|
31,2
|
60,3
|
80,8
|
Radio aloqa, radioeshittirish va televideniye
|
2,2
|
5,2
|
10,1
|
58,4
|
Aloqa sohasi umumiy daromadlarida dastlabki uch xizmat turi – uyali aloqa, shaharlararo va xalqaro telefon hamda Internet tarmog‘ining ulushi 2000 – 2014-yillarda sezilarli oshdi. 2014-yilda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,5 foizga o‘sdi. Shuningdek, kompyuter dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 21,6 foizga ko‘paydi.
Keyingi yillarda uyali aloqa, raqamli televideniye va Internet tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining amalga oshirilishi mazkur tarmoqlarning aloqa va kommunikatsiya sohasidagi o‘rnini mustahkamlaydi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi.
12.3. Aloqa va telekommunikatsiya sohasini
rivojlantirish yo‘nalishlari
O‘zbekistonda aloqa va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga davlat siyosatida ustuvor ahamiyat berib kelinmoqda. Mustaqillik davrida bu borada davlat tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Sohaning moddiy-texnik bazasi butlandi, zamonaviy tuzilmalar shakllantirildi, kadrlar salohiyati kengaytirilib, bozor munosabatlariga mos infratuzilmalar taraqqiy etmoqda.
Aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi islohotlar, avvalo, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning bozor munosabatlariga xos shaklda qayta qurilganligida o‘z aksini topadi. «Reklama to‘g‘risida»gi, «Mualliflik huquqi to‘g‘risida»gi, «Axborot xavfsizligi to‘g‘risida»gi va boshqa qator qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy munosabatlarning erkinlashtirilishiga olib keldi.
Tarmoqni modernizatsiyalashda mobil telefon sohasiga kirib kelgan zamonaviy kompaniyalar faoliyati ham samarali bo‘lmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular – «Beeline», «O‘zmobayl», «Ucell», «Perfektum mobayl» va «UMS»lardir.
Rossiyaning yirik aloqa operatori hisoblangan «Vimpelkom» 2006-yilda «UNITEL» va «BUZTEL» kompaniyalarini sotib oldi. Keyinchalik «UNITEL» MCHJ O‘zbekistonda «Bilayn» savdo belgisi ostida faoliyat yuritib, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsata boshladi. 2008-yil o‘rtalarida «COSCOM» kompaniyasi O‘zbekistonda «UCELL» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bu, kompaniya aksiyalari nazorat paketi Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Telia Sonera» tomonidan sotib olingach, yuz berdi. Bu o‘zgarishlar mobil aloqa xizmatlari bozorida raqobat kurashi kuchayishiga, xizmatlar sifatining yaxshilanishiga va zamonaviy menejmentning yaxshilanishiga hamda zamonaviylashuv jadallashishiga olib keldi.
1995-yil oxirida Rubicon Wireless Communication qo‘shma korxonasining tashkil etilishi bilan mamlakatimizda yangi avlod mobil aloqasining rivojlanish bosqichi boshlangan edi. Utel savdo belgisi ostida D-AMPS standartidagi mobil tarmoq ishga tushdi. 2001-yilda CDMA standartidagi Perfectum mobile savdo markasi ostida yangi kompaniya faoliyatini boshladi. CDMA-450 standartida faoliyat ko‘rsatayotgan «O‘zmobayl» kompaniyasi mamlakatimizda sohadagi nisbatan kichik kompaniyadir.
2000-yillardan keyin O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatlarga xos bo‘lgan zamonaviy tarmoq tizimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosat ko‘lami kengayib bordi. Mamlakatimizning sanoat ishlab chiqarishini yanada jadal rivojlantirish, jamiyatning zamonaviy axborot resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojini to‘laroq qondirish uchun milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 2013 – 2020-yillarda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi qabul qilindi. Hozirda mazkur dastur ijrosining hal qiluvchi bosqichi ketmoqda. Dasturda mamlakat hududida raqamli televideniyeni to‘la joriy etish, mobil aloqa bilan qamrab olish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Internet tarmog‘i faoliyatidan samarali foydalanishga erishish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |