Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati
va sohaning rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar,
(yil oxiriga)
|
2010
|
2015
|
2016
|
Internet xizmatlari hajmi, mlrd.so‘m
|
6984
|
8339
|
9627
|
Operatorlar va provayderlar soni, birlik
|
934
|
800
|
951
|
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni, ming foydalanuvchi
|
7550*
|
12040*
|
15453,2*
|
Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, birlik
|
210
|
290
|
678
|
Har yili qayd qilinadigan dasturiy mahsulotlar soni, birlik
|
268
|
725
|
1728
|
Davlat axborot resurslari soni, birlik
|
187
|
320
|
318
|
Davlat axborot tizimlari soni, birlik
|
160
|
466
|
499
|
Davlat interaktiv xizmatlari turlari soni, birlik
|
94
|
260
|
308
|
uz.domen zonasidagi domenlar soni, birlik
|
11095
|
25200
|
32000
|
*30 iyun holatiga
Yuqori sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatayotgan operatorlar va provayderlar soni 2010 – 2016-yillarda qariyb 1,8 foizga o‘sdi va 950 tadan oshdi. Bu davrda Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni qariyb 2 barobardan ko‘proqqa o‘sdi va 15,4 mln. kishidan oshib ketdi.
Mamlakat iqtisodiyotida axborot resurslari ishlab chiqarish va undan foydalanish nisbatan yangi tendensiya hisoblanadi. 2000-yillargacha axborot-kommunikatsiya vositalari uchun dasturiy mahsulotlar xorijdan olib kelingan bo‘lsa, keyingi yillarda bu borada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni keskin ko‘paydi va dasturiy mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Masalan, 2016-yilda axborot-kommunikatsiya vositalari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 678 ta, har yili ro‘yxatga olinayotgan dasturiy mahsulotlar soni esa 1728 tani tashkil etdi.
Davlatning sohada amalga oshirgan islohotlari qisqa vaqtda o‘z samarasini bermoqda. Axborot va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishda davlatning yetakchi roli ham namoyon bo‘lmoqda. Davlat axborot resurslari va davlat axborot tizimlari sonini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 2016-yil oxirida davlat interaktiv xizmatlari turlari soni 308 taga etdi. Davlat axborot resurslari 318 tani va davlat axborot tizimlari soni esa 499 tani tashkil etmoqda. Bu o‘zgarishlar «Elektron hukumat» faoliyatini rivojlantirish uchun mustahkam moddiy-texnik asos yaratilayotganligini bildiradi. Bu istiqbolda mamlakat miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, tartibga solish va rag‘batlantirishda axborot-kommunikatsiya tizimining hal qiluvchi rol bajarishini ta’minlaydi. Axborot va bilimlar jamiyatining asosiy belgilaridan biri ham shu hisoblanadi.
Axborot makonini yaratish va uni mazmunan to‘ldirib borish maqsadida www.uz hududida ro‘yxatdan o‘tgan saytlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, ularning soni 2010-yilda 11095 birlikni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib 32 ming tadan oshib ketdi.
Axborot-kommunikatsiya sohasining taraqqiy topishi, avvalo, ta’lim va maorif sohasi rivojlanishiga kuchli turtki bermoqda. Natijada oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi hamda maktab ta’limining axborot-kutubxona bazasi bir necha o‘n marta kengayib ketdi. Jumladan, bugungi kunda axborot-kutubxona markazlari kitob fondi qariyb 5,0 mln.ni tashkil etmoqda. 2016 yilda umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim yo‘nalishidagi 11325 ta ta’lim muassasasidan 10620 tasi (93,8 foiz) ZiyoNET tarmog‘iga ulandi, ZiyoNET tarmog‘i resurslari soni 130 000 dan ortiqni (o‘sish 119%) tashkil etdi;
Mamlakatimizda aloqa telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazish darajasi 2000-yillarda 32 – 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 100 foizni tashkil etmdi.
Aloqa sohasi umumiy foydalanishdagi va tarmoq foydalanishidagi aloqa sohalariga bo‘linadi. Umumiy foydalanishdagi aloqa sohasi aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida gazeta va jurnallar, xat, kartochka, banderollar, telegrammalar jo‘natish, pul mablag‘lari va nafaqa to‘lovlarini amalga oshirish, xalqaro telefon aloqasi so‘zlashuvlari, xalqaro pochta korrespondensiyalari va boshqa xalqaro jo‘natmalarni amalga oshirish umumiy foydalanishdagi aloqa xizmatining turlari hisoblanadi. Bunday xizmat ko‘rsatish hajmi va turlari yildan yilga ortib bormoqda.
Aloqa sohasi korxonalarining asosiy faoliyatidan tushgan daromad 2016-yilda 6306,8 mlrd. so‘mga yetdi. 2010-yilda sohaning umumiy daromadi 1971,4 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lgan edi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi pochta aloqasi pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov bеrish hamda pochta jo‘natmalari, pеnsiya va nafaqalar, davriy nashrlarni еtkazib bеrishda bir-biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob‘еktlari va pochta yo‘nalishlarini o`z ichiga oladi. Pochta aloqasining milliy tizimi “O‘zbеkiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan gеografik printsipga asoslangan holda tashkil qilingan.
Pochta aloqasi korxonlarida 15 000 dan ortiq xodim faoliyat yuritib, ular tomonidan har kuni minglab xat-xabarlar, pul o‘tkazmalari, posilkalarga ishlov bеriladi hamda millionlab obunachilarga gazеta va jurnallar, pеnsiya va nafaqa pullari еtkazib bеriladi. Shuningdеk, komunal xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish, tеlеfon to‘lovi, sug‘urta polislari, lotеrеya bilеtlarini sotish, elеktron pochta va intеrnеt xizmatlari ko‘rsatiladi.
Ayrim miqdoriy ko‘rsatkichlar umumiy foydalanishdagi aloqa sohasi rivojlanishidagi mo‘tadil o‘zgarishlarni ifodalaydi. O‘zbekistonda har yili jo‘natilayotgan gazeta va jurnallar soni 26,0 – 30 mln. nusxani, xat, kartochka, banderollar soni 10,3 – 14,4 mln. donani, pul mablag‘lari va nafaqa to‘lovlari soni 30 – 35 mln. donani tashkil etmoqda.
Umumiy foydalanishdagi xalqaro telefon aloqasi tizimidan foydalanish ko‘rsatkichlari juda tez sur’atlarda o‘zgarmoqda. Xalqaro telefon aloqasi so‘zlashuvlari 2010 –2014-yillarda 44,0 mln. dan 191,0 mln. birlikka, ya’ni 4,3 martaga ko‘paydi. Uyali aloqa xizmati orqali so‘zlashuvlar soni esa yuqori sur’atlarda ortdi. Ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlar uyali aloqa, shaharlararo va xalqaro telefon, Internet tarmog‘i, pochta, ma’lumot uzatish tarmog‘i, shahar va qishloq telefon tarmoqlari korxonalari faoliyatining masshtablarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |