13.2. Qurilish majmuasining rivojlanish ko‘rsatkichlari
Qurilish majmuasi O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan muhim tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Respublika iqtisodiyotida qurilish majmuasi o‘ziga xos o‘ringa ega.
2016-yilda 30231,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, yalpi ichki mahsulotning 7,2 foizi (2000-yilda 6,1 foiz), iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 8,2 foizi (22,1 mingta) qurilish hissasiga to‘g‘ri keldi. Bugungi kunda jami ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar 285,3 mingtani tashkil etsa, shundan qurilish korxonalari va tashkilotlari soni 23,8 mingtani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |