Mulk shakli bo‘yicha qurilish ishlari hajmining tarkibi,
jamiga nisbatan %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Davlat
|
18,8
|
8,6
|
10,4
|
6,0
|
5,0
|
Nodavlat, shundan:
|
81,2
|
91,4
|
89,6
|
94,0
|
95,0
|
fuqarolarning xususiy mulki
|
41,2
|
36,3
|
37,8
|
44,8
|
46,9
|
Xo‘jalik birlashmalari
|
38,6
|
44,7
|
25,3
|
29,9
|
30,3
|
Qurilish ishlari tibbiyot, ta’lim, uy-joy va kommunal xo‘jaliklarida jadal sur’atlarda va tizimli amalga oshirildi. Bu sohalardagi qurilish ishlarining asosiy xususiyatlari tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarning nisbatan kam jalb etilganligi va asosiy loyihalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshirilganligi hisoblanadi. 2016 yilda qurilish ishlarining 95 foizi nodavlat sektori tomonidan bajarilgan bo’lsa, fuqarolarning xususiy mulki va xo‘jalik birlashmalarining ulushi muvofiq ravishda 46,9 va 30,3 foizga teng bo’ldi.
Tibbiyot sohasidagi qurilish ishlari ko‘proq davlat maqsadli dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan tibbiyot va ambulatoriya-poliklinika muassasalarining deyarli barchasi davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qurib ishga tushirildi.
Yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan tibbiyot va
ambulatoriya-poliklinika muassasalari
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Tibbiyot muassasalari, koyka
|
670
|
902
|
2520
|
|
|
Davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan
|
670
|
852
|
2350
|
|
|
Boshqa mulk shaklidagi korxonalar tomonidan
|
–
|
50
|
170
|
|
|
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, smenadagi tashriflar soni
|
8335
|
13515
|
5570
|
|
|
Davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan
|
6115
|
9140
|
5520
|
|
|
Boshqa mulk shaklidagi korxonalar tomonidan
|
2220
|
4375
|
50
|
|
|
Ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va ilg‘or talablarga moslashtirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yangi qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda. So‘nggi yillarda har yili oliy o‘quv yurtlari umumiy o‘quv-laboratoriya maydoni yangilanmoqda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yangi korpuslari ishga tushirilmoqda.
Yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan oliy va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
Oliy o‘quv yurtlari, ming o‘quvchi o‘rni
|
-
|
-
|
-
|
16,6
|
Akademik litseylar, ming o‘quvchi o‘rni
|
7,5
|
6,8
|
2,3
|
0,8
|
Kasb-hunar kollejlari, ming o‘quvchi o‘rni
|
68,8
|
62,2
|
23,5
|
3,3
|
Umumtalim maktablari, o‘quvchi o‘rinlari, jami, mingta
|
17,3
|
128,7
|
12,9
|
57,9
|
Maktab ta’limi tizimidagi qurilishlarning ko‘lami kattaligi bilan ajralib turadi. Xususan, 2010 – 2015-yillarda yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi o‘quvchi o‘rinlari 17,3 mingtadan 57,9 mingtagacha oshdi.
Uy-joy fondi o‘zgarishi qurilish ishlari ko‘lamining o‘zgarishini ifodalaydi. O‘zbekistonda umumiy uy-joy fondi 449,7 mln. kv. metrni tashkil etadi. Shundan 446,1 mln. kv. metr xususiy uy-joy fondi bo‘lsa, 3,6 mln. kv. metr davlat uy-joy fondini tashkil etadi. Har yili uy-joy fondi o‘rtacha 10 –12 mln. kv. metrga ko‘paymoqda. Bir yashovchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yashash maydoni 15 kv. metrdan oshiqni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2000-yilda 13,8 kv. metr edi.
Har yili 73 – 82 ming atrofida kvartiralar barpo etilmoqda. Yangi qurilayotgan kvartiralar deyarli nodavlat sektori korxona va tashkilotlari, fuqarolarning o‘z tashabbuslari hisobiga qurilmoqda.
Uy-joy qurilishida bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasida sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashabbuslari to‘la qaror topdi.
Kommunal qurilishi uzluksiz rivojlanmoqda. Aholi turar-joylarini suv va gaz tarmoqlari bilan ta’minlash, kommunal xizmat obyektlarini qurish ishlari hajmi barqaror o‘sib bormoqda. 2016 yilda 2494,9 km suv tarmog’i (qishloq joylarda 2002,8 km) va 312,4 km gaz tarmog’i (qishloq joylarda 212,1 km) ishga tushirildi va mos ravishda 2015 yilga nisbatan 94,4 va 87,8 foizni tashkil etdi. Qishloq joylar hisobiga ishga tushirilgan suv tarmog’ining 92,7 foizi va gaz tarmog’ining 87,1 foizi to’g’ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |