Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Iste’mol bozori rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari



Download 1,39 Mb.
bet125/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

14.2. Iste’mol bozori rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari
Iste’mol bozori rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi va ishlab chiqarish salohiyatining ortishi hamda aholi daromadlarining ko‘payishi pirovard natijada iste’mol bozori ko‘lamining kengayishida namoyon bo‘ladi.

Iste’mol bozori rivojlanishiga baho berishda bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Iste’mol bozori rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga iste’mol budjeti, iste’mol krediti hajmi ortishi, iste’mol bozoridagi ishtirokchilar sonining ko‘payishi, iste’mol me’yorlari o‘zgarishi, iste’mol savati hajmi, iste’mol fondi hajmi kabilar kiradi.

Iste’mol bozori rivojlanishi va aholi turmush darajasini o‘zaro bog‘laydigan tushunchalardan biri – bu iste’mol budjetidir. Iste’mol budjeti joriy iste’molni qondirish uchun xonadon yoki ayrim shaxs tomonidan sarflanadigan pul mablag‘laridan iborat. Iste’mol budjetini to‘ldirishda iste’mol bozorining barqaror rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Iste’mol bozorida qo‘shimcha tovar zaxiralari paydo bo‘lsa yoki aholining u yoki bu iste’mol mahsulotiga ehtiyojini to‘laroq qondirish zarur bo‘lsa, iste’mol krediti qo‘llaniladi.

Davlat iste’mol bozorining kengayishi va bu bozorda raqobat muhitining rivojlanishi uchun turli vosita va dastaklardan foydalanadi. Monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qiladi, oligopol bozorlarni tartibga soladi, bozor ishtirokchilari sonini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi. Iste’mol krediti ham shunday vositalardan biri hisoblanadi.

Iste’mol krediti iste’mol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablag‘lari yoki tovarlaridan iborat. Odatda, iste’mol krediti aholining qimmatbaho tovarlarni xarid qilishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalaniladigan tovarlar – avtomashina, uy, dala hovli kabilar borki, ularni xarid etish uchun aholining joriy daromadlari doim ham yetavermaydi. Ularning narxi yuqori bo‘lganligi uchun nasiyaga olish zarurati paydo bo‘ladi. Bunda tovar egasi unga nasiyaga sotadi va xaridorni o‘zining qarzdoriga aylantiradi. Kreditni bunda bilvosita bank beradi, ya’ni tovar haqini to‘laydi, xaridor esa tovar egasidan emas, balki bankdan qarzdor bo‘ladi.

Iste’mol krediti iste’mol bozoridagi oldi-sotdini rag‘batlantirish, aholining iste’molchilik kayfiyatini ko‘tarish siyosati hamdir. O‘zbekistonda ta’lim krediti, yosh oilalarga ipoteka krediti, uy jihozlarini kreditga sotish amaliyoti shunday siyosat ko‘rinishlaridir.

Iste’mol bozoridagi holat va aholining iste’molchilik xatti-harakatlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni, aholining iste’mol talablari qondirilish darajasini aniqlashda, qolaversa, iste’mol darajasiga baho berishda iste’mol me’yorlaridan foydalaniladi. Chunki ehtiyojlar cheksizligi tushunchasi aholi cheksiz darajada tovar va xizmatlar iste’mol qila olishini anglatmaydi. Ehtiyojlar cheksizligi aholi xohish-istaklarining cheksizligini bildiruvchi nazariy tushunchadir.

Iste’mol me’yorlari aholining sihat-salomatligini ta’minlash va ish qobiliyatini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat va xizmatlarni iste’mol qilishning miqdoriy me’yorlari, o‘lchami va hajmidir. Iste’mol me’yorlari aholi iste’molini eng maqbul darajaga keltirib, inson kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tushuncha miqdoran o‘lchash mumkin bo‘lgan, iste’mol bozorida oldi-sotdi qilinayotgan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ishlatiladi.

Har bir mamlakatda iqtisodiy holat, tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda maksimum va minimum iste’mol me’yorlari ishlab chiqiladi. Maksimum iste’mol me’yorlari eng ko‘p iste’mol qilish me’yori bo‘lib, inson shaxsining har tomonlama kamoloti uchun eng ko‘p iste’mol chegaralarini belgilaydi. Oziq-ovqat iste’moliga nisbatan fiziologik me’yorlar qabul qilingan bo‘lib, bu – insonning qanday mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi va qayerda yashashidan qat’i nazar, qanday oziq-ovqatlar turlaridan qancha miqdorda iste’mol qilishini bildiradi. Bu me’yorlar tibbiyot nuqtayi nazaridan qaraladi va bunga ma’lum miqdoriy nisbatdagi mahsulotlar iste’moli orqali erishilishini ko‘zda tutadi.

Iste’mol me’yorlaridan kelib chiqib iste’mol savati shakllantiriladi. Iste’mol savati muayyan vaqtda iste’mol etiladigan mahsulotlar turi va to‘plamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdoridir. Bu tushuncha kishi yoki oila oylik yoki yillik hisobiy tovarlar va xizmatlar iste’molining tipik darajasi yoki tuzilmasini tavsiflaydi. Bu – moddiy o‘lcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday to‘plam iste’mol bozoridagi amaldagi narxlarga ko‘ra, iste’mol savatidan kelib chiqib, minimal iste’mol budjeti, ya’ni tirikchilik minimumini hisoblab chiqishga xizmat qiladi. Iste’mol savatida foydalanish maqsadiga ko‘ra quyidagi uch guruh tovarlar mavjud:

– oziq-ovqat mahsulotlari – go‘sht, go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut, sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, o‘simlik moyi, meva-sabzavotlar;

– nooziq-ovqat tovarlari – kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xo‘jalik buyumlari, madaniy tovarlar;

– madaniy-maishiy xizmatlar – pullik ijtimoiy xizmatlar, ya’ni maishiy texnikalar tizimi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, tomoshalar ko‘rish, pulli davolanish, pullik o‘qish va boshqalar.

Ko‘rinib turibdiki, iste’mol savati aholining turmush darajasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan iste’mol bozori tarkibini o‘zida to‘la aks ettirmoqda. Iste’mol savatiga kiritiladigan mahsulotlar avval miqdoran belgilanadi, so‘ngra pulga chaqilib, qiymati aniqlanadi. Odatda, minimal iste’mol savati, ya’ni eng zarur iste’mol miqdori belgilanadi.

Iste’mol bozori milliy hodisa bo‘lganligi sababli iste’mol savati ham milliy xususiyatga ega. Bu iste’mol savati muayyan mamlakatning iqtisodiyoti rivojlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lib, shu mamlakat aholisining iste’mol tarkibi xususiyatlarini inobatga olgan holda hisoblab chiqiladi, demakdir. Iste’mol savatiga turli miqdordagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi. Iste’mol savati hajmi mamlakatning iqtisodiy qudrati va iqtisodiy salohiyatiga ham bog‘liq.

Iste’mol bozorini rivojlantirishda iste’mol fondining o‘rni alohida. Iste’mol fondi hukumatning aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatida ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Iste’mol fondi muayyan vaqtda yaratiladigan mahsulot va xizmatlarning aholi joriy iste’moliga ketadigan qismi bo‘lib, mahsulot va xizmatlar vazifasiga ko‘ra, iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalaridan – investitsion tovarlardan iborat. Ishlab chiqarilgan iste’mol buyumlari iste’mol fondini tashkil etadi. Ammo uning xorijga sotishga mo‘ljallangan qismi ham bor. O‘z navbatida, xorijdan mamlakatga olib kiriladigan iste’mol tovarlari ham mavjud. Bu vaziyatda iste’mol fondida sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.

Iste’mol fondida g‘oyat xilma-xil, bir-biriga tenglashtirib bo‘lmaydigan tovar va xizmatlar bo‘lganligidan, uning qiymat ko‘rinishi asos qilib olinadi. Iste’mol fondi mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati va yalpi milliy mahsulotning taqsimlanishiga ham bog‘liq. Masalan, AQSHda iste’mol fondi YIMning qariyb 8  –10 foizini tashkil etsa, boshqa mamlakatlarda vaziyatga qarab bu ko‘rsatkich taxminan 55 –  65 foiz atrofida o‘zgarib turadi. Bu mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat va hukumatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Iste’mol fondining jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori iste’mol bozori rivojlanishi va aholi farovonligini bildiruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich milliy investitsiyalar va xorijdan jalb etilayotgan investitsiyalar hajmiga, investitsiyalarning qisqa, o‘rta va uzoq muddatliligiga ham bog‘liq. Investitsiyalar iqtisodiyotning qaysi sohalariga yo‘naltirilayotganligi ham iste’mol fondiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Agar investitsiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’mol tovarlari va xizmatlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar – oziq-ovqat, yengil sanoat, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga yo‘naltirilsa, bu yaqin yillarda iste’mol fondi kengayishiga olib keladi.

Iste’mol fondi umummamlakat darajasida, firma va xo‘jaliklar darajasida hamda oila xo‘jaligi darajasida ajraladi. Umummamlakat darajasidagi iste’mol fondi davlat budjeti vositasida shakllanadi. Davlat iste’molini ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi. Davlat iste’moli davlat funksiyalarini bajarishga imkon beradi.

Firma va xo‘jaliklar darajasidagi iste’mol fondi korporativ fondlar shaklida bo‘ladi. Korporativ fondlar korxonalarning joriy iste’molini ta’minlashga sarflanadi.

Oila xo‘jaligi darajasidagi iste’mol fondi esa oilaning joriy ehtiyojlarini qondirishga ketadigan qismini bildiradi. Bu iste’mol fondi tarkibi O‘zbekistonda mustaqillik yillarida miqdor va sifat jihatidan takomillashib bormoqda.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish