Xizmat turlari bo‘yicha aholiga pulli xizmatlarning tarkibi, jamiga nisbatan %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Ko‘rsatilgan jami xizmat, shundan
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Transport xizmatlari
|
36,7
|
33,7
|
26,6
|
26,7
|
29,1
|
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
|
8,4
|
10,2
|
17,7
|
5,3
|
6,7
|
Kompyuter dasturlai xizmatlari
|
0,1
|
0,1
|
0,1
|
0,2
|
2,4
|
Maishiy xizmatlar
|
15,7
|
15,3
|
7,9
|
4,2
|
3,3
|
Ta’lim xizmatlari
|
24,0
|
6,2
|
7,7
|
2,9
|
3,6
|
Moliyaviy xizmatlar
|
2,3
|
1,5
|
4,9
|
9,2
|
10,8
|
Sog‘liqni saqlash, sanatoriya-kurort, sog‘lomlashtirish
|
1,4
|
2,1
|
2,7
|
1,2
|
1,5
|
Savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari
|
4,8
|
5,9
|
18,2
|
23,3
|
31,8
|
Boshqa xizmatlar
|
6,6
|
25
|
14,2
|
27,0
|
10,8
|
Aholiga ko‘rsatilgan jami pullik xizmatlar tarkibida 2016 yilda savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari 31,8 foizni, transport xizmatlari ulushi 29,1 foizni, moliyaviy xizmatlar 10,8 foizni, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 6,7 foizni, maishiy xizmatlar 3,3 foizni, ta’lim xizmatlari 3,6 foizni, sog‘liqni saqlash, sanatoriya-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari 1,5 foizni tashkil etdi.
Bozor munosabatlari rivojlanib borishi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning mulkchilik shakli o‘zgarishiga olib kelmoqda. Aholiga maishiy xizmatlarning 1,6 foizini davlat, 98,4 foizini esa nodavlat mulk shakllari bo‘lgan korxonalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar amalga oshirmoqda.
14.4. O‘zbekistonda tirikchilik minimumi va iste’mol me’yorlari
O‘zbekistonda o‘rta hisobda bir oydagi pul daromadlari ko‘rsatkichidan foydalaniladigan holda kambag‘allik chegarasini tirikchilik minimumi darajasida belgilaydigan mutlaq konsepsiyaga asoslaniladi. Tirikchilik minimumi o‘rta hisobda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qiymat tarzida va umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha, uning tarkibiga kiruvchi subyektlardagi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha, shu jumladan, alohida shaharlar va ma’muriy-hududiy birlashmalar bo‘yicha belgilanadi.
Tirikchilik minimumining qiymatini ilmiy asosda ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy turlari o‘lchamlari tashkil etadi. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol me’yorlarini asoslashda turli tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olish maqsadida respublika hududi amaldagi uslubiy tavsiyalarga muvofiq bir necha zonaga ajratilgan. Zonal taqsimotiga muvofiq, yiliga o‘rta hisobda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari turlari ma’lum miqdorlar doirasida belgilab chiqilgan. Hududiy zonalar bo‘yicha oziq-ovqat turlarining quvvat bera olishi sutkasiga 2204 kkal.dan 2607 kkal.gachani tashkil etadi.
Tirikchilik minimumi budjetida iste’mol me’yorlari faqat oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan. Tovarlar va barcha turdagi xizmatlar qiymati 31,7 foiz miqdorda belgilangan. Hozirgi vaqtda qonunchilikdagi tirikchilik minimumiga doir talablarga muvofiq, umuman, O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi subyektlardagi aholi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun iste’mol savatini belgilash bo‘yicha yangi uslubiy tavsiyalar loyihasi ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida nisbiy qashshoqlik yashash minimumi budjetidan kam bo‘lgan daromadlar miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rta daromadlarning 40 – 60 foizidan kam bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Mamlakatimizda har bir mahsulot turi bo‘yicha tabaqalashtirilgan me’yorlar aniqlanib, aholining eng kam (minimal) iste’mol budjeti hisoblanadi. Me’yorlar O‘zbekiston aholisining to‘lov qobiliyatini hamda iste’mol qilinadigan mahsulotning respublikada ishlab chiqarilishi yoki import qilinishini hisobga oladi va ular ma’lum ozuqa birligini (kilokaloriyani) ta’minlaydi.
Aholi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni aniqlashda tibbiy me’yorlarga asoslangan prognozlar ham amalga oshiriladi.
Uy xo‘jaliklarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi ikki xil me’yorlar, ya’ni minimal iste’mol budjetini hisoblash me’yorlari hamda ratsional tibbiy me’yorlardan foydalangan holda hisoblanadi.
O‘zbekistonda oilalarning minimal iste’mol budjetini hisoblash uchun oziq-ovqatlarga talab 42 turdagi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Soni 5 va 7 kishidan iborat bo‘lgan oila uchun bir yilga 607,5 kilogrammdan 850,5 kilogrammgacha un va un mahsulotlari, shundan 5 foizi bug‘doy noni talab etiladi. Shuningdek, 5 kishidan iborat oila uchun yiliga 857 kg, 7 kishiga 1200 kg sabzavot; kartoshka esa mos ravishda 317,5 va 444,5 kg talab etiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar oila a’zolari soni oshib borishi bilan ko‘payib boradi.
Mahsulotlar guruhlarining bozor bahosidagi o‘rtacha qiymati o‘zgarib turadi. Uslubiy jihatdan oziq-ovqat mahsulotlariga talab etiladigan xarajatlarni oilalar guruhi bo‘yicha, mahsulotlar xarid qilish joylari (dehqon bozorlari, do‘konlar, supermarket va b.) hamda qishloq oilalarida shaxsiy tomorqada ishlab chiqarilgan mahsulotlar (bozor bahosiga tenglashtirib) baholaridan foydalanib tabaqalashgan holda hisoblashni amalga oshirish mumkin.
O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va aholining iste’mol me’yorlari bo’yicha ta’minlanganlik darajasi, 2016-yil
Mahsu-
lot turlari
|
Jami qishloq xo‘ja-
lik mahsu-
loti, mln.ton-na
|
Aholi jon boshiga ishlab chiqa-
rish, kg.
|
Minimal iste‘mol budjeti uchun me‘yor-
lar, kg
|
Ratsio-nal tibbiy me‘-
yorlar
|
Ta‘minlanganlik darajasi, %
|
Minimal iste‘mol budjeti me‘yor-
larida
|
Ratsional tibbiy me‘yorlar-da
|
Donli ekinlar
|
8261,3
|
259
|
171,2
|
161,3
|
151,3
|
160,6
|
Kartoshka
|
2958,4
|
93
|
63,5
|
63,9
|
146,5
|
145,5
|
Sabza-
vot
|
11275,8
|
354
|
171,5
|
113,3
|
206,4
|
312,4
|
Poliz
|
2044,9
|
64
|
17,5
|
98,6
|
365,7
|
64,9
|
Meva
|
3042,8
|
96
|
67,6
|
87,6
|
142,0
|
109,6
|
Uzum
|
1735,8
|
55
|
15,4
|
25,5
|
357,1
|
215,7
|
Go‘sht
|
2172,5
|
68
|
54,6
|
83,9
|
124,5
|
81,0
|
Sut
|
9703,4
|
147
|
119,3
|
182,5
|
123,2
|
80,5
|
Tuxum, mln. dona
|
6152,5
|
51
|
205
|
305
|
24,9
|
16,7
|
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda deyarli barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha aholi minimal iste’mol va ratsional tibbiy me’yorlardan yuqori darajada ta’minlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 2016-yilda 8,3 mln. tonnaga yaqin boshoqli va dukkakli don ishlab chiqarilgan. Shuni hisobga olganda, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish 259 kg ni tashkil etadi. Bu aholining minimal iste’mol budjetini hisoblash uchun belgilangan me’yordan (171,2) 1,5 martaga, ratsional tibbiy me’yorlardan (161,3) qariyb 1,6 martaga ko‘pdir.
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish aholi jon boshiga, minimal iste’mol budjeti me’yorlaridan go‘sht bo‘yicha, sut bo‘yicha ancha yuqori, ammo tuxum bo‘yicha kam. Tibbiy me’yorlar bo‘yicha aholi talabi faqat sut bo‘yicha baland, go‘sht va tuxum bo‘yicha mos ravishda qanoatlantirmaydi.
Aholi iste’mol ratsionini optimallashtirish maqsadida ayrim hududlarda, ayniqsa, shahar atrofida sabzavot, meva hamda sut va tuxum ishlab chiqaruvchi, ularni saqlash va sotishga ixtisoslashgan yirik agrofirmalar tashkil etilmoqda.
Uy xo‘jaliklari daromadining oshib borishi, oilalar turmush sifatining yuksalishi, ularning iste’mol ratsionlarida muhim sifat o‘zgarishlariga olib kelmoqda va aholining ratsional tibbiy me’yorlarda belgilangan hajmda ovqatlanishiga imkon tug‘ilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |