Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonda iste’mol bozorining rivojlanish ko‘rsatkichlari



Download 1,39 Mb.
bet126/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

14.3. O‘zbekistonda iste’mol bozorining rivojlanish ko‘rsatkichlari
Iste’mol bozori rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar mamlakat iste’mol bozori kengayayotganligini, undagi sifat va miqdoriy o‘zgarishlarni ifodalaydi. Iste’mol bozori rivojlanishiga tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Iste’mol tovarlarining eksporti ichki bozorda ba’zan taqchillikni yuzaga keltirsa, iste’mol tovarlari importi taqchillik muammolarini bartaraf etishi ham mumkin. Bu – milliy ishlab chiqaruvchilarning import o‘rnini bosuvchi yoki eksportga yo‘nalgan strategiyalariga bog‘liq ravishda ham o‘zgarib boradi. Iste’mol bozorida narxlarning barqarorligini ta’minlab turishda tashqi savdo siyosati vosita va dastaklari ta’sirchan rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonda 2016-yilda o‘tgan yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat ishlab chiqarishi 6,2 foiz, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, chakana savdo aylanmasi 14,4 foiz va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 6,0 foizga oshdi. Bu ko‘rsatkichlar iste’mol bozori iqtisodiyot masshtablari bilan yonma-yon kengayayotganligini bildiradi.

Iste’mol bozori rivojlanishi tovarlarning ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmining oshishi, iste’mol bozorida xizmatlar va tovarlar ulushi o‘zgarishi, savdo shoxobchalari, bozorlar soni ko‘payishi, zamonaviy xizmatlar turlarining ko‘payishi kabi ko‘rsatkichlarda ham o‘z aksini topadi.

Mamlakatimizda chakana savdo aylanmasi hajmi jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Oziq-ovqat tovarlari savdo aylanmasidan nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi hajmi nisbatan ustunroq o‘smoqda.

Bu ko‘rsatkichlar iste’mol bozorida barqaror o‘sish tendensiyasi mavjudligini bildiradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari oqibatlarini bartaraf etib, barqaror iqtisodiy o‘sishning mustahkam shart-sharoitlari ta’minlanayotganligi iste’mol bozoridagi mana shu ko‘rsatkichlarda ham o‘z ifodasini topmoqda.

2000  – 2016-yillarda ovqatlanish korxonalari aylanmasi hajmi va chakana savdo aylanmasi hajmi o‘rtasidagi nisbatlar qisman o‘zgardi. Xuddi shuningdek, chakana tarmoq korxonalaridagi yil oxiriga tovar zaxiralarining nisbati kam o‘zgardi. Bu tarmoq ichida nisbiy ko‘rsatkichlar barqaror ekanligini bildiradi.

Ayrim madaniy-maishiy va xo‘jalik tovarlarini sotish hajmi ham iste’mol bozoridagi vaziyat o‘zgarishini tavsiflaydi. Keyingi yillarda iste’mol bozorida televizorlar sotish hajmi, sovutkich va muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, yengil avtomashinalar, velosiped va mopedlar, sintetik yuvish vositalari sotish hajmi sezilarli o‘sdi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish