Sanoat qurilishi. Sanoat qurilishi sanoat ishlab chiqarish obyektlari – zavod va fabrikalar, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma obyektlari va boshqa ichki xo‘jalik obyektlari qurilishidan iborat.
Transport qurilishi. Transport qurilishi transport infratuzilmasi va yo‘l kommunikatsiyalari qurilishini tashkil etadi. Avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, quvurlar yotqizish, vokzallar, aeroportlar qurish, bu yo‘llarning atrofida zarur infratuzulmalarni barpo etish transport qurilishiga kiradi.
Qishloq qurilishi. Qishloq qurilishi qishloq aholisi turmushining umumiy shart-sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi obyektlar qurish, yangi qishloq massivlari qurish, qishloq ichki yo‘llari qurish, obodonlashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishdagi qurilish ishlari qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi qurilish ishlaridan farq qiladi.
Shahar qurilishi yoki shaharsozlik. Yirik, o‘rta va kichik shaharlarni zamon talablariga moslab zamonaviylashtirish, yangi bino va inshootlar qurish, shahar yo‘l qurilishi, aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |