O‘zbekiston mintaqalarida yalpi mintaqaviy mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi, %
|
2005
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
106,9
|
110,0
|
112,0
|
112,7
|
111,5
|
108,4
|
110,7
|
108,2
|
Andijon
|
110,2
|
110,5
|
111,3
|
108,4
|
110,4
|
107,5
|
103,6
|
107,9
|
Buxoro
|
109,9
|
109,6
|
109,1
|
107,9
|
108,0
|
108,2
|
107,5
|
107,9
|
Jizzax
|
108,3
|
110,2
|
110,6
|
108,0
|
110,2
|
108,6
|
109,1
|
109,0
|
Qashqadaryo
|
108,0
|
103,9
|
106,3
|
104,5
|
105,6
|
104
|
105,4
|
105,9
|
Navoiy
|
102,2
|
102,5
|
106,1
|
104,5
|
104,5
|
104,0
|
103,9
|
104,5
|
Namangan
|
107,0
|
112,4
|
110,0
|
110,0
|
111,2
|
110,3
|
108,7
|
108,1
|
Samarqand
|
106,1
|
113,6
|
110,9
|
110,7
|
110,4
|
110,5
|
110,5
|
108,7
|
Surxondaryo
|
105,5
|
111,2
|
110,9
|
109,0
|
109,5
|
109,3
|
109,2
|
107,8
|
Sirdaryo
|
111,1
|
110,2
|
109,4
|
109,9
|
107,0
|
107,0
|
105,9
|
106,2
|
Toshkent
|
103,8
|
110,1
|
109,2
|
105,2
|
107,8
|
107,5
|
106,7
|
106,5
|
Farg‘ona
|
106,5
|
105,8
|
107,9
|
106,3
|
109,4
|
108,8
|
108,0
|
105,8
|
Xorazm
|
103,4
|
110,2
|
108,4
|
109,8
|
109,1
|
111,7
|
110,1
|
106,4
|
Toshkent shahri
|
106,6
|
112,4
|
116,7
|
110,2
|
107,1
|
109,0
|
111,6
|
109,6
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
107,0
|
108,5
|
108,3
|
108,2
|
108,0
|
108,1
|
107,9
|
107,8
|
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida barqaror o‘sish sur’atlari kuzatildi. Ayni vaqtda mintaqalarda yalpi mintaqaviy mahsulot o‘sish sur’atlarining turli sur’atlarda kechayotganligini ta’kidlash lozim.
Agar 2005-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 107,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 5 ta mintaqa – Sirdaryo (111,1 foiz), Andijon (110,2 foiz), Buxoro (109,9 foiz), Jizzax (108,3 foiz), Qashqadaryo (108,0 foiz)da yalpi mintaqaviy mahsulotning o‘sish sur’ati respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. Ayni vaqtda, 2016-yilda esa respublika yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati (107,8 foiz)dan yalpi mintaqaviy mahsulotining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan mintaqalar soni 7 tani tashkil etdi: Toshkent shahri (109,6 foiz), Jizzax (109,0), Samarqand (108,7 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (108,2 foiz), Namangan (108,1 foiz), Andijon (107,9 foiz) va Buxoro viloyatlari (107,9).
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida mintaqalarning ulushi, %
|
2010
|
2016
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
2,6
|
3,3
|
Andijon
|
6,7
|
5,7
|
Buxoro
|
5,4
|
5,5
|
Jizzax
|
2,5
|
2,5
|
Qashqadaryo
|
7,8
|
7,5
|
Navoiy
|
5,4
|
5,3
|
Namangan
|
3,9
|
4,4
|
Samarqand
|
6,4
|
7,1
|
Surxondaryo
|
3,5
|
4,6
|
Sirdaryo
|
1,7
|
2,1
|
Toshkent
|
9,2
|
10,3
|
Farg‘ona
|
7,5
|
7,0
|
Xorazm
|
3,2
|
3,6
|
Toshkent shahri
|
17,7
|
15,8
|
YIMning taqsimlanmagan qismi
|
16,5
|
15,3
|
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining katta qismi Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlari tomonidan yaratiladi. Agar 2010-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 55,3 foizi ushbu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 53,4 foizni tashkil etgan.
Ayni vaqtda mintaqalar iqtisodiy rivojlanishiga ularning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushiga qarab baho berib bo‘lmaydi. Zero, aholi soni bo‘yicha mintaqalar bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu sababli aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha mintaqalar iqtisodiy rivojlanishiga qiyosiy baho berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mintaqalar iqtisodiyoti rivojlanishiga baho berishda ularning iqtisodiyot tarmoq tarkibi ko‘rsatkichi ham muhim o‘rin tutadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda barcha mintaqalar iqtisodiyoti tarkibida ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, u sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ulushining o‘sib borishi bilan tavsiflanadi. Bu sohada ham Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Andijon viloyatlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Shu bilan birga Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Namangan viloyatlarida qishloq xo‘jaligining ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
8.4. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mintaqaviy tafovutlar va ularni yumshatish omillari
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotni hududiy jihatdan tartibga solish vazifalarini takomillashtirish, mahalliy boshqaruv organlarining huquqlari va vakolatlarini kengaytirish, mintaqalarda mavjud mineral xomashyo, tabiiy-iqlim resurslari va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirish, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Shunga qaramasdan, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sezilarli tafovutlar saqlanib qolmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mintaqaviy tafovutlarning mavjud bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, har qanday mamlakatga xos. Hatto rivojlangan mamlakatlarda ham boy va nisbatan qashshoq mintaqalar bor. Bunday mintaqalarning mavjudligi tabiiy resurslar, iqlim, mehnat resurslari va boshqa omillar bilan turli darajada ta’minlanish natijasida vujudga keladi.
Mintaqaviy tafovutlarning mavjud bo‘lishi qandaydir ma’noda zarur, chunki ular kapital, mehnat va moddiy resurslar migratsiyasiga yordam beradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga muayyan darajada dinamizm baxsh etadi. Ammo, boshqa tomondan, hududiy tafovutlarning vujudga kelishiga tabiiy-iqlim yoki ijtimoiy-tarixiy omillarga bevosita bog‘liq bo‘lmagan, balki bevosita iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan sabablar ustuvor o‘ringa ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda mintaqaviy tafovutlarning chuqurlashuviga olib kelayotgan iqtisodiy omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– sanoat ishlab chiqarishi va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining Toshkent, Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri kabi alohida mintaqalarda to‘planib qolganligi;
– milliy va xorijiy investitsiyalarning mintaqalar bo‘yicha notekis taqsimlanayotganligi;
– mintaqalar tabiiy-iqtisodiy salohiyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanmaslik;
– mintaqalarning ichki xususiyatlari va bozor munosabatlarining rivojlanishini hisobga olgan holda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning iqtisodiy usullaridan sust foydalanilayotganligi va boshqalar.
Bundan tashqari, bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarning chuqurlashuviga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi:
– ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tish jarayonidagi o‘zgarishlarga rivojlangan mintaqalar past rivojlangan mintaqalarga nisbatan tezroq moslasha oldilar;
– ochiq iqtisodiyot asoslarining shakllanish jarayonida xorijiy investitsiyalar, eng avvalo, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari nisbatan yaxshiroq rivojlangan mintaqalarga kengroq miqyosda kirib bordi va ushbu mintaqalarning ilg‘or texnologiya va zamonaviy texnika bilan ta’minlanganlik darajasi ortdi;
– rivojlangan mintaqalarda mehnat resurslari bilim va malakasining yuqoriligi ularda yangicha ishlash ko‘nikmalarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
– nisbatan past rivojlangan mintaqalar iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ustuvor o‘ringa ega ekanligi va agrar sohada erkinlashtirish jarayonlarining boshqa tarmoqlarga nisbatan sust amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar o‘rtasidagi narx nomutanosibligining kuchayishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ijtimoiy ahvoliga va moliyaviy imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi;
– mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan o‘zak tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirishda agrar sohadan donor tarmoq sifatida foydalanish siyosati natijasida o‘zak tarmoqlar joylashgan mintaqalar rivojlanib, agrar soha ustuvor o‘ringa ega bo‘lgan mintaqalarning iqtisodiy ahvoli salbiy tomonga o‘zgarib bordi va hokazo.
2010-2016 yillarda O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida mintaqalarning ulushi, foizda
|
YIM
|
Sanoat
|
Qishloq xo‘jaligi
|
Investitsiyalar
|
2010
|
2016
|
2010
|
2016
|
2010
|
2015
|
2010
|
2016
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
0,387
|
0,577
|
0,209
|
0,682
|
0,526
|
0,513
|
0,512
|
1,314
|
Andijon
|
0,654
|
0,613
|
1,377
|
0,783
|
1,111
|
1,170
|
0,375
|
0,430
|
Buxoro
|
0,999
|
0,954
|
0,713
|
0,879
|
1,441
|
1,568
|
2,278
|
2,013
|
Jizzax
|
0,592
|
0,608
|
0,291
|
0,448
|
0,862
|
1,233
|
0,608
|
0,611
|
Qashqadaryo
|
0,842
|
0,778
|
1,262
|
0,909
|
0,652
|
0,877
|
1,110
|
1,475
|
Navoiy
|
1,744
|
1,801
|
3,445
|
3,289
|
1,601
|
1,675
|
3,442
|
1,947
|
Namangan
|
0,487
|
0,539
|
0,276
|
0,381
|
0,633
|
0,907
|
0,446
|
0,624
|
Samarqand
|
0,553
|
0,621
|
0,421
|
0,594
|
1,284
|
1,041
|
0,512
|
0,584
|
Surxondaryo
|
0,486
|
0,601
|
0,247
|
0,260
|
0,910
|
1,155
|
0,513
|
0,517
|
Sirdaryo
|
0,638
|
0,840
|
0,451
|
1,276
|
1,397
|
1,567
|
0,870
|
0,942
|
Toshkent
|
0,977
|
1,166
|
1,359
|
1,731
|
0,955
|
1,428
|
1,019
|
0,889
|
Farg‘ona
|
0,603
|
0,629
|
0,735
|
0,656
|
0,519
|
0,751
|
0,552
|
0,428
|
Xorazm
|
0,564
|
0,643
|
0,256
|
0,459
|
1,521
|
1,075
|
0,455
|
0,519
|
Toshkent shahri
|
1,985
|
2,088
|
2,227
|
2,818
|
-
|
-
|
2,887
|
2,715
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
Mintaqaviy tafovut, marta
|
5,1
|
3,9
|
10,6
|
12,6
|
3,1
|
3,3
|
9,2
|
9,9
|
Indeksga asoslangan hisob-kitoblar natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovut asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha turlicha o‘zgarmoqda. Indeks usuliga ko‘ra, respublika ko‘rsatkichi 1,000 sifatida qabul qilinadi va mintaqalar ko‘rsatkichlari shunga nisbatan taqqoslanadi.
2016-yilda kishi boshiga ishlab chiqarilgan yalpi mintaqaviy mahsulotning eng yuqori (Toshkent shahri) va eng past (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbat 3,9 martani tashkil etgan. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2010-yilda 5,1 martaga teng edi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tafovut 10,6 dan 12,8 martagacha o‘sgan va hamon yuqori darajada saqlanib turibdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda ham xuddi shunday tendensiya kuzatiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha tafovut 2010-yilda 9,2 va 2016-yilda 9,9 ga teng bo‘lgan.
Ayni vaqtda eng kichik tafovut aholi jon boshiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda kuzatiladi. Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nisbat 2010-yilda 3,1 va 2016-yilda 3,3 ni tashkil etgan.
Ko‘rinib turibdiki, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tafovutlar o‘smoqda. Shu bilan birga real sektorning asosiy ko‘rsatkichlari indeksi bo‘yicha o‘rtacha respublika darajasidan (1,000) past bo‘lgan mintaqalar soni o‘smoqda.
Chunonchi, 2016-yilda yalpi ichki mahsulot bo‘yicha bunday mintaqalar soni 11 tani tashkil etib (2010-yilda 9 ta bo‘lgan), eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tegishli – 0,577. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mintaqalar soni 9 taga teng va bu yerda eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga tegishli – 0,260.
Faqat qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘yicha bunday mintaqalar soni ozchilikni tashkil etadi, ya’ni qishloq xo‘jalik mahsuloti indeksi bo‘yicha 4 ta mintaqada respublika darajasidan past ko‘rsatkichga erishilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng past natijaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ega – 0,513.
Kapital qo‘yilmalarning viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishida ham sezilarli tafovutlar mavjud. Hozirgi kunda kapital qo‘yilmalarning asosiy qismi sanoati rivojlangan hududlarga yo‘naltirilmoqda. Xususan, 2016-yilda jami kapital mablag‘larning 21,6 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha Qorqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro viloyatlarining ham sezilarli ulushga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Jami kapital mablag‘larning 2016-yilda 61,7 foizi ushbu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu, eng avvalo, ularning neft va gaz resurslariga boy ekanligi bilan tushuntiriladi.
Ayni vaqtda respublika iqtisodiyotiga kiritilgan jami kapital qo‘yilmalarning atigi 2,5 foizi Sirdaryo va Jizzax, 2,9 foizi Xorazm, 4,0 foizi Surxondaryo va Andijon viloyatlariga yo‘naltirilgan, xolos.
Respublikamiz mintaqalari bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari va iste’mol xarajatlarini solishtirish natijalari ham mintaqaviy tafovutlarning kattaligidan dalolat beradi.
Mintaqaviy tafovutlar bo‘yicha yuqorida keltirilgan misollar alohida viloyatlarda nosog‘lom vaziyat yuzaga kelishi va buning natijasida qator mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda sezilarli darajada ortda qolishlari mumkinligidan dalolat beradi. Shu sababli O‘zbekistonda bunday tafovutlarni qisqartirish va mintaqalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar davrida to‘plangan tajriba shundan dalolat beradiki, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari o‘rtasidagi tafovutlarni faqat markazlashgan dotatsiyalar va subsidiyalar hisobidan hal etib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda ajratilgan mablag‘larning katta qismi nooqilona sarflanadi, ulardan foydalanish samaradorligi past bo‘ladi.
Shu sababli mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishda, nisbatan zaif rivojlangan mintaqalarga ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi uchun markazlashgan mablag‘lar ajratish bilan birga, joylarda bozor munosabatlari va tadbikorlikning rivojlanishi, mintaqada mavjud tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hududiy dasturlar mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish siyosatining asosiy dastaklaridan biri vazifasini o‘tamoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Hukumat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Hazorasp», «Urgut», «G‘ijduvon» va «Qo‘qon» kabi erkin iqtisodiy zonalar shaklida alohida hududlarni rivojlantirish, Xorazm va Toshkent viloyatlarida sanoat va turizmni barqaror rivojlantirish, mintaqaviy investitsiya dasturlari va boshqa maqsadli dasturlar amalga oshirildi.
Umuman olganda, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida erishilgan ijobiy o‘zgarishlar, eng avvalo, ichki iste’mol talabini rag‘batlantirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha investitsiya paketlarining amalga oshirilishi, qishloqda uy-joy qurilishining kengaytirilishi, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faollashuvi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |