Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Turmush darajasi va sifati tushunchasi



Download 1,39 Mb.
bet207/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

24.2. Turmush darajasi va sifati tushunchasi.

Turmush darajasi ko‘rsatkichlari

Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. Turmush darajasi deganda aholining zaruriy moddiy-nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi.

Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun «turmush darajasi», «xalq farovonligi», «turmush tarzi», «mehnat faoliyati sifati», «turmush sifati» kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Mazkur tushunchalar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, mamlakat aholisining hayot kechirish holatini ifodalashga xizmat qiladi.

Aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilish darajasini ifodalaydigan turmush darajasi ko‘p omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan o‘zgaruvchan jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o‘zgarib turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, ikkinchi tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) konvensiyalariga muvofiq, har bir inson o‘zi va oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik, nogironlik, bevalik holatlarida ta’minot olish huquqiga ega. Barcha huquqlar milliy konsepsiyalar asosida amalga oshiriladi.

Turmush darajasi konsepsiyasi tamoyillar va ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan g‘oyani ifodalaydi. Turmush darajasining konsepsiyasi ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish strategiyasi va yo‘nalishlari, bosqichlarini belgilab beradi va ma’lum tarixiy xarakterga ega.

O‘zbekistonda yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga javob beradigan turmush darajasi konsepsiyasini yaratishda jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan «turmush sifati» konsepsiyasining ayrim qoidalaridan foydalanilmoqda.

«Turmush sifati» konsepsiyasi inson hayoti faoliyatining iqtisodiy parametrlarini aks ettiruvchi «global ish bilan bandlik», «turmush darajasi», «mehnat faoliyati sifati» kabi konsepsiyalarning rivojlanishi asosida yuzaga kelgan. Bu konsepsiya inson jamoalarining jismoniy, aqliy va ijtimoiy barkamolligini belgilovchi shartlarni shakllantiradi.

Turmush sifati nafaqat ovqatlanish, uy-joy, ish bilan bandlik, ta’lim darajasini baholovchi obyektiv omillarni e’tiborga oladi, balki inson tomonidan o‘zining farovonligi, baxti, qoni­qishi, rohati kabi tushunchalarni subyektiv his etishini ham aks ettiradi. Masalan, sog‘liq darajasi, oilaviy munosabatlari, ishi, moddiy ahvoli, yaratuvchanlik qobiliyati va hokazolardan qoniqish hayotdan qoniqish hosil qilishning muhim komponenti bo‘lib, insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar turli-tuman bo‘lib, ular turmush darajasi konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liq.

Jahon amaliyotida integral ko‘rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi (IRI) qo‘llaniladi. «BMT taraqqiyot dasturlari» (BMTTD) mualliflari aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko‘rish davri va aholining ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o‘rtachasini hisoblab, turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar.

Insonning rivojlanish indeksi – IRI integral ko‘rsatkich bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Kutilayotgan umr uzoqligi.

2. Aholining savodliligi foizi hamda 25 va undan yuqori yoshdagilarning o‘qiganlik yillari o‘rtacha miqdori bo‘yicha aniqlanadigan aholining ma’lumot darajasi.

3. Muayyan yilda, birjadagi kurs emas, balki tegishli mamlakatlar valutalarining xarid qobiliyati bo‘yicha AQSH dollarida hisoblab chiqiladigan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot.

Aholining quyidagi to‘rtta turmush darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:

– to‘q turmush darajasi – insonning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydigan ne’matlardan foydalanish;

– normal daraja – insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to‘la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oqilona iste’mol qilish;

– kambag‘allik – mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne’matlarni iste’mol qilish;

– qashshoqlik – iste’mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne’matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan minimal turlarini iste’mol qilish.

Iste’mol budjetlari turmush darajasi indeksi va dinamikasini me’yoriy tahliliy baholash, bashoratlash va tartibga solish hamda daromadlar sohasida asoslangan siyosat ishlab chiqishning muhim vositasidir.

Turmush darajasi indeksini hisoblash uchun turmush darajasining quyidagi komponentlari jon boshiga to‘g‘ri keladigan indeksi aniqlanadi: ovqatlanish (to‘yimliligi va oqsillarga boyligi bo‘yicha), uy mulklari jamg‘armasi (solishtirma narxlarda), uy-joy (qulayliklarni qo‘shgandagi maydoni), salomatlik va sog‘liqni saqlash (umr ko‘rish davri dinamikasi, o‘lim darajasi, sog‘liqni saqlash uchun xarajatlar bo‘yicha), ta’lim va madaniyat (ma’lumot olish o‘rinlari, ta’lim va madaniyat uchun ajratiladigan xarajatlar bo‘yicha), aholiga xizmat ko‘rsatish (solishtirma narxlarda) va hokazo.

Yuqorida keltirilgan turmush darajasi ko‘rsatkichlari inson faoliyatining alohida qirralarini tavsiflaydi. Ular bir-birini to‘ldiradi.

Aholining turmush darajasi o‘zgarishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar mavjud. Makroiqtisodiy barqarorlik (beqarorlik) ko‘rsatkichlari aholi turmush darajasi o‘zgarishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish, ishsizlik darajasining pasayishi va bandlikning ta’minlanishi, inflyatsiyaning jilovlanishi va keskin oshib ketishining oldini olish, tarmoqlarning mutanosib rivojlantirilishi, savdo balansining ijobiyligi, eksport hajmining ortib borishi, budjet tanqisligining oldi olinishi, davlat ichki va tashqi qarzlarining me’yordaligini ta’minlash kabilar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlar va turmush darajasining muntazam oshib borayotganida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM o‘rtacha miqdori, xarid qobiliyati pariteti (XQP) asosida hisoblaganda, 1990-yilda 1328 dollarni, 2000- yilda 1431 dollarni, 2010-yilda esa 3271 dollarni tashkil etdi. 2010-yilda esa bu boradagi o‘sish 1990-yilga nisbatan 2,5 barobar oshdi. 2016-yil bu ko‘rsatkich 4470 dollardan oshdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida band bo‘lgan har bir kishiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi 1990-yilda 3412 AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda bu raqam o‘rtacha 7940 AQSH dollar yoki 1990-yilga nisbatan 2,3 barobardan ko‘proq bo‘ldi. 2016-yil bu ko‘rsatkich 10640 dollardan oshdi.

Aholi turmush darajasi o‘zgarishini bevosita ifodalaydigan ko‘rsatkichlar quyidagilar:

– oila iste’mol budjetining hajmi va tarkibi;

– yalpi daromadlar hajmi va tarkibi;

– yalpi iste’mol xarajatlari hajmi va tarkibi;

– oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hajmi;

– nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli hajmi;

– jamg‘arma mablag‘lar hajmi;

– ijtimoiy infratuzilmaning barqaror faoliyat ko‘rsatishi hamda rivojlanishi va boshqalar.

Aholi turmush darajasini ifodalovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich – aholi yalpi daromadlari va xarajatlari aholi turmush sifatining tarkibi o‘zgarishini aks ettiradi.

Aholi daromadlari aholining nominal pul daromadlari va real ko‘rinishdagi daromadlardan tashkil topadi. Aholi real daromadlarining oshishida asosiy omillar makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchayganligi hisoblanadi.

Aholining yalpi daromadlari pul daromadlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan daromad, mulkdan tushgan daromad, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromad, boshqa pul daromadlari hamda natural ko‘rinishdagi daromadlardan tashkil topadi.

2000  – 2016-yillar davomida O‘zbekiston aholisining real daromadlari qariyb 9 barobar oshdi. Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar ko‘rinishidagi yangi daromad turlari paydo bo‘ldi. Agar 2000 yilda yalpi daromadlarning 69,9 foizi mehnat faoliyatidan olingan daromadlar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 73,3 foizga etdi. Mol-mulkdan olingan daromadlar va shaxsiy iste‘mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning ulushlari ham mos ravishda 2,4 va 1,8 foizdan 4 va 2,4 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, transfertlarning salmog‘i bu davrda 25,9 foizdan 20,3 foizgacha pasaydi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish