Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari



Download 1,39 Mb.
bet215/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

24.5. Ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini qaror toptirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu sababli davlat ijtimoiy siyosatning ta’sirchan va samarali vositalarini qo‘llab kelmoqda.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy soha va aholi ijtimoiy muhofazasi uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobardan ziyod oshdi. Har yili Davlat budjeti xarajatlarining 60 foizdan ortig‘i ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. O‘zbekistonda har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10  –15 foizini tashkil etmoqda, dunyo amaliyotida esa bu ko‘rsatkich 3  – 5 foizdan oshmaydi.

Ijtimoiy siyosat – bu davlatning aholi turmush darajasini oshirish uchun mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish, aholining samarali bandligini ta’minlash, narx va daromadlar siyosati, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalarida amalga oshiradigan chora-tadbirlar tizimidir.

O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning huquqiy asoslari rivojlantirilgan. 1993-yil 3-sentabrda «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-sonli «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi, 1996-yil 10-dekabrdagi 437-sonli «Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari, har yili daromadlarni indeksatsiya qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonlari, «O‘zbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi» va boshqa hujjatlar shular jumlasidan.

O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda manzillilik tamoyilidan foydalanilmoqda. Bu o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordam, mahalliy va davlat budjeti mablag‘laridan muhtoj oilalarga ajratilishini samarali tashkil etish imkonini bermoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy kafolatlar mavjudligi, ijtimoiy himoya­ni amalga oshirishda oila va mahallaning asosiy bo‘g‘in sifatida e’tirof etilganligi, aholini ijtimoiy himoya qilishda aniq maqsadli yo‘naltirilgan usullardan foydalanishda namoyon bo‘ladi.

Ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlari ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot hisoblanadi.

Ijtimoiy himoya mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga va ko‘makka muhtoj fuqarolari to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligini bildiradi.

Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi farovonligining uzluksiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

– erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash;

– ish bilan bandlik, kasb tanlash, o‘qish va bilim olish, daromadlarning kafolatlanishi;

– har bir fuqaroning o‘z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo‘lishi;

– iste’molchilar jamiyatlarining faoliyati orqali iste’molchilar himoyasini ta’minlash;

– tovar va xizmatlar sifati iste’molining kafolatini ta’minlash;

– aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;

– ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Ijtimoiy ta’minot keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir. U ijtimoiy himoyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.



Ijtimoiy ta’minot to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning muhim turlaridir. Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron bolalarni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirishda yordam berish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirish, ularga shahar jamoat transportida foydalanishda, turarjoy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish ijtimoiy ta’minotda katta rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda qariyb 1,4 mln. nafar pensioner va nogironlar 18 turdagi imtiyozlardan foydalanishmoqda. Ijtimoiy ta’minot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi tomonidan boshqariladi. Bugungi kunda vazirlikning mahalliy hokimiyatlardagi boshqarmalari, tuman bo‘limlari, 40 dan oshiq muruvvat va qariyalar uylari, pansionat va sanatoriylari, 10 dan oshiq sog‘lomlashtirish markazlari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston sharoitida kam ta’minlangan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam dasturlarining samaradorligi davlat ijtimoiy yordamining aniq yo‘naltirilganligini kuchaytirish va aholining mehnatga layoqatli qismining boqimandaligiga yo‘l qo‘ymaslik orqali ta’minlanmoqda. Shuningdek, mahalla qo‘mitalari javobgarligi oshirilishi va huquqlarini kengaytirish asosida ijtimoiy yordam ko‘rsatilishining aniq manzilliligini ta’minlashga, davlatning ijtimoiy funksiyasini kuchaytirishga, ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy yordamni oila nafaqasi sifatida to‘lanishini ta’minlashga ham erishilmoqda.

Respublikamizda oila, onalik va bolalakni muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy manfaatini oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalashda ayollar, bolalar, keksalar va oilaga alohida e’tibor ko‘rsatilmoqda. Bu 1998-yil «Oila yili», 1999-yil «Ayollar yili», 2000-yil «Sog‘lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar yili», 2002-yil «Qariyalarni qadrlash yili», 2004-yil «Mehr va muruvvat yili», 2005- yil «Sihat va salomatlik yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2012-yil «Mustahkam oila yili», 2013-yil «Obod turmush yili», 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili», 2016-yil «Sog‘lom ona va bola yili», 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligida o‘z aksini topadi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish