Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet204/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Qisqacha xulosalar
1. Zamonaviy bank-kredit tizimi ssuda kapitallari bozorida faoliyat yurituvchi va pul kapitalini jalb qilish va yo‘naltirish bilan shug‘ullanuvchi turli kredit – moliya institutlari to‘plami bo‘lib, bu tizim odatda quyidagi uch bo‘g‘indan tashkil topadi: Markaziy bank, tijorat banklari va ixtisoslashgan kredit-moliya tashkilotlari.

2. Markaziy bank bank-kredit tizimining o‘zagini tashkil etadi. Markaziy bank banknotalarning emissiyasini amalga oshirish; davlat oltin-valuta zaxiralarini saqlash; boshqa kredit tashkilotlarining rezerv fondlarini saqlash, iqtisodiyotni pul-kredit dastagi yordamida tartibga solish; tijorat banklarini kreditlash; davlat muassasalariga kassa xizmatini ko‘rsatish; hisob-kitob va pul ko‘chirish amaliyotlarini yurgizish; kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish funksiyalarini bajaradi.

3. Tijorat banklari tomonidan mijozlariga taklif etilayotgan xizmatlar turi 300 dan 600 tagachani tashkil etadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga hisob varaqalarini ochish va yurgizish; hisob-kassa xizmati, pullar va pul hujjatlarini inkassatsiyalash; jamg‘armalarni foiz to‘lash bilan saqlashga qabul qilish; turli maqsadlarga kreditlar ajratish; mablag‘ egasining topshirig‘iga binoan pul mablag‘larini ishonchli boshqarish; xorij valutalarining oldi-sotdisi; qimmatli toshlar bilan amaliyotlar olib borish; hujjatlar yoki qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun maxsus xona yoki seyflarni ijaraga berish kabilar ularning asosiylaridir.

4. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda 27 ta tijorat banklarini o‘zida birlashtirgan. Shundan to‘liq davlat mulki asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq banki va «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

5. Davlat mulki ishtirokida 10 ta aksiyadorlik tijorat banklari mavjud. Ular «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki, «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki, «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki, «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki, «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki, «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki, «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki va «Asia Alliance Bank» aksiyadorlik tijorat banklari.

6. Mamlakat bank tizimidagi banklarning filiallari respublikamizning barcha hududlarida yanada kengayib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ularning soni 855 taga yetdi. Tijorat banklarining umumiy kapitali hajmi 9353 mlrd. so‘mni, shuningdek, tijorat banklaridagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari depozitlarining umumiy hajmi 44,6 trln. so‘mni tashkil etmoqda.

7. Pul-kredit siyosatining pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sishning barqarorligi, ishsizlikning past darajasi, past inflyatsiya, narxlar barqarorligi va barqaror to‘lovi balansini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bevosita (ma’muriy) va bilvosita (iqtisodiy) usullardan foydalanish mumkin.

8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy vositalari ochiq bozordagi operatsiyalar; minimal zaxira talablarini o‘rnatish; tijorat banklarini qayta moliyalashtirish miqdorlari va shartlarini belgilash kabilardan iborat.

9. O‘zbekistonda pul-kredit siyosati makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va to‘lov intizomini kuchaytirishga qaratilgan.

10. O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy xususiyatlari bank faoliyatini yanada erkinlashtirish asosida aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishda, har qanday rivojlangan iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan kichik va o‘rta biznesning erkin rivojlanishini ta’minlash uchun ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tizimini maksimal darajada soddalashtirishda va valuta munosabatlarini yanada erkinlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirishda o‘z aksini topadi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish