Karyerning hajmi, ishlab chiqarish quvvati va karyerning hisoblangan zaxirasi bo‘yicha hizmat qilish muddatini aniqlash



Download 149,47 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2022
Hajmi149,47 Kb.
#606272
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5420388507262654461


amaliy mashg‘ulot №1.
Karyerning hajmi, ishlab chiqarish quvvati va karyerning hisoblangan zaxirasi bo‘yicha hizmat qilish muddatini aniqlash.
Ishdan maqsad: Oddiy sharoitlarda karyerning hajmi, ishlab chiqarish quvvati va karyerning xisoblangan zaxirasi bo‘yicha hizmat qilish muddatini aniqlashni o‘rganish.
Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun er yuzasidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmui ochiq kon ishlari deyiladi.
O chiq kon ishlari ikkita asosiy ishlar, ya’ni qoplama jinslarni qazib olish (kon yotqizig‘i ustini ochish) va bevosita usti ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlaridan tashkil topgan. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlari majmui karyer (ko‘mir konlarida esa razrez) deyiladi. Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni, karyerning asosiy ob’ektlari uchun er yuzida ajratilgan maydon esa er ajratmasi deyiladi va uning maydoni karyer maydonidan bir necha marta katta bo‘ladi (2,1-rasm).
2,1-rasm. Karyer er ajratmasi: 1-karyer maydoni; 2 - qoplama jinslar otvali; 3-temiryo‘l stansiyasi; 4-ma’muriyat binosi; 5-maydalash-saralash fabrikasi; 6-er ajratmasining chegarasi.
K aryerda ochish ishlari vaqt va makon bo‘yicha foydali qazilmani qazib olish ishlaridan o‘zdirib bajariladi, natijada karyer maydoni pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi (2-rasm).
2,2-rasm. Karyerning vertikal qirqimda (a) va planda (b) ko‘rinishi: 1-karyerning oxirgi chegarasi; 2-karyerning ishchi bortining qiyalik tekisligi; 3-qazish pog‘onasi; 4-ishchi qoplama jins pog‘onalari; 5-ishlamaydigan qoplama jins pog‘onalari; 6- muhofaza bermalari; 7-transport bermasi; 8-ishchi maydoncha; 9 -karyer tubi; 10 - foydali qazilma; βo - karyer ishlamaydigan bortining qiyalik burchagi; (βi - karyer ishchi bortining qiyalik burchagi; Nj-karyerning joriy chuqurligi; Nox.ch - karyerning oxirgi chuqurligi.
Karyer tepasi er yuzasi bilan chegaralanadi. YOn tomonlaridagi karyerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yonbag‘iri (borti), karyerni chuqurlik bo‘yicha chegaralovchi tekislik esa, karyer asosi (tubi) deyiladi. Karyer yonbag‘rining er yuzasi bilan kesishish chizig‘i karyerning ustki chegarasi, asosi bilan kesishish chizig‘i esa ostki chegarasi deb yuritiladi. Karyer ustki va ostki chegaralari orqali o‘tkazilgan shartli tekislik karyer yonbag‘ri qiyaligi, uning gorizontal tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan burchak esa karyer yonbag‘ri qiyalik burchagi deyiladi.
Kon qazish ishlari olib boriladigan karyer yonbag‘ri ishchi yonbag‘ir, (borti) faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbag‘ir esa ishlamaydigan yonbag‘ir deb yuritiladi. Karyer asosi (tubi) bilan usti o‘rtasidagi o‘rtacha masofa karyer chuqurligini tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon yotqizig‘i va qoplama jinslar gorizontal qatlamlarga ajratib qazib olinadi. Bunda ustki qatlamni ostki qatlamdan o‘zdirib qaziladi. SHu sababli karyer yonbag‘ri pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi (2,2-rasmga qarang). Pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan har bir jins yoki foydali qazilma qatlami pog‘ona deb ataladi.
Karyer maydonidan qazib olinadigan kon massasi hajmi, karyer chuqurligi, karyer tubi o‘lchamlari, yonbag‘ir qiyalik burchagi, karyer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi, qoplama jinslar hajmi, karyerning er yuzi bo‘yicha o‘lchamlari kabi ko‘rsatkichlar karyerning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Karyer hajmi va o‘lchamlari, foydali qazilma zaxirasi va o‘rtacha qoplanish koeffitsientini hisoblashni bajaring.
Ishni bajarish tartibi.
2.1. Yuza relefi tekis bo‘lganda va yotqiziqning tushishi qiya yoki tik bo‘lganda karyerning hajmi alohida geometrik figuralarning yig‘indisidek aniqlash mumkin (2.1 rasm):
Vk=V1+V2+V3 (2.1)
bu erda: Vk - karyer hajmi, m3
V1 – asosi S= bo‘lgan prizma hajmi, m3;
- karyer tubi yuzasi, m2;
- uyumning yotishi bo‘yicha uzunligi, m;
- uyumning gorizontal qalinligi, m;
V1= (2.2)
bu erda: – karyer chuqurligi, m;
V2 - hajmning to‘rt tomoniga jipslashib to‘rgan prizmaning
uchburchak kesimining yig‘indi hajmi, m3;
(2.3)
bu erda: R - uyumning perimetri (karyer tubi) R=2(L+M) , m.
V3 – karyerning burchakdagi uchastkalarida joylashgan, alohida
qismlarga bo‘lingan konusning yig‘ma hajmi, (V3´ va V3´´), m3.
= (2.4)
bu erda: sr - karyerning ish olib borilmaydigan bortining o‘rtacha qiyalik burchagi grad.

Download 149,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish