Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet132/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

15-mAVZU. XIZMATLAR SOHASI

Reja:

15.1. Xizmatlar tushunchasi va xizmatlar sohasining tavsifi

15.2. O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanish  ko‘rsatkichlari

15.3. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish siyosati

Xizmatlar sohasi milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bozor munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan xizmatlar sektori taraqqiyotiga bog‘liq. Xizmatlar iqtisodiyotining shakllanganligi bozor munosabatlarining qaror topganligini bildiruvchi muhim belgilardan biridir.

Ilgari xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining ichki tarkibiy bo‘lagi hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunda xizmatlar sohasi mustaqil sektor sifatida iqtisodiy yuksalishga faol salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu mazkur sohada ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada rivojlanayotganligini ham bildiradi.

Xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va roli bir tomondan, bu sektorning YIMdagi ulushi bilan o‘lchansa, ikkinchi tomondan, bu sohada iqtisodiy o‘sishning muhim omillari – ilmiy-innovatsion bilimlar, nomoddiy jamg‘arish, axborot texnologiyalari mujassamlashgan.

Zamonaviy jamiyatning xizmat turlari va miqyosiga bo‘lgan ehtiyojini bundan 30  –  40 yil avvalgi jamiyat ehtiyojlari bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Xizmatlar turlarining ko‘pligi ilmiy-texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligining oshishi, bo‘sh vaqtning ko‘payishi natijasidir.

Rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning 70  –  75 foizini xizmatlar sektori tashkil etadi. Industrial iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar iqtisodiyoti doimo garmonik rivojlanadi. Chunki xizmatlar iqtisodiyotida moddiy ishlab chiqarish, muomala-ayirboshlash jarayoni va xizmatlar oqimi bir butunlikka aylanadi.

Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning shunday tarmog‘iki, unda ishlab chiqarilgan xizmatlar yaratilish jarayonining o‘zida iste’mol qilinadi, foydali samaraga shu zahotiyoq erishiladi. Xizmatlar tovarning shunday bir shakliki, unda ishlab chiqarish, taqdim etish va iste’mol qilish bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi.

Xizmatlarning turli-tumanligi sababli xizmatlar tushunchasini ta’riflash, xizmatlar sohasini tavsiflash va tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud.

Xizmatlar – bu nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan, ta’minotchi tomonidan iste’molchiga ko‘rsatiladigan muayyan faoliyat natijasidir. Xizmatlarni jamg‘arib bo‘lmaydi, ularning doimiy o‘zgarmaydigan sifatini ta’minlash qiyin, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchidan ajralgan holda u yuzaga chiqmaydi.

Ko‘pincha xizmatlarni aholiga xizmat ko‘rsatish bilan cheklab qo‘yish hollari ham uchrab turadi. Bu xizmatlar tushunchasini tor ma’noda tushunish hisoblanadi.

Iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qiladi. Aholi esa xizmatlarni yakuniy iste’mol qiladi.

Aholi va korxonalar xizmatlarini iste’mol qilish darajasi ortib borishi iqtisodiyotda xizmatlar sektorining roli va o‘rni kuchayayotganligini bildiradi. Xizmatlarning ahamiyati ularning aholi uchun muayyan iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratib berish imkoniyatlari o‘zgarayotganligi bilan ham baholanadi.

Xizmatlar sohasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:

1. Moddiy xizmatlar ishlab chiqarish – transport, savdo va umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal, maishiy xizmatlar va boshqalar.

2. Nomoddiy xizmatlar ishlab chiqarish – boshqaruv, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, san’at, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, audit, sug‘urtalash, moliyaviy xizmatlar va boshqalar.

Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar esa o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Moddiy xizmatlar.

2. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar.

Moddiy xizmatlar iste’molchilarning moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlardir. Ularga uy-joy va kommunal xizmatlari, buyumlarni yasash va ta’mirlash ishlari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport xizmatlari kiradi.

Ijtimoiy-madaniy xizmatlar nomoddiy xizmatlar hisoblanadi. Ular iste’molchining ma’naviy, intellektual ehtiyojlarini, ularning me’yordagi turmush kechirishini ta’minlashga yo‘naltirilgan xizmatlar bo‘lib, tibbiy xizmatlar, madaniyat, turizm va ta’lim xizmatlari shular jumlasidandir.

Postindustrial jamiyatlar xizmatlar ustun rivojlangan jamiyatlar hisoblanadi. Bu sohada iqtisodiyotda band aholining 65  – 75 foizi mehnat qiladi. Bu mamlakatlarda xizmatlar sektori quyidagicha tasniflanadi: umumiy ovqatlanish, moliyaviy xizmatlar, axborot xizmatlari (AT-konsalting), uy-joy va kommunal xizmatlari, maishiy xizmatlar, ijara xizmatlari, turizm xizmatlari, yuridik xizmatlar, mehmonxona xizmatlari, qo‘riqlash xizmatlari, tarjima xizmatlari, savdo xizmatlari, transport xizmatlari, ko‘ngil ochish xizmatlari, tibbiy xizmatlar, muhandislik-qurilish xizmatlari, sartaroshxona xizmatlari, transportlarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’lim xizmatlari, raqamli va maishiy texnikaga xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish xizmatlari va boshqalar.

Boshqa bir tasnifga ko‘ra, xizmatlar sektoriga quyidagilar kiritiladi:

– savdo (ulgurji va chakana);

– ovqatlanish va istiqomat qilishni ta’minlash xizmatlari (mehmonxona, restoran, oshxona va boshqalar);

– transport xizmatlari;

– aloqa va axborot sohasida xizmat ko‘rsatish;

– moddiy-texnika resurslari ta’minoti, ularni tayyorlash va saqlash xizmatlari;

– bozorning amal qilishini ta’minlaydigan kredit, moliya va sug‘urta, ko‘chmas mulk operatsiyalari va boshqa xizmatlar;

– ta’lim, madaniyat va san’at;

– fan va ilmiy xizmatlar;

– sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport;

– uy-joy xo‘jaligiga ko‘rsatiladigan xizmatlar (uy-joy xo‘jaligini saqlash va ta’mirlash, maishiy va kommunal xizmatlar);

– kishilarning o‘ziga ko‘rsatiladigan shaxsiy xarakterdagi xizmatlar (nomoddiy maishiy xizmatlar, sartaroshxona, atelye, fotoatelye, poyabzal tozalash va boshqalar);

– davlat boshqaruvi xizmatlari.

Xizmatlar sohasi rivojlanishining muhim bir obyektiv asosi shuki, ular eng kam xarajatlar evaziga amalga oshiriladi va sarf-xarajatlar qisqa vaqtda o‘zini qoplaydi.

Quyidagilar xizmatlar sohasi tez rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlari hisoblanadi:

1. Yuqori daromadlilik va likvidlilik; xizmatlar ularni ishlab chiqarish jarayonining o‘zida iste’mol qilinadi.

2. Xizmatlarda material sig‘imining nisbatan kamligi.

3. Ko‘rsatilgan xizmatlarga qisqa vaqtda haq olinishi va haq to‘lanishi.

O‘zbekistonda xizmatlar sohasi quyidagi turlarga ajratilgan: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterli dasturlash xizmati, moliyaviy (bank, sug‘urta va moliyaviy lizing xizmatlari) transport, qurilish, texnologik uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, savdo va ovqatlanish xizmatlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari, turistik, maishiy va boshqa xizmatlar.

Aholiga pulli xizmat ko‘rsatish statistikasida xizmatlarning quyidagi asosiy turlari ajratib ko‘rsatilgan:

– maishiy xizmat;

– transport xizmati;

– aloqa xizmati;

– uy-joy va kommunal xizmatlari;

– xalq ta’limi sohasi xizmatlari;

– madaniyat xizmatlari;

– ekskursiya va sayohatlar;

– jismoniy tarbiya va sport;

– sog‘liqni saqlash xizmatlari;

– sanatoriya-kurort va sog‘lomlashtirish;

– huquqiy xarakterdagi va bank muassasalari xizmati;

– boshqa xizmatlar.

Mamlakatimizda bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi firmalar, tadbirkorlar va tashkilotlar soni tez ko‘payib bordi. Bu xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaratib, xizmatlar sifatiga bo‘lgan talabni ham kuchaytirdi. Hozirgi kunda marketing va reklama, muhandislik-qurilish xizmatlari, sug‘urta, lizing operatsiyalari, buxgalteriya va auditorlik xizmatlari tez ommalashib borayapti. Yuridik, buxgalteriya, psixologik, ta’lim, axborot-texnologiyalari xizmatlarining ahamiyati ham ortmoqda.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish