Inkorni inkor
qonuni
Inkorni inkor qonuni
- dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur
taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel
rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va
qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi
mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor"
taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obʼyektiv harakteri shundaki, u har
bir narsa va hodisaning oʻz ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday
yemirilish va yoʻq boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin boʻlib xizmat
qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor)
ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi
va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud boʻlgan narsa va hodi-
sa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va
hodisalarning oʻzi ham sharoitning oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik inkor etilishga
mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni hami-sha ikki yoki undan
koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi halqasida,
ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi baʼzi belgilari qayta tiklanadi (don — oʻsimlik
va yana don). Boshlangʻich shaklni inkor qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qoʻshaloq
inkor mazkur boshlangʻich shakldagi baʼzi tomonlarga xos belgilarning qayta tiklanishiga olib
keladi.
Soʻnggi tahrir 22 kun avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb taʼriflash
mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot toʻgʻri chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega
boʻlib, bu doirada oxirgi nuqta boshlangʻich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori
asosda sodir boʻlishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega boʻladi. Bu buramaning har
bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu maʼnoda ta-raqqiyotning
dialektik nazariyasida "buramasimon" soʻzi ishlatiladi.
Koʻpincha inkorni inkor jarayonini "tezis" (taraqqiyotning boshlangʻich nuqtasi), "antitezis"
(birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu
uchlikda deb tushuntiradilar.
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab boruvchi rivojlanish sodir
boʻladi.
[1]
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Inkorni_inkor_qonuni&oldid=
2842706
" dan olindi
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |