Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet140/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

16-Mavzu.INVESTITSIYaLAR

REJA

16.1. Investitsiyalarning mohiyati va tasniflanishi

16.2. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy- huquqiy asoslari

16.3. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar dinamikasi va tarkibi

16.4. O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashning muhim omillaridan biri – asosiy kapitalning eskirgan qismini yangisi bilan almashtirish, ularni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ishlab chiqarish vositalarini ishga tushirish, ishlab chiqarishga yangi boshqaruv usullarini joriy etish hisoblanadi. Buning uchun investitsiyalar talab etiladi. Investitsiya faoliyatining uzluksiz va samarali rivojlanishi milliy iqtisodiyot barqaror faoliyat ko‘rsatishining zaruriy sharti hisoblanadi. Investitsiyalardan foydalanish miqyosi, tarkibi va samaradorligi ko‘p jihatdan milliy xo‘jalikning holati, istiqboli va raqobatbardoshligini belgilab beradi.

Investitsiya jarayoni tabiatini o‘rganish uchun «investitsiya» atamasining mohiyatini tushunib olish lozim. U lotin tilidagi «Invest» so‘zidan kelib chiqib, «mablag‘ kiritish», «mablag‘larni joylashtirish» ma’nosini bildiradi. Milliy iqtisodiyotning real sektorida investitsiya faolligini kuchaytirish sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va boshqa o‘zak tarmoqlarning ishlab chiqarish salohiyatini yangilashda muhim rol o‘ynaydi.

Investitsiyalar – foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlari va boshqa faoliyat turlariga kiritiladigan pul mablag‘lari, maqsadli bank qo‘yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan tovar belgisi, kreditlar, boshqa har qanday mulk yoki mulkiy huquq, intellektual boyliklardir.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar, birinchidan, dastlab avans sifatida kiritilgan qiymatning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik faoliyatiga kapital kiritishni, ikkinchidan, turli loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati qatnashchilari o‘rtasida yuzaga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi.

Investitsiyalarga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat:

– investitsiyalar potensial daromad keltirish qobiliyatiga ega;

– investitsiyalash jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlar jamg‘armalarining boshqa muqobil aktivlarga aylanishi bilan bog‘liq;

– investitsiyalash jarayonida moliyaviy resurslarning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi va bu moliyaviy resurslar bir-biridan talab, taklif va ularni jalb etish narxlari bo‘yicha farq qiladi;

– kapitalni aktivlarning turli ko‘rinishlariga kiritish maqsadli va muddatli xarakterga ega bo‘ladi;

– kapital kiritish muayyan darajada tavakkalchilik bilan bog‘liq va h.k.

Tadbirkorlik obyektlari yoki boshqa faoliyat turlariga kiritiladigan investitsiyalar pul va moddiy-buyum shaklida amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarni hisobga olish, tahlil qilish, rejalashtirish hamda nazorat qilish uchun ular turli belgilariga ko‘ra tasniflashtiriladi. Xususan, mablag‘larni kiritish obyektiga ko‘ra investitsiyalar ikki turga ajratiladi: moliyaviy va real investitsiyalar.

Moliyaviy investitsiyalar – mablag‘larni moliyaviy aktivlarga kiritishdir. Ular aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ kiritishni o‘zida mujassam etadi. Moliyaviy investitsiyalarning shakllanishi alohida sektorlar va institutsional birliklar o‘rtasida moliyaviy mablag‘larning qayta taqsimlanishi va shundan kelib chiqqan holda ular o‘rtasida o‘zaro talablar va majburiyatlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Moliyaviy investitsiyalarning maqsadli ishlatilishi aniq bir yo‘nalishga ega emas. Ular kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha manbayi ham, qimmatli qog‘ozlar bozorida birja o‘yinlarining predmeti ham bo‘lishi mumkin.

Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar shaklidagi investitsiyalar deganda davlat qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari), boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlari va Nizom kapitaliga kiritilgan mablag‘lar, shuningdek, mamlakat ichkarisida va xorijda korxonalarga taqdim etilgan qarz mablag‘lari tushuniladi.

Real investitsiyalar deganda barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag‘lar tushuniladi. Moddiy investitsiyalar asosiy kapital elementlarini barpo etish va sotib olishga sarflanadi. Odatda, ular investitsiya loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy ne’matlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, unda kapital mablag‘lar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI), yangi mahsulotlarning sanoat namunasini yaratishga kiritiladi. Ko‘pincha, ITTKIni o‘tkazish bilan bog‘liq nomoddiy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar innovatsion investitsiyalarning mustaqil guruhi sifatida ajratiladi. Kadrlarning bilim darajasini oshirish uchun amalga oshirilayotgan barcha kapital qo‘yilmalar esa intellektual investitsiyalar guruhiga kiritiladi.

Investitsiyalash jarayonida ishtirok etish xarakteriga ko‘ra investitsiyalar bevosita va bilvosita investitsiyalarga bo‘linadi.

Bevosita investitsiyalarda investor investitsiyalash obyektini tanlash va mablag‘lar kiritishda bevosita ishtirok etadi. Ularni odatda investitsiya obyekti to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega, investitsiyalash mexanizmi bilan yaqindan tanish, shuningdek, bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikka ega investorlar amalga oshiradilar. Bilvosita investitsiyalar investitsion yoki boshqa moliyaviy vositachilar orqali amalga oshiriladi. Ular bo‘sh mablag‘larni to‘playdilar va investorlar manfaatlarini hisobga olib, mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlaydilar. Ko‘p hollarda bilvosita investitsiyalar anderrayting shaklida amalga oshiriladi.

Anderrayting – moliyaviy vositachi tomonidan yangi emission qimmatli qog‘ozlarning keyinchalik kichik partiyalar bilan investorlarga sotish maqsadida sotib olinishidir.

Investitsiyalash muddatiga ko‘ra investitsiyalar qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‘linadi.

Qisqa muddatli investitsiyalar bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kapital kiritishdir. Masalan, qisqa muddatli depozit qo‘yilmalari, qisqa muddatli jamg‘arma sertifikatlarini sotib olish va h.k. Uzoq muddatli investitsiyalar uzoq muddatli foydalanish ko‘zda tutilgan aktivlarni barpo etish, ularni kengaytirish va sotib olishga sarflangan kapital mablag‘lardir.

Mulk shakliga ko‘ra investitsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: xususiy, davlat, xorijiy va qo‘shma investitsiyalar.

Xususiy investitsiyalar fuqarolar hamda mulkchilikning nodavlat xo‘jalik yuritish subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalardir. Davlat investitsiyalari – markaziy, mintaqaviy hamda mahalliy hukumat va boshqaruv organlarining budjet, budjetdan tashqari fondlar hamda qarz mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradigan qo‘yilmalaridir.

Xorijiy investitsiyalar daromad olish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga xorijiy investorlar tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar majmuasi bo‘lib, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlar sifatida qatnashishi mumkin. Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri, portfel va boshqa turlari mavjud.

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xalqaro investitsiya faoliyatining muhim toifasi bo‘lib, bir mamlakat xo‘jalik yuritish birligining boshqa mamlakatdagi korxonaga barqaror ta’sir o‘tkazishga intilishini o‘zida aks ettiradi. Barqaror ta’sir o‘tkazish deganda bevosita investor va mahalliy korxona o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, ushbu korxonani boshqarishda investorning sezilarli roli tushuniladi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar Nizom kapitaliga badal, kreditlar va boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalash korxonasi korporativ va nokorporativ birlik sifatida aniqlanadi. Unda investorga kamida 10 foiz oddiy aksiya yoki aksionerlar ovozi (korporativ korxonalar uchun), yoki shunday ishtirokning ekvivalenti (nokorporativ korxonalar uchun) tegishli bo‘ladi.

Portfel xorijiy investitsiyalar deganda investitsiyalarning aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilishi tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga aksiyalardan tashqari obligatsiyalar, bonlar, veksellar, depozit sertifikatlari, bank akseptlari va qarz yozilmalari kiradi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarni bir-biridan ajratish uchun amaliyotda quyidagi mezondan foydalaniladi: agar investor 10 va undan ortiq foiz oddiy aksiyalarga ega bo‘lsa, bunday investitsiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisoblanadi.

Boshqa xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalar jumlasiga kirmaydigan investitsiya turlari kiradi. Masalan, savdo kreditlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olinadigan kreditlar, bank qo‘yilmalari va boshqalar.

Mintaqaviy belgisiga ko‘ra investitsiyalar mamlakat ichkarisidagi va xorijdagi investitsiyalarga bo‘linadi.

Mamlakat ichkarisidagi (ichki) investitsiyalar deganda mamlakat hududida joylashgan obyektlarga investitsiya mablag‘larining kiritilishi tushunilsa, xorijdagi investitsiyalar (tashqi) mamlakat hududidan tashqarida joylashgan obyektlarga investitsiyalarni joylashtirishni o‘zida ifoda etadi.

Yuqorida keltirilgan tasniflashtirish investitsiyalarning eng muhim belgilarini o‘zida aks ettirib, zaruriyat tug‘ilganda yanada aniqlashtirilishi va ilmiy tadqiqot, tadbirkorlik maqsadlaridan kelib chiqqan holda yanada kengaytirilishi mumkin.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish