O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi, %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar - jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Markazlashgan investitsiyalar
|
50,3
|
23,1
|
18,5
|
20,6
|
21,1
|
Respublika byudjeti
|
29,2
|
12,3
|
7,4
|
4,5
|
4,5
|
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi mablag‘lari
|
-
|
-
|
0,4
|
-
|
-
|
Bolalar sportini rivojlantirish fondi mablag‘lari
|
-
|
-
|
-
|
0,7
|
0,6
|
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari
|
1,3
|
4,8
|
3,2
|
-
|
-
|
Davlat maqsadli fondlari mablag‘lari
|
-
|
-
|
-
|
5,8
|
4,8
|
Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘lari
|
-
|
-
|
3,8
|
4,4
|
4,7
|
Hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar
|
19,8
|
6,0
|
3,7
|
5,2
|
6,5
|
Markazlashmagan investitsiyalar
|
49,7
|
77
|
81,5
|
79,4
|
78,9
|
Korxona mablag‘lari
|
27,1
|
46,1
|
31,5
|
32,0
|
30,3
|
Aholi mablag‘lari
|
12,0
|
11,4
|
15,8
|
20,9
|
22,7
|
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar
|
3,4
|
15,7
|
25,1
|
14,7
|
14,8
|
Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari
|
7,2
|
3,8
|
9,1
|
11,8
|
11,1
|
Ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish yo‘nalishidagi soliq-budjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, to‘lov intizomining mustahkamlanishi, xususiylashtirish jarayonlarining kuchayishi korxonalar va aholining investitsiya faolligining oshishiga olib keldi. Buning natijasi o‘laroq, 2000-yilda jami investitsiyalarning 27,1 foizi korxona mablag‘lari, 12 foizi aholi mablag‘lari hisobiga shakllangan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda 30,3 va 22,7 foizni tashkil etdi.
2016-yilda korxonalar mablag‘lari hisobiga amalga ohirilgan investitsiyalar hajmi 2015 yilga nisbatan 1,6 foizga o‘sib, 15092,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumki, investitsiyalarni keng ko‘lamda iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga yo‘naltirishda tijorat banklarining alohida o‘rni bor. 2016-yilda tijorat banklari kreditlari va boshqa kredit mablag‘larining jami investitsiyalardagi ulushi 11,1 foizni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2000-yilda 7,2 foizga teng bo‘lgan. 2016-yilda ular tomonidan 5523,9 mlrd. so‘m yoki 2014 yilga nisbatan 0,8 foiz ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida garchi xorijiy investitsiya va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi 2000-yilda 23,2 foizdan 2016-yilda 21,3 foizgacha pasaygan bo‘lsa-da, bevosita xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 3,8 foizdan 14,8 foizgacha o‘sdi. Ayni vaqtda hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi 2000 yilda 19,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 6,5 foizgacha pasaydi. Bu ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning yuqori samara berayotganligidan, ayni vaqtda xorijiy investorlarda O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ishonch ortib borayotganligidan dalolat beradi.
So‘nggi yillarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishi jami investitsiyalar hajmida ishlab chiqarish tarmoqlari ulushining o‘sayotganligida o‘z aksini topmoqda. Agar 2000-yilda jami investitsiyalarning 57,4 foizi ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 63,1 foizga yetdi. Noishlab chiqarish tarmoqlarining ulushi esa mos ravishda 42,6 foizdan 36,9 foizgacha pasaydi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |