(jamiga nisbatan %da)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2014
|
2015
|
2016
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
I. Ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha
|
57,4
|
67,8
|
72,5
|
66,5
|
63,7
|
63,1
|
Sanoat
|
29,7
|
32,6
|
30,4
|
32,7
|
36,1
|
32,5
|
Qishloq xo‘jaligi
|
5,7
|
4,4
|
3,5
|
4,3
|
3,3
|
3,3
|
Qurilish
|
0,5
|
0,9
|
1,4
|
1,9
|
2,5
|
1,9
|
Transport va aloqa
|
16,8
|
24,1
|
29,7
|
14,3
|
11,4
|
13,8
|
Boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari
|
4,7
|
5,8
|
7,5
|
13,3
|
10,4
|
11,6
|
II. Noishlab chiqarish tarmoqlari
|
42,6
|
32,2
|
27,5
|
33,5
|
36,3
|
36,9
|
Uy-joy xo‘jaligi
|
13,0
|
11,0
|
15,1
|
21,2
|
21,9
|
22,3
|
Kommunal xo‘jaligi
|
4,7
|
3,1
|
1,9
|
2,4
|
3,9
|
4,2
|
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot muassasalari
|
2,4
|
2,4
|
2,3
|
3,3
|
2,3
|
2,3
|
Ta’lim
|
14,0
|
11,2
|
2,7
|
2,4
|
2,3
|
2,7
|
Boshqa noishlab chiqarish tarmoqlari
|
8,5
|
4,5
|
5,5
|
4,2
|
5,9
|
5,4
|
Ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning katta qismi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Agar 2000-yilda jami investitsiyalarning 29,7 foizi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 32,5 foizni tashkil etdi. Sanoat tarmoqlari orasida yoqilg‘i-energetika sanoati yetakchi o‘rinni egallaydi. Xususan, 2016-yilda jami investitsiyalarning 16,3 foizi, sanoat ishlab chiqarishiga sarflangan investitsiyalarning 51,8 foizi yoqilg‘i-energetika hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuninglek, metallurgiya (2016-yilda jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 1,5 foizi), yengil sanoat (1,8 foiz), oziq-ovqat (1,8 foiz), kimyo va neft kimyosi (3,0 foiz) sanoatiga ham yirik miqdorda investitsiya mablag‘lari kiritildi. Ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar orasida transport va aloqa o‘ziga xos muhim o‘rin egallaydi. Agar 2000-yilda jami investitsiyalarning 16,8 foizi ushbu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 13,8 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligining jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 5,7 foizdan 3,3 foizgacha qisqardi. Bu qisqarish infratuzilma obyektlari va donli ekinlar ishlab chiqarishga sarflanadigan investitsiya mablag‘lari hajmining qisqarishi bilan bog‘liq.
Noishlab chiqarish sohasida uy-joy xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. 2009-yildan qishloq hududlarida aholi uchun namunali uy-joylar qurilishiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganligi munosabati bilan har yili uy-joylar qurilishi uchun davlat mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, aholi mablag‘lari hisobiga investitsiyalar hajmi o‘sib bormoqda. Bu esa aholining uy-joy bilan ta‘minlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda, yashash sharoitlarining yaxshilanishiga olib kelmoqda. Xususan, 2016-yilda uy-joy qurilishi uchun turli manbalar hisobidan 11126,7 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Bu shundan dalolat beradiki, noishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilgan jami investitsiya mablag‘larining 60,4 foizi uy-joy qurilishi hisobiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning turlari bo‘yicha tarkibi (%)
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
Turar joy
|
11,0
|
15,1
|
20,3
|
22,4
|
Bino (turar joydan tashqari) va inshootlar
|
40,0
|
39,1
|
31,1
|
32,8
|
Mashina, uskuna, transport vositalari
|
40,0
|
40,0
|
39,8
|
38,3
|
Boshqa kapital ishlar va
xarajatlar
|
9,0
|
5,8
|
8,8
|
6,5
|
Investitsiya jarayonini tartibga solish mexanizmi sifatida Investitsiya dasturining amalga oshirilishi yangi qurilish obyektlari hajmining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi. 2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi, ya’ni jami investitsiyalarning 55,2 foizi bino va inshootlar qurilishiga yo‘naltirildi hamda 2005 yilga nisbatan 4,2 foiz nuqtasiga o‘sdi. Ayni vaqtda so‘nggi yillarda asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi hisoblangan mashina, uskuna va transport vositalari sotib olishga xarajatlar birmuncha kamaydi. Agar 2005 va 2010 yillarda jami investitsiyalarning 40 foizi asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga sarflangan bo‘lsa, 2015 va 2016 yillarda bu ko‘rsatkich muvofiq ravishda 39,8 va 38,3 foizga teng bo‘ldi.
Ta‘kidlash lozimki, investitsiya siyosatining muhim yo‘nalishi asosiy fondlar faol qismi eskirish darajasining pasayishiga erishish hisoblanadi. Bu esa mashina, uskuna va transport vositalariga investitsiya hajmini oshirishni talab etadi. Shu sababli mashina va uskunalar sotib olishda lizing munosabatlarini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi, % (kichik biznes subyektlari hisobga olinmagan)
Do'stlaringiz bilan baham: |