Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining o‘rni



Download 1,39 Mb.
bet90/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

10.2. Milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining o‘rni
Qishloq xo‘jaligi agrosanoat majmuasining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Dunyoning barcha mamlakatlarida, u xoh rivojlangan davlat, xoh taraqqiy topayotgan bo‘lsin, qishloq xo‘jaligi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi, cheklangan yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tarmoq sifatida qabul qilinadi.

O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning tayanch sohalaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoqda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari, mulkchilik munosabatlari, xo‘jalik yuritish shakllarining barqarorligi, qishloq infratuzilmasining keskin takomillashuvi jihatidan o‘zining qamrovi, sifat ko‘rsatkichlari bilan MDH davlatlarida ilg‘or hisoblanadi.

Davlatning agrar siyosati qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish orqali mamlakat aholisini yetarli miqdorda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Qishloq xo‘jaligining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va roli har xil. Yuqori sanoatlashgan mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabilar yalpi ichki mahsulotida qishloq xo‘jaligining ulushi 2 – 3 foiz atrofida bo‘lishi bu davlatlarda sohaning ahamiyatini pasaytirmaydi. Chunki har qanday davlat, avvalo, aholisining oziq-ovqat ta’minoti masalasini o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib hal etishga harakat qiladi. Shu sababli qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan moliyalashtiriladi, zarur hollarda milliy ishlab chiqaruvchilar tashqi raqobatchilardan himoya qilinadi, ichki bozorga olib kirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yuqori talablar qo‘yiladi, cheklovlar joriy etiladi.

Qishloq xo‘jaligining milliy iqtisodiyotdagi roliga baho berishda ko‘plab iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar:

– qishloq xo‘jaligining YIMdagi ulushining o‘zgarishi;

– qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni;

– jami bandlikda qishloq xo‘jaligi ulushining o‘zgarishi;

– o‘tgan yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘sish sur’ati;

– bazis yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘sish sur’ati;

– qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni, yil oxiriga, ming ga;

– qishloq xo‘jaligining asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardagi ulushining o‘zgarib borishi, %;

– qishloq xo‘jaligi mahsulotining xo‘jalik yuritish subyektlariga ko‘ra tuzilishi, %;

– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;

– dehqonchilik mahsulotlari hosildorligining o‘zgarishi;

– ekin maydonlari tarkibining o‘zgarishi va boshqalar.

Quyidagi jadval ma’lumotlari qishloq xo‘jaligining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va roli ijobiy o‘zgarayotganligini tavsiflamoqda. Jumladan, 2000  – 2016-yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi keskin pasayib bordi. Bu o‘zgarish ijobiy baholanadi. Agar bu ko‘rsatkich 2000-yilda 30,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005-yilga kelib 26,3 foizdan iborat bo‘ldi. 2016-yilda faqatgina 17,6 foizni tashkil etdi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish