Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet88/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

10-Mavzu. AGROSANOAT MAJMUASI

Reja:

10.1. Agrosanoat majmuasining tarkibiy tuzilishi

10.2. Milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining o‘rni

10.3. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishining tavsifi

10.4. Davlat agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Agrosanoat majmuasi milliy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi xomashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’moli tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan tarmoqlar, korxonalar, faoliyat turlari majmuasi hisoblanadi. Agrosanoat majmuasining muhim strategik ahamiyati shundan iboratki, majmua mamlakat aholisini uzluksiz ravishda, sifatli va yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Agrosanoat majmuasi murakkab va ko‘p tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega. Chunki aynan mana shu tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotlar agrosanoat majmuasi korxonalarida qayta ishlanadi, tashiladi, saqlanadi va iste’molga olib chiqiladi. Agrosanoat majmuasi yirik uch sohani o‘z ichiga oladi:

1. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, meliorativ va suv xo‘jaligi obyektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri bo‘yicha korxonalar, mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiologiya sanoati, turli qishloq xo‘jaligi uchun idishlar (tara) tayyorlash va boshqalar.

2. Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi.

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlar – tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar.

Agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradigan har bir tarmoq ichida ishlab chiqarish rivojining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega. Bular yo‘l-transport xo‘jaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona elevator xo‘jaligi, ulgurji va taqsimot bazalaridir.

Agrosanoat majmuasi tarkibiga, shuningdek, fan, ilmiy-texnika taraqqiyoti masalalari bilan shug‘ullanadigan hamda innovatsion faoliyat olib borayotgan institutlar, laboratoriyalar, ITTKI markazlari, muassasalari kiradi. Bu muassasalar dehqonchilik va chorvachilikda mehnat unumdorligini oshirish maqsadida fan va ilmiy-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish muammolari bilan shug‘ullanadi. Xususan, yangi o‘simlik navlarini yaratish, yangi zotlarni yaratish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi samarali kurash, zamonaviy agromelioratsiya usullarini joriy etish, texnologik jarayonlarni yo‘lga qo‘yish, tuproq hosildorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston agrosanoat majmuasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi qayta ishlaydigan sohalar – un-yorma, yog‘-moy, go‘sht, sut, meva-konserva, vinochilik hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlaydigan sohalar – non, makaron, konditer, paxta moyi, go‘sht-sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari ishlab chiqarish sohalaridir. Bu ikki yo‘nalish birgalikda oziq-ovqat sanoatini tashkil etadi.

Texnika ekinlarini birlamchi qayta ishlash, ya’ni paxta, lub ekinlari, tamaki ishlab chiqarish va ikkilamchi qayta ishlash, ya’ni ip-gazlama, to‘qimachilik, lub tolalari, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari yengil sanoatni tashkil etadi. Agrosanoat majmuasida paxtasanoat majmuasi, meva-sabzavot majmuasi, chorvachilik majmuasi hamda don ishlab chiqarish majmuasining ahamiyati yuqori hisoblanadi.





Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish