O‘zbekiston agrosanoat majmuasining
tarkibiy tuzilishi
Agrosanoat majmuasi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste‘molchiga etkazib beruvchi soha
Qishloq xo‘jaligi
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sohasi
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati, omuxta em ishlab chiqarish sanoati, mikrobiologiya va boshqalar
Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, baliqchilik, pillachilik, asalarichilik
Don mahsulotlari sanoati, paxta sanoati, yog‘-moy sanoati, go‘sht, sut sanoati, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, mahsulotlarni iste‘molchilarga etkazib beruvchi tarmoqlar
O‘zbekiston iqtisodiyotida agrosanoat majmuasi hissasiga yalpi ichki mahsulotning qariyb 30,0 foizi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 30 foiziga yaqini, iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining deyarli 35 foizi to‘g‘ri keladi.
Agrosanoat majmuasi shakllanish jarayoni obyektiv va tadrijiy hodisadir. Bu jarayon agrosanoat integratsiyasi orqali kechadi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarining iqtisodiy-moliyaviy, fan-texnika, ilmiy texnika, texnologiya va boshqa xo‘jalik imkoniyatlarini birlashtirishi natijasida ishlab chiqarish va mehnatning umumlashuvi integratsiya jarayonini yuzaga chiqaradi. Bunda ishlab chiqarishni tashkil etishda kooperatsiya va kombinatsiya usulidan foydalaniladi. So‘nggi yillarda fermer xo‘jaliklarining rivojlanib, ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi korxonalariga – agrofirmalarga aylanishi tendensiyasi agrosanoat integratsiyasining tobora chuqurlashib, zamonaviy ko‘rinishini ta’minlamoqda.
Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuqori darajada qayta ishlashga erishishdan iborat.
Agrosanoat majmuasida pirovard mahsulot ishlab chiqarish jarayonida texnologik rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan 70 dan oshiq tarmoqlar ishtirok etadi. Bu jarayonda qo‘l mehnatidan to zamonaviy avtomatlashgan ishlab chiqarish jarayonigacha qatnashadi.
Agrar soha O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘p yillar davomida o‘zak tarmog‘i bo‘lib keldi. 1990-yillar boshida mamlakatimiz agrar-industrial davlat bo‘lib, industrial tarmoqlarning aksariyati ham qishloq xo‘jaligiga bog‘liq tovar va mahsulotlar ishlab chiqarar edi. Shu sababli agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi masalalari boshqa iqtisodiy masalalarga nisbatan ustuvor darajada hal qilingan. Shunday bo‘lsa-da, aytish o‘rinliki, 1990-yilda iste’mol uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut mahsulotlarining qariyb 60 foizi, kartoshkaning 50 foizi, shakar, quruq sut va bolalar ozuqasining 100 foizi chetdan keltirilgan. Bu mustaqillikkacha agrar siyosatning samaradorligi juda past bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Agrosanoat majmuasini rivojlantirish masalalariga mustaqillik yillarida tubdan yangicha yondashuvlar shakllandi. Bu agrosanoat integratsiyasining erkin bozor tamoyillari asosida rivojlanishi zarurligidan kelib chiqadi. Qishloq xo‘jaligida xususiy tadbirkorlikning rivoj topishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining bozor mexanizmi asosida ro‘y berishi lozimligi davlatning agrosanoat majmuasi taraqqiy topishidagi rolini o‘zgartirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |