Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xo‘jalik yuritish
subyektlariga ko‘ra tuzilishi, jamiga nisbatan, %
Yillar
|
Jami
|
Jumladan,
|
qishloq xo‘jaligi korxonalari
|
fermer
xo‘jaligi
|
dehqon
xo‘jaligi
|
|
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
|
2000
|
100
|
27,8
|
5,5
|
66,7
|
2005
|
100
|
14,0
|
24,3
|
61,7
|
2010
|
100
|
2,2
|
35,0
|
62,8
|
2015
|
100
|
2,0
|
32,6
|
65,4
|
2016
|
100
|
2,0
|
32,9
|
65,1
|
|
Dehqonchilik mahsulotlari
|
2000
|
100
|
46,4
|
9,7
|
43,9
|
2005
|
100
|
21,4
|
46,1
|
37,1
|
2010
|
100
|
1,1
|
55,4
|
43,5
|
2015
|
100
|
1,0
|
55,8
|
43,2
|
2016
|
100
|
0,9
|
57,6
|
41,5
|
|
Chorvachilik mahsulotlari
|
2000
|
100
|
9,0
|
1,3
|
89,7
|
2005
|
100
|
4,7
|
2,7
|
92,6
|
2010
|
100
|
3,8
|
5,0
|
91,2
|
2015
|
100
|
3,6
|
5,2
|
91,2
|
2016
|
100
|
3,2
|
5,4
|
91,4
|
Agrar sohada mulkchilik munosabatlarining o‘zgartirilishi natijasida yaratilayotgan yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning salmog‘i o‘zgarmoqda. Xususan, 2000 – 2016-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotining xo‘jalik yuritish subyektlariga ko‘ra tuzilishidagi o‘zgarishlar yuqoridagi jadval ma’lumotlarida o‘z ifodasini topmoqda. Jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligi korxonalarining hissasi 2000 – 2016-yillarda 27,8 foizdan 2,0 foizga kamaygan. Aksincha, fermer xo‘jaliklarining hissasi 5,5 foizdan 32,9 foizga oshgan. Dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa qisman, ya’ni 66,7 foizdan 65,1 foizga qisqargan.
Bu tendensiya dehqonchilikda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Masalan, 2000 – 2016-yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalarining dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi 46,4 foizdan 0,9 foizgacha kamaygan, fermer xo‘jaliklarining hissasi esa 9,7 foizdan 57,6 foizgacha oshgan. Dehqon xo‘jaliklarining ulushi esa, yuqoridagi kabi, qisman, ya’ni 43,9 foizdan 41,5 foizgacha qisqargan.
Chorvachilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushi dehqonchilikdagi singari keskin o‘zgarmagan. Har uchala holatda ham asosiy o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushining keskin kamayishi va fermer xo‘jaliklarining ulushi jadal ortishi hisobiga sodir bo‘lgan. Chunki asosiy e’tibor bu yillarda xo‘jalik yuritishda fermerlik faoliyatini yuqori mavqega olib chiqishga qaratilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi asosiy mahsulot turlari bo‘yicha keskin oshib bordi. 2000 – 2016- yillarda donli ekinlar yetishtirish hajmi 2,1 barobar oshdi va 8261,3 ming tonnaga etdi. Kartoshka yetishtirish – 4 marta, sabzavotlar yetishtirish – 4,3 marta, uzum yetishtirish – 2,8 marta, poliz etishtirish – 4,5 marta, meva etishtirish – 3,8 marta ko‘paydi. Paxta yetishtirish biroz kamaydi va 2016 yilda 2000 yilning 98,5 foizi miqdorida paxta xomashyosi etishtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |