Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet98/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

11-Mavzu. TRANSPORT MAJMUASI

Reja:

11.1. Transport majmuasining umumiy tavsifi

11.2. Transport sohasi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari

11.3. Transport yo‘nalishlari va yo‘l-transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish

O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri transport sohasi hisoblanadi. Transport iqtisodiyotning ijtimoiy va moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lib, iqtisodiyot real sektorida ishlab chiqarilgan yuklarni, shuningdek, yo‘lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat hududlari va korxonalar hamda iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida ayirboshlash va kommunikatsiyani ta’minlaydigan sohadir.

O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga jadal va samarali integratsiyalashib borishida transport sohasi faoliyatining ta’siri yuqori baholanadi. Chunki iqtisodiyotni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan biri – bu transport omilidir. O‘zbekiston dengiz va okeanlarga chiqishda kamida ikkita davlat hududidan o‘tishi kerak. Bu ichki va xalqaro transport yo‘nalishlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘paytirishni taqozo etadi.

Transport sohasi ham funksional vazifalariga ko‘ra tavsiflanadi va tasniflanadi. Yerusti transportiga temiryo‘l, avtomobil, yerosti transportiga, suv transportiga dengiz va daryo transporti, havo transportiga aviatsiya kiritiladi. Iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra yuk va yo‘lovchi transporti ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ichki va xalqaro transport yo‘nalishlari alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Umumiy foydalaniladigan va umumiy foydalanilmaydigan transport turlari ham ajratib ko‘rsatiladi. Umumiy foydalaniladigan transport turi iqtisodiyotning va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadigan, iste’molchi va sotuvchi o‘rtasida tovar va xizmatlarni tashishda harakatlanadigan transportdir. Maxsus transport turlariga alohida olingan tarmoq, korxona hududida xizmat ko‘rsatadigan transport turlari kiritiladi.

O‘zbekiston qadimdan Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan davlat hisoblangan. Sharqni G‘arb bilan bog‘lashda mazkur yo‘nalishning ahamiyati yuqori baholangan. Mustaqillik yillarida mana shu xalqaro va mintaqaviy transport koridorlari yana qayta tiklanib, yanada rivojlantirilmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida Markaziy Osiyoning xalqaro tashuvlardagi ahamiyati to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, mintaqa yetakchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonning salohiyati yaqqol ajralib turadi. Bugungi kunga kelib samarali tashuvlar tizimi iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Transport tizimlari va kommunikatsiyalari Markaziy Osiyo orqali transosiyo va transyevropa tashuvlarining asosidir.

Mustaqillik yillarida mamlakat transport tizimi tashkiliy, iqtisodiy-moliyaviy hamda institutsional jihatdan takomillashib bordi. Muhimi uning yuk va yo‘lovchi tashish salohiyati yildan yilga ortib bordi. Transport tizimini boshqarishning zamonaviy, turli mulkchilikka asoslangan shakllari rivoj topdi. 1992-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, 1993- yilda «O‘zbekiston avtomobil transporti» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, 1994-yilda «O‘zbekiston temiryo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa tarmoq idoralari tashkil topdi. Mazkur tarmoq tuzilmalarining bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Hozir transport tizimida turli mulk shakllari, jumladan, davlat aksiyadorlik kompaniyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik kompaniyalari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish