Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet100/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Temiryo‘l transporti. Temiryo‘l transporti keyingi yillarda katta masshtablarda rivojlanib bordi. Sohaning yirik boshqaruv tuzilmasi – «O‘zbekiston temiryo‘llari» davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyada 70 mingdan ziyod kishi faoliyat ko‘rsatadi. Mamlakatimizda yuk tashish salohiyati temiryo‘llarda yuqori baholanadi.

Hozirgi kunda kompaniya tuzilmalari tubdan isloh qilinmoqda. Asosiy e’tibor alohida sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga qaratilmoqda.

Temiryo‘l transporti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

– temiryo‘l bo‘ylab yuklarni ekspeditsiyalash va yetkazib berish;

– temiryo‘l vagonlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;

– yo‘lovchilarni, jumladan, turistlarni tashish;

– lokomotiv va vagon parkini yangilash va ularga xizmat ko‘rsatish.

Temiryo‘l transporti sohasini rivojlantirishda bugungi kunda ustuvor yo‘nalish quyidagi investitsion loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi:

– tolali-optik tarmoqlarni qo‘llash bilan aloqa kanallarini mustahkamlash;

– yangi harakatlanuvchi sostavni (elektrovozlar va vagonlar) sotib olish, shuningdek, foydalanilayotganini modernizatsiyalash;

– yangi temiryo‘llarni qurish;

– temiryo‘llarni elektrlashtirish;

– temiryo‘llarni kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish, kompaniya zavodlarida yo‘lning yuqori qurilmasi elementlarini, ehtiyot qismlarni va h.k.larni ishlab chiqarishni tashkil etish.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi mamlakatimizning xalqaro transport koridorlariga qo‘shilishi va undan samarali foydalanishda salmoqli rol bajarmoqda. Jumladan, MDH hududida temiryo‘l transporti faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Temiryo‘llar hamdo‘stligi Tashkiloti (TYHT), Xalqaro temiryo‘llar uyushmasi (XTYU)ga a’zo. Shuningdek, Osiyo – Tinch okean mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy komissiyasi (ESKATO) bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. O‘zbekistonda TRASEKA (Yevropa – Kavkaz – Osiyo transport koridori) loyihasi bo‘yicha ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston temiryo‘llarining umumiy uzunligi 6464 km dan oshadi. Umumfoydalanish temiryo‘llarining uzunligi 4303,7 km ni tashkil etib, shundan 1353,5 km masofa elektrlashtirilgan. Temiryo‘llarining iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib bormoqda. Temiryo‘llar orqali jo‘natilgan yuk hajmi 2016-yilda 67,6 mln. tonnadan oshdi, yuk aylanmasi esa 22,9 mlrd. tonna-kilometrdan oshib ketdi.

Temiryo‘l transporti xizmatidan 2016-yilda 20,5 mln. nafardan oshiq yo‘lovchi foydalandi. Yo‘lovchi aylanmasi esa 3,9 mln. yo‘lovchi-kilometrni tashkil etdi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish