Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet99/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Avtomobil transporti. Bozor munosabatlari va sog‘lom raqobat O‘zbekiston avtotransport tizimida boshqa transport sohalariga nisbatan yuqori darajada rivojlanmoqda. Monopoliyadan chiqarish va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida avtomobilda tashish tizimini boshqarish mahalliy hokimiyatlar tasarrufiga o‘tkazilgan, sohadagi davlat mulki xususiylashtirilgan.

Hukumat tomonidan avtotransport sohasi huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda, litsenziyalash tartibi soddalashtirilib, soliqqa tortish, kredit berish, ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar narxi tartibga solinmoqda, yagona ijtimoiy va ilmiy-texnik siyosat shakllantirilib, transport korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati davlat qonunchiligi ijrosini ta’minlashni nazorat qilish orqali tartibga solinmoqda.

Avtomobil transporti tadbirkorlik faoliyati tez kengayib borayotgan tarmoqlardan biridir. Agar mamlakatimiz avtomobil transporti sohasida 2000-yil 1-yanvar holatiga 265 avtokorxona yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2016-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4141 tani tashkil etdi. 1990-yillar boshida har kuni avtomobil transporti orqali 800 ming tonna yuk va 7 million yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2016-yilda bir kunda 4 million tonna yuk va 21,4 million yo‘lovchi tashildi.

2000  – 2016-yillarda shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni qariyb ikki barobarga oshib, hozirda bu yo‘nalishlarning soni 4,3 mingdan oshib ketdi. Sohada yo‘lovchi tashish hajmi to‘liq, yuk tashish esa 90 foiz nodavlat kompaniya va korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida amalga oshirilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi – bu transport xizmatlari ko‘rsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulk shaklidagi tashuvchilarni jalb etishdan iborat.

O‘zbekiston avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 184000 km dan oshadi. Bu yo‘llar shaharlar va hududlar o‘rtasidagi transport aloqasining uzluksiz bo‘lishini ta’minlamoqda. Mazkur yo‘llar quyidagicha tasniflanadi:

– 42676 km – umumiy foydalanishdagi magistral yo‘llar;

– 3979 km – xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar;

– 14088 km – davlat ahamiyatidagi yo‘llar;

– 24609 km – mahalliy, ya’ni viloyatlar darajasidagi yo‘llar.

O‘zbekistonda daryo transporti sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan boshqariladi. Bu agentlik ichki suv yo‘llarida foydalanilayotgan kemalarni ro‘yxatga olish, kemalar reestrini yuritish, identifikatsiya raqamlari va kema guvohnomasini berish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Mamlakatimiz ichki suv yo‘llarida foydalanilayotgan kemalarning yaroqliligini baholash va ularni ro‘yxatga olish daryo transportini rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 10-martda «O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sohani rivojlantirishda yangi yo‘nalishlarni belgilab berdi. Mamlakatimizda suv transporti sohasini rivojlantirishda flot yangi kemalar, jumladan, 8  –35 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan transport kemalari bilan ta’minlandi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish