Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-Mavzu.ALOQA VA TELEKOMMUNIKATSIYa MAJMUASI



Download 1,39 Mb.
bet107/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

12-Mavzu.ALOQA VA TELEKOMMUNIKATSIYa MAJMUASI

Reja:

12.1. Aloqa va telekommunikatsiya majmuasining umumiy tavsifi

12.2. Aloqa va telekommunikatsiya sohasirivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari

12.3. Aloqa va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari

Aloqa tarmog‘i iqtisodiyotning ilg‘or texnologiyalar ko‘p qo‘llaniladigan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmog‘iga chambarchas bog‘langan sohalaridan biridir. Aloqa va telekommunikatsiya sohasining muhim vazifalaridan biri – tarmoq korxonalari xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini ta’minlab berishdir.

Aloqa turli vositalar yordamida axborot va ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni bildirib, ushbu vazifalar iqtisodiyotning pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye kabi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Telekommunikatsiya turli signal, belgi, matn, tasvir va ovozlar orqali uzatiladigan axborotlarni qayta ishlash tizimlari majmuasi sifatida faoliyat yuritadi. Tor ma’noda bir yoki bir necha turdagi telefon, telegraf, faksimil axborotlar almashinuvi, televizion va radio dasturlarni uzatishga mo‘ljallangan texnika vositalari to‘plami telekommunikatsiya tarmog‘i deb yuritiladi.

Aloqa va telekommunikatsiyaning iqtisodiy vazifalari mushtarak bo‘lganligi sababli bu sohalarni yaxlit aloqa va telekommunikatsiya majmuasi deb atash ham mumkin. Aloqa va telekommunikatsiya majmuasi nafaqat iqtisodiyot, balki ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatini tashkil etishda, davlat boshqaruvini amalga oshirishda, ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlashda, jami transport turlarini boshqarishda, aholining madaniy va maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim vazifalarni bajaradi.

Postindustrial taraqqiyot bosqichiga o‘tgan mamlakatlarni bejizga axborot jamiyatlari deb atashmaydi. Bu mamlakatlarda axborot va uni qayta ishlash natijasida yaratilgan yangi bilimlar innovatsion ukladni shakllantirish va rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Axborot jamiyati o‘sib, bilimlar jamiyatiga aylanadi. Bu, o‘z navbatida, bilimlarning real iqtisodiy resurslarga – innovatsiyalarga aylanishiga hamda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining markaziga chiqib olishiga olib keladi.

Aloqa va telekommunikatsiya vositalarining xo‘jalik yuritishda va qo‘shilgan qiymat ulushi yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda samarali ishtiroki iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirgan muhim omillardan biridir.

Aloqa va telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarish sohasi ilm sig‘imi yuqori bo‘lgan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Shu sababli aloqa va telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanish natijasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsion yuksalishga erishish mumkin.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aloqa va telekommunikatsiya sohasi jadal taraqqiy topdi. Sohani rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy, institutsional, mulkiy va huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, 1992-yil 13-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining «Aloqa to‘g‘risida»gi, 1999-yil 20-avgustda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, 2000-yil 25-mayda esa «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1989-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi” qabul qilindi.

Pochta aloqasi, axborot tizimlari, telekommunikatsiya sohasidagi boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 1997-yilda Aloqa vazirligi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirildi. Bu agentlik tarkibida «Mahalliy telekom» AK, «Xalqaro telekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Bu agentlik, keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga aylantirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra ushbu qo‘mita negizida vazirlik tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi aloqa va telekommunikatsiya sohasining yirik tashkiliy tuzilmalari hisoblanadi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohaning jadal rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur Farmonga muvofiq mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tuzilmoqda.

Aloqa va telekommunikatsiya korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallari faoliyat yuritmoqda.

Iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sektori sohalari ichida aloqa va telekommunikatsiya tarmog‘i o‘zining ijtimoiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu soha ishlab chiqarayotgan xizmatlar davlat va jamiyat a’zolarining axborot ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, iqtisodiyotning innovatsion yo‘nalishlari shakllanishiga shart-sharoit yaratmoqda.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish