Suv xo‘jaligi qurilishi. Suv inshootlari – kanallar, suv omborlari, to‘g‘onlar, drenaj tarmoqlari qurilishini o‘z ichiga oladi. Bu jarayon melioratsiya va suv xo‘jaligi sohasidagi faoliyatlarni ham qamrab oladi.
Uy-joy qurilishi. Uy-joy qurilishi aholini zarur turarjoy obyektlari bilan ta’minlash, mavjudlarini ta’mirlash va zamonaviylashtirishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Kommunal qurilish. Kommunal qurilishi aholi turarjoylarini suv, gaz, elektr tarmoqlari bilan ta’minlash, isitish tarmoqlari, boshqa kommunal xizmat obyektlarini qurishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |