Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonda transport turlari orqali tashilgan yuk hajmi



Download 1,39 Mb.
bet104/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

O‘zbekistonda transport turlari orqali tashilgan yuk hajmi

va yo‘lovchi soni dinamikasi





2000

2005

2010

2015

2016

Transport turlarida tashilgan yuklar, mln. tonna

804,6

755,9

1176,8

1527

1603,5

T.y. transportida

42,4

45,8

56,9

67,2

67,5

Avtomobil transportida

701,2

638,6

1066,1

1399,8

1473,7

Quvur yo‘llari orqali

(tranzit qo‘shilmagan holda)



61,0

71,6

53,7

60,0

62,2

Havo transportida, ming t.

15,2

6,2

29,5

24,6

26,5

Transport turlarida tashilgan yo‘lovchilar, mln. kishi

3595,9

3962,4

6008,7

7598,2

7910,9

T.y. transportida

14,6

15,1

14,5

20,1

20,5

Avtomobil transportida

3284,7

3796,4

5899,3

7511,4

7831,3

Havo transportida

1,5

0,9

1,9

2,2

2,1

Shahar elektr transportida

295,2

150,0

93,0

64,5

57

Barcha transport turlari orqali tashilayotgan yo‘lovchilar soni 7,9 mln. kishidan oshadi. Mazkur yo‘lovchilarning asosiy qismi, ya’ni 99 foizi avtomobil transportida tashildi. Temiryo‘llar orqali 20,5 mln. dan oshiq, shahar elektr transportida 57 mln. dan oshiq, havo transportida esa 2,1 mln. atrofida yo‘lovchi tashildi.


O‘zbekistonda transport turlari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari





2000

2005

2010

2015

2016

Transport turlarida tashilgan yuk aylanmasi, mlrd. tonna-km

54,6

68,9

75,8

86,9

88,0

T.y. transportida

15,0

18,1

22,3

22,9

22,9

Avtomobil transportida

8,9

13,8

24,5

33,9

36

Quvur yo‘llari orqali

30,6

36,9

28,9

30,0

28,9

Havo transportida, mln. t.-km

120,1

97,8

168,0

131,1

132,2

Transport turlarida tashilgan yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi-km

30,9

46,2

76,5

106

110,8

T.y. transportida

2,2

2,1

2,9

3,8

3,9

Avtomobil transportida

23,3

38,6

67,2

95

99,7

Havo transportida

3,9

4,6

5,8

6,8

6,7

Shahar elektr transportida

1,5

0,9

0,6

0,4

0,4

Transport turlari orqali tashilgan yuk hajmi va yo‘lovchilar sonidan boshqa ko‘rsatkichlar ham mavjud. Bu yuk va yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichidir. Bu ko‘rsatkichlar tonna-km va yo‘lovchi-km birliklari orqali ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar tashilgan yuk yoki yo‘lovchining qancha masofaga tashilganligini ham o‘zida aks ettiradi. Masalan, 25 tonna yukni 10 km. masofaga tashilsa, 250 tonna-km yuk aylanmasi hosil bo‘ladi. 10 tonna yuk 25 km masofaga tashilsa ham shu ko‘rsatkich hosil bo‘ladi.

Transport turlari orqali tashilayotgan yuklar aylanmasi 88 mlrd. tonnadan oshib ketdi. Yuk aylanmasining 28,9 mlrd. tonna-km quvur transportida, 36 mlrd. tonna-km. avtomobil transportida, 22,9 mlrd. tonna-km temiryo‘llar orqali tashilgan. Jami yuk aylanmasining 132,2 mln. tonna-km havo transportiga to‘g‘ri keladi.

Barcha transport turlari orqali tashilayotgan yo‘lovchilar aylanmasi 110,8 mlrd. yo‘lovchi-km dan oshadi. Mazkur yo‘lovchilar aylanmasining 90 foizi avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi. Temiryo‘l transporti orqali 3,9 mlrd. yo‘lovchi-km, havo transportida 6,7 mlrd. yo‘lovchi-km tashuv amalga oshirilgan.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar mamlakatimizda avtomobil transportining ahamiyati boshqa transport turlariga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.

2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 4,3 mingdan ko‘proq avtomobil transportining yo‘lovchi yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1013 tasi shahar, 2691 tasi shahar atrofi va 640 tasi shaharlararo yo‘nalishlardir. Yo‘nalishlarning 4266 tasi yoki 98,2 foizi tender asosida joylashtirilgan.


O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha yo‘lovchi tashish avtotransport yo‘nalishlari tavsifi


Hududlar

Amaldagi jami yo‘nalishlar soni

Yo‘nalishlarning

umumiy uzunligi

Toshkent sh.

300

5902,7

Toshkent viloyati

665

42697,5

Sirdaryo

173

5485,0

Jizzax

215

12823,4

Samarqand

456

18589,3

Navoiy

180

9089,9

Buxoro

282

11827,9

Farg‘ona

388

8580,5

Andijon

311

5887,3

Namangan

253

6980,5

Surxondaryo

191

17069,0

Qashqadaryo

338

16222,0

Xorazm

195

15400,2

Qoraqalpog‘iston

397

31102,6

Jami

4344

207657,8

Mamlakatimiz hududlarining maydoni, aholi zichligi, yo‘l-transport infratuzilmasining takomillashganlik darajasi, xalqaro transport yo‘nalishlariga aloqadorligi, urbanizatsiya darajasi kabilar avtomobil transporti rivojlanishini belgilab beradigan shart-sharoitlar hisoblanadi.

Mamlakatimizda asosan O‘zbekistonning «JM O‘zbekiston» QK, «Samavto» zavodlarida ishlab chiqarilgan hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari – Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanilmoqda.

Yuk va yo‘lovchi tashuvchilar o‘z avtomobil parklarini yangi va zamonaviy transport vositalari bilan to‘ldirishga harakat qilishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq 2017-2021-yillarda 303 ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o‘tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo‘nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to‘xtatilgan yo‘nalishlar tiklanadi.

Kelgusi 5-yilda 8,6 mingta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi. 
11.3. Transport yo‘nalishlari va yo‘l-transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish
Mamlakatning transport salohiyati rivojlanishini belgilab beradigan shart-sharoitlar va omillar mavjud. Ularning asosiylari yo‘l-transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish bilan bog‘liq shart-sharoitlardir.

Yo‘l-transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish sanoatni jadal rivojlantirish, uning salohiyatini oshirish, yo‘lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va ishchi kuchi mobilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi singari, transport tizimining moddiy-texnik bazasi, uning infratuzilmasi rivojlantirib kelindi.

2016-yilda 255,9 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo’llarida hamda shahar ko’chalarida yo’llarni mukammal ta’mirlashda 83,2 mlrd. so’mlik ishlar amalga oshirilib, 94,4 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari ta’mirlandi.

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga muvofiq «O‘zbekiston temiryo‘llari» davlat aksiyadorlik temiryo‘l kompaniyasi moliyalashtirish manbalari hisobidan 821,13 mln. AQSH dollari miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.

2016 yil iyun oyida, uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li va uning doirasida bunyod etilgan, uzunligi 19,2 kilometrni tashkil etuvchi “Qamchiq” tunnelining qurilishi to‘liq tugatilib, foydalanishga topshirildi.

2015 yil 11 iyulidan boshlab, mazkur yangi temir yo‘l orqali Farg‘ona vodiysiga hamda u erdan respublikamizning boshqa hududlariga yuk poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

2014-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi dunyoning 270 dan oshiq aviakompaniyalarini o‘zida birlashtirgan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) teng huquqli a’zosi bo‘ldi.

Bundan keyin ham yo‘l-transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish, uning sanoatni jadal rivojlantirishdagi ahamiyatini yanada kuchaytirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va salohiyatini oshirish, yo‘lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish davom etadi. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarga ustuvor e’tibor qaratiladi:

– 260 km li temiryo‘llarini qayta tiklash;

– 124,1 km. uzunlikdagi Angren – Pop elektrlashtirilgan yangi temiryo‘lining qurilishi davom ettiriladi;

– 140 km li Maroqand – Qarshi va 325 km li Qarshi – Termiz temiryo‘l uchastkalarini elektrlashtirish;

– ikki tomonlama qatnovga ega bo‘lgan Jizzax – Yangiyer elektrlashtirilgan temiryo‘l tarmog‘i qurilishining ikkinchi bosqichini amalga oshirish.

Transport tizimini rivojlantirishda davlat tomonidan transport siyosatining asoslari ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat transport siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

– tranzit yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish maqsadida transport majmuasini uzluksiz rivojlantirish;

– transport qurilish sohasida yangi texnologiyalar va texnikani joriy qilish bo‘yicha yirik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– mamlakatning qulay geografik joylashuv jihatlaridan foydalangan holda o‘z transport tizimining xalqaro transport tizimlariga integratsiyalashuvini ta’minlash;

– mamlakat hududida raqobatbardosh va qulay xalqaro transport koridorlarini barpo etish;

– davlat chegaralarini kesib o‘tishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, tarif siyosatini diversifikatsiyalash;

– yo‘l-transport sektoriga xorijiy kapitalning kirib kelishini yanada rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

– xalqaro norma va standartlarga mos keladigan, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ekologik toza transport texnologiyalaridan foydalanish.

O‘zbekiston avtomobilda tashish sohasida 9 ta xalqaro konvensiyaga, 2 ta xalqaro bitimga qo‘shilgan, 26 ta mamlakat bilan ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar imzolangan. Hozirda 175 ta avtokorxona xalqaro yuk tashish huquqini beradigan litsenziyaga ega.

Transport sohasini zamonaviylashtirish, jahon talablarida transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida sohada tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Masalan, 1998 – 2002-yillarda Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari zamonaviylashtirildi. 2010 – 2012-yillarda Toshkent aeroporti modernizatsiya qilindi. Navoiy aeroporti rekonstruksiya qilindi. Transport sohasini modernizatsiyalash ko‘lami kengayib bormoqda.

Xalqaro transport marshrutlarini ko‘paytirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonning Eron va Afg‘oniston orqali tranzit transport koridori orqali dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, bugungi kunda O‘zbekistonning jahon bozorlariga qulay va tez chiqib olishi uchun imkoniyatlar ko‘paymoqda. Xalqaro tasnifga ko‘ra, O‘zbekistonning jahonning turli mintaqalariga chiqishi uchun beshta guruh transport koridorlari mavjud. Bularni quyidagicha tasniflash mumkin:

«A» kategoriya yo‘llari;

O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Belarus – Yevropa Ittifoqi.

«B» kategoriya yo‘llari, ya’ni TRACECA;

O‘zbekiston – Qozog‘iston – Kaspiy dengizi – Ozarbayjon – Gruziya – Qora dengiz – Yevropa Ittifoqi.

O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Ozarbayjon – Gruziya – Qora dengiz – Yevropa Ittifoqi.

«C» kategoriya yo‘llari;

O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron (Bandar – Abbas);

O‘zbekiston – Turkiya – Qora dengiz – Yevropa Ittifoqi.

«D» kategoriya yo‘llari;

O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya;

O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy;

O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy.

«E» kategoriya yo‘llari;

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Eron;

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston;

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Eron – Turkiya;

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Eron –Hindiston.

Mazkur transport koridorlari mamlakatimizning jahonning rivojlangan mamlakatlari bozorlariga chiqishiga imkon beradi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi iqtisodiy, mehnat, ilmiy-texnik, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyati yuqori davlat hisoblanadi. Mamlakatimizning tranzit salohiyatini ham yuqori baholash mumkin. Shu sababli tranzit yuk va yo‘lovchi tashishga qulaylik yaratish, transport tizimining xalqaro transport tizimlariga integratsiyalashuvini ta’minlash, qulay xalqaro transport koridorlarini barpo etish, soddalashtirilgan tarif siyosatini joriy etish, zamonaviy transport texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning hal qiluvchi transport-tranzit tarmog‘iga aylanishi uchun transport-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangilash, mahalliy va xalqaro transport xizmatlari tarkibini diversifikatsiya etish, yangi transport yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish va tannarxini kamaytirishi lozim.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish