Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA



Download 1,39 Mb.
bet83/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Kimyo va neft kimyosi. Kimyo sanoati O‘zbekistonda yetakchi va ilg‘or sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xilma-xil kimyo mahsulotlari turlari, jumladan, kon-kimyo xomashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari – ammiak, noorganik kislotalar, ishqorlar, mineral o‘g‘itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar, plastmassa va sintetik smolalar, kaprolaktam, selluloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo‘yoq materiallari, sintetik buyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda tuzilma tarkibida 34 dan oshiq korxona faoliyat yuritmoqda. «Elektrokimyosanoat» AJ, Farg‘ona «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish zavodi, «Qo‘qon superfosfat zavodi», Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq «Ammofos» AJ, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Navoiy «Elektrokimyo» zavodi, «Navoiyazot» korxonasi, «Andijon biokimyo zavodi», «Yangiyo‘l biokimyo zavodi» AJ, Angren «Rezinatexnika» zavodi, Ohangaron «Santexlit», «Jizzaxplastmassa» zavodi, «Toshkent lok-bo‘yoq zavodi» AJ kabilar kimyo sanoatining yirik korxonalari hisoblanadi.

Kimyo sanoati majmuasida neft kimyosi sanoatining o‘rni va roli ortib bormoqda. Chunki neft kimyosi ilm sig‘imi yuqori sanoat tarmog‘i bo‘lib, ilmiy texnika yutuqlarini jadal olib kirish mumkin bo‘lgan zamonaviy tarmoqlardan hisoblanadi. Neft kimyosi neft va tabiiy yonuvchi gazlarni qayta ishlash mahsulotlari, asosan, sun’iy materiallar va buyumlar ishlab chiqarish korxonalarini o‘z tarkibiga oladi. Bular – sun’iy kauchuk, asosiy organik sintez mahsulotlari hisoblangan etilen, propilen, polietilen, sirt-aktiv moddalar, benzol, butadien, yuvish vositalari, mineral o‘g‘itlar, rezina buyumlari va keng xalq iste’moli buyumlaridan iborat. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi neft kimyosi sanoatining yirik korxonasi hisoblanadi.

Keyingi yillarda mineral o‘g‘itlar (100% to‘yimli ozuqa moddalariga hisoblanganda) qariyb 1200,0 ming tonna, (shundan, azotli o‘g‘itlar 979,2 ming tonna, fosfatli o‘g‘itlar 136,5 ming tonna, kaliyli o‘g‘itlar 96,4 ming tonna), sulfat kislotasi qariyb 1400,0 ming tonna, sun’iy ammiak 1420,2 ming tonna, kimyoviy tola va iplar 13,3 ming tonna, lok-buyoq mahsulotlari qariyb 85,0 ming tonna, polietilen 133,3 ming tonna, sintetik kir yuvish vositalari 63,0 ming tonna atrofida ishlab chiqarildi.



Yengil sanoat. Yengil sanoat turli xom ashyolardan aholi va qator ishlab chiqarish turlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari majmuasi hisoblanadi. Yengil sanoatda asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – paxta, ipak, zig‘ir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sun’iy tolalar, sun’iy charm xomashyo sifatida foydalaniladi. To‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal sanoati, shoyichilik, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari ishlab chiqarish, shuningdek, paxta tozalash sanoati yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridir.

Yengil sanoat to‘qimachilik, tikuvchilik, charm, mo‘yna va poyabzal tarmoqlariga bo‘linadi. Yengil sanoatda asosiy tarmoq to‘qimachilik hisoblanadi. Uning jami yengil sanoat mahsulotidagi ulushi qariyb 90 foizni tashkil etadi.

2016-yilda yengil sanoat korxonalarida 348,6 ming tonna ip-kalava, 198,7 mln. metr kvadrat paxtadan tayyorlangan gazlama, 62,8 ming tonna trikotaj mato, 219,4 mln. dona trikotaj mahsulotlar, 46,1 mln. juft paypoq mahsulotlari, 37,9 mlrd. so‘mlik tikuv mahsulotlari, 1230,1 tonna ipak tolasi, 31,6 ming tonna paxta momig‘i, 41,5 mln. metr kvadrat noto‘qima mato, 8,8 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi. Shuningdek, 36 mln. metr kvadrat gilam va gilam buyumlari ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston yengil sanoatida tashkiliy-iqtisodiy tuzilmalar «O‘zbekyengilsanoat» davlat uyushmasi, «O‘zbek ipagi» uyushmasi hamda «O‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasi hisoblanadi. Bu tarmoqda 150 dan oshiq korxona faoliyat olib bormoqda.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish