Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Sanoat tarmoq tuzilishining o‘zgarish dinamikasi, (foizda)



Download 1,39 Mb.
bet79/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

Sanoat tarmoq tuzilishining o‘zgarish dinamikasi, (foizda)





2000

2005

2011

2015

2016

Sanoat

100

100

100

100

100

Elektr energiyasi

11,9

11,3

7,9

7,5

7,4

Yoqilg‘i

13,4

16,2

17,3

13,3

11,0

Qora metallurgiya

2,5

2,5

2,6

2,3

3,0

Rangli metallurgiya

15,4

16,9

10,4

8,3

8,5

Kimyo va neft kimyosi

5,4

5,6

5,7

5,1

5,3

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

12,0

13,0

16,2

16,4

22,0

Yog‘och, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati

0,9

1,0

1,2

1,6

1,9

Qurilish materiallari

4,0

3,6

5,3

5,0

7,1

Yengil

19,2

16,6

13,4

16,7

15,5

Oziq-ovqat

9,4

8,2

14,1

18,2

15,2

Boshqalar

5,9

5,9

5,9

5,6

6,0

Sanoat qazib oluvchi, qayta ishlovchi, elektroenergetika tarmoqlari bilan birgalikda moddiy ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni egallaydi. Uning YIMdagi ulushi Ғarbdagi rivojlangan mamlakatlarda 2016-yilda o‘rtacha 23 – 26 foizni tashkil etdi. Taxminlarga ko‘ra, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 15 – 20 foizgacha pasayadi.

Sanoat milliy xo‘jalik boshqa tarmoqlarining moddiy-texnik rivojlanishini ta’minlab berishda muhim rol o‘ynaydi. Birinchi navbatda, sohada muhim ilmiy-texnik yutuqlar mujassamlashadi va ilmtalab sarmoya jamg‘arilishi jadal tus oladi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibi o‘zgarishining dinamikasini funksional-ishlab chiqarish majmualari bo‘yicha, ya’ni, mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, moddiy ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha tahlil qilish, sanoatdagi tarkibiy siljishlarni mezodarajada aniqlashga yordam beradi.

O‘tgan davrda sanoat tarmoqlaridagi nomutanosibliklar sezilarli darajada yumshatildi va tegishli ijobiy natijalar ta’minlandi. Bu quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlar natijasi bo‘ldi:

– sanoatning bazaviy tarmoqlarida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, modernizatsiyalash hamda texnik-texnologik qurollantirishga qaratilgan investitsiya siyosati;

– sanoatning samarali faoliyat yuritayotgan korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan budjet va kredit siyosati;

– mahsulot tannarxini kamaytirish va narx jihatidan raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

– sanoat ishlab chiqaruvchilarining mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy usullar bilan, jumladan, tarmoqlararo koope­ratsiyani va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamlarini kengaytirish orqali rag‘batlantirish.

O‘zbekistonda 2015-yil va undan keyingi davr uchun sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, sohaning ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va tashqi bozorda investitsion va iste’mol tovarlarini ildamlatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 2015 – 2019-yillarga mo‘ljallangan dasturlarda sanoatning jahon bozorida raqobatlasha oladigan va keyingi bosqichda iqtisodiy o‘sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotivi bo‘lish roli yanada kuchayadi. Samarali tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan siyosat davom ettiriladi. Buning uchun tegishli yo‘nalishlarda maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 2015-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi taqdim etilib, unda o‘ndan oshiq dasturlar qatorida sanoat ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga qaratilgan quyidagi ikkita keng qamrovli dasturlar ham ma’qullandi.

1. 2015 – 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi. Bunda qiymati jami 38 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

2. 2015 – 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarish dasturi. Bunda 1225 ta mahsulot turini o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish dasturida 600 ta loyiha mavjud.

Sanoatni taraqqiy ettirish milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeyini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor vazifalarini bajarishga xizmat qiladi. Shu sababli mamlakatimizning mavjud tabiiy xomashyo, mehnat, ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini bundan keyin ham sohani rivojlantirishga safarbar etish dolzarb bo‘lib qolaveradi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish