Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


Davlat sanoat siyosati va tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar



Download 1,39 Mb.
bet78/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

9.4. Davlat sanoat siyosati va tarmoqdagi tarkibiy o‘zgarishlar
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va undan keyingi barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish sharoitida O‘zbekistonning sanoat sektorini modernizatsiyalash davlat sanoat siyosatining markaziy yo‘nalishi hisoblanadi. Sanoat siyosati tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlashga va aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Sanoat siyosati sanoatlashtirish siyosati deb ham yuritiladi.

Sanoatlashtirish siyosati – aholi farovonligini oshirish, ichki va tashqi bozorda milliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini kengaytirish maqsadida innovatsion faollikni oshirish, samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, bu siyosat mamlakat iqtisodiy o‘sishining yangi sifat bosqichiga o‘tishi borasida amalga oshiriladigan tashkiliy, iqtisodiy, institutsional va moliyaviy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi hisoblanadi.

Jahon amaliyotida sanoatlashtirish siyosatining turli xil modellari mavjud. Ularning Ғarbiy Yevropa modeli, Yaponiya modeli, Yangi industrial mamlakatlarda amalga oshirilgan sanoatlashtirish modeli o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy natijaviyligi bilan ajralib turadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda moliya sektoridagi kamchiliklarni, iqtisodiyotdagi nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun sanoat ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish zarur. Deyarli barcha mamlakatlarda milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sektorlaridagi muammolarni hal etishda, sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirishda an’anaviy dastaklardan foydalanilmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Birinchi guruh dastaklarga soliq-tarif institutlari kiradi. Soliq solishning imtiyozli tizimi, tarif, bojxona, amortizatsiya siyosati va boshqalar shular jumlasidan. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishni talab etmaydi, lekin ma’lum muddatga davlatning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan daromadlarini qisqartirishi yoki ortga surishi mumkin.

Ikkinchi guruh dastaklarga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish vositalari kiradi. Subsidiyalar ajratish, davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish shunday vositalardir.

Uchinchi guruh dastaklar ustuvor ilmtalab tarmoqlar – ta’lim, ITTKI, ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi kabilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

To‘rtinchi guruhga institutsional xarakterga ega dastaklar kiradi. Bozorga kirish va chiqishda to‘siqlarni qo‘yish yoki olib tashlash, antimonopol qonunchilik, integratsiya jarayonlarini dastaklash, milliy bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida proteksionizm siyosatini qo‘llash shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirishda davlatning roli xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amal qilinishi shart bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar va qonun-qoidalar mexanizmlarini ishlab chiqish bilan tavsiflanadi.

Sanoatlashtirish siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri – bu ilm sig‘imi yuqori sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilayotganligidir, chunki sanoatning ilm sig‘imi yuqori va innovatsion sohalari istiqbolda mehnattalab va resurstalab tarmoqlarni «yetaklovchi» rol bajaradi. Keyingi yillarda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati jadal rivojlandi. Shuningdek, telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda sanoatlashtirishning yana bir muhim yo‘nalishi ichki iste’mol bozorini mahalliylashtirish dasturlari asosida keng turdagi iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishdan iborat. Xususan, mahalliy xom-ashyo resurslari chuqurlashgan darajada qayta ishlanadigan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi, tayyor mahsulot turlarining kengayishi, sanoatning umumiy hajmida iste’mol tovarlarining ulushini ko’payishiga imkon yaratdi. Agar, 2010 yilda sanoat ishlab chiqarishida iste’mol tovarlarining ulushi 35,9 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkich 43,1 foizga yetdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda import o‘rnini bosuvchi strategiya eksportga yo‘naltirilgan strategiyaga yonma-yon amalga oshirilmoqda. Boshqacha aytganda, iste’mol tovarlarining raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham ortib bormoqda.

Davlat sanoat siyosatida sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biridir. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o’sishi bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o’sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.

Sanoat mahsuloti umumiy hajmida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahalliylashgan mahsulotlar ulushi 2003 yilda 2,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkish 5,5 foizga etdi. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar soni 2003 yilda 74 tadan 2016 yilda 318 tagacha o’sdi. Agar 2013 yilda 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lsa, 2016 yilda 695 ta loyiha amalga oshirildi. Bu loyihalar bo’yicha mahsulotlar sotish umumiy hajmi 1,5 marta oshdi

Iqtisodiyot tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar sanoatning eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibini takomillashtirishda eng muhim omilga aylandi. Eksport tarkibida raqobatdosh tayyor sanoat mahsulotlari ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda umumiy eksport hajmining 75 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish imkonini berdi.

Davlatning sanoat siyosatida tarkibiy-investitsiya yo‘nalishi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalish sanoatning tarmoq tuzilishini takomillashtirib borishga, uni diversifikatsiyalashga qaratilgan. Milliy sanoatning tarmoq tuzilishi mustaqillik davrida takomillashib bordi, tarmoqlarning jami sanoat mahsulotidagi hissasi sezilarli darajada o‘zgardi. Masalan, 2000  – 2016-yillarda jami sanoat mahsulotlari hajmida elektr energiyasining ulushi 11,9 foizdan 7,4 foizgacha, rangli metallurgiyaning ulushi 15,4 foizdan 8,5 foizgacha, yengil sanoatning ulushi 19,2 foizdan 15,5 foizgacha, yoqilg‘i sanoatining ulushi 13,4 foizdan 11,0 foizgacha qisqargan bo‘lsa, mashinasozlik va metallni qayta ishlashning hissasi 12,0 foizdan 22 foizgacha, oziq-ovqat sanoatining hissasi 9,4 foizdan 15,5 foizgacha, qurilish materiallari sanoatining hissasi 4 fozdan 7,1 foizgacha oshdi.

2016 yilda qayta ishlash sanoatining ulushi 80,3 foizni tashkil etdi. Shundan 23,9 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, 16,7 foizi to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar va charm mahsulotlari ishlab chiqarish, 8,9 foizi kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish hissasidir.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish