To‘rtinchi bosqich – 2008-yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davr. Bu bosqich global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanishi oqibatida sanoatdagi modernizatsiya chora-tadbirlarining kuchayishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009 – 2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi va 2011 – 2015-yillarda sanoatni rivojlantirish dasturi amalga oshirildi. Shuningdek, sanoat korxonalarining texnologik darajasini baholash ishlari oxiriga yetkazildi, texnik-texnologik yangilash, keng ko‘lamda modernizatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |