Qora va rangli metallurgiya. Qora va rangli metallurgiya sanoatining iqtisodiyotdagi o‘rni katta bo‘lib, bu tarmoq mahsulotlari mashinasozlik, dastgohsozlik, uskunasozlik, elektronika va elektrotexnika, radiotexnika, maishiy texnika korxonalari uchun mahsulot ishlab chiqaradi. Tarmoq korxonalari resurs sig‘imi yuqori va ilm sig‘imi yuqori ishlab chiqarish tuzilmalari bo‘lib, tarmoqning yirik korxonalari Bekoboddagi O‘zbekiston metallurgiya kombinati, «O‘zikkilamchiqorametall» AJ, «O‘zikkilamchiranglimetall» UK hisoblanadi.
Hozirda yiliga 755 ming tonna po‘lat, 740,8 ming tonna qora metall tayyor prokatlari, 1,2 ming tonna ikkilamchi aluminiy, 19,6 ming tonna rangli metallar prokati hamda 400 tonna atrofida rangli metall qotishmasi ishlab chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |