O‘zbekiston iqtisodiyotida nodavlat sektori ulushining o‘zgarishi, %
|
2000
|
2005
|
2010
|
2015
|
2016
|
Yalpi ichki mahsulot
|
72,6
|
75,8
|
81,7
|
82,9
|
81,3
|
Sanoat mahsuloti ishlab
chiqarish
|
65,4
|
78,4
|
83,3
|
93,5
|
94,0
|
Yalpi qishloq xo‘jaligi
mahsuloti
|
99,0
|
99,5
|
99,9
|
99,9
|
99,8
|
Chakana savdo aylanmasi
|
96,8
|
99,6
|
99,9
|
99,9
|
99,9
|
Iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni
|
76,0
|
77,1
|
79,1
|
82,2
|
82,3
|
Agar 2000-yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 72,6 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda bu ko‘rsatkich tahlil qilinayotgan davr mobaynida 65,4 foizdan 94,0 foizgacha, iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonida 76 foizdan 82,3 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, ayni vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va chakana savdo aylanmasida xususiy sektorning ulushi qariyb 100 foizni tashkil etadi. Bu shundan dalolat beradiki, O‘zbekistonda halol raqobat asosida faoliyat olib borish uchun korxona va tashkilotlarga qulay shart-sharoitlar yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida raqobat muhitini yanada rivojlantirish, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni cheklashga bo‘lgan faoliyatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, shuningdek, xususiylashtirish jarayonidan keyingi davrda yangi tashkil etilgan korxonalar faoliyatini davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturlarining izchil bajarilib borishi natijasida bozor munosabatlarisubyektlari hisoblangan korxona va tashkilotlarning mamlakatdagi soni muttasil oshib borish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda.
Ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik raqobat muhitining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladigan tarkib hosil qiluvchi omil hisoblanadi. Bozorda qancha miqdordagi tadbirkorlik subyektlarining qatnashayotganligi undagi raqobatning intensivligini belgilab beradi. Ayni vaqtda raqobat biror-bir bozor qatnashchisining mutlaq hukmronligini inkor qilgan holda bozorda turli xildagi va turli shakldagi qatnashchilar mavjud bo‘lishini shart qilib qo‘yadi.
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxona va tashkilotlar soni dinamikasi (1-yanvar holatiga ko‘ra, ming) (fermer xo‘jaliklari hisobga olinmagan)
Ko‘rinib turibdiki, korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestrida ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni 2001– 2017-yillar davomida 157,4 mingtadan 285,3 mingtagacha, ya’ni 1,8 martaga oshdi. Ayni vaqtda jami korxonalar sonida nodavlat sektorining ulushi 84,1 foizdan 86,5 foizgacha o‘sdi. Bu esa yildan yilga mamlakat iqtisodiyotida raqobat kurashining yanada kuchayib, raqobat muhitining mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Islohotlar yillarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati asosiy e’tiborni iqtisodiyotning turli tarmoq korxonalari va ularning tegishli bozorlardagi mavqelariga, tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining mustahkamlanishiga, qonun buzilishi holatlarini izchil bartaraf etishga qaratdi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan davlat reestrida ro‘yxatga olingan monopol korxonalar va mahsulot turlarining soni sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Xususan, 2001-yilning boshida monopol mavqega ega korxonalar soni 350 ta va monopol mahsulotlar soni 230 taga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 151 va 10 tani tashkil etdi. Monopol korxonalarning jami korxonalardagi ulushi ham sezilarli darajada pasaydi: agar 2001-yilda jami korxona va tashkilotlarning 0,2 foizini monopol korxonalar tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib bu ko‘rsatkich 0,05 foizga tushib qoldi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyoti kabi O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar mamlakat iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra tabiiy monopoliya «tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas» deb talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |