18.4. O‘zbekistonda raqobat muhitining shakllanish xususiyatlari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, milliy iqtisodiyotda raqobat muhiti shakllanganligini belgilab beruvchi asosiy shart-sharoitlardan biri xususiy mulk yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish, xususiy mulkdorlar huquqlarini himoya qilishni mustahkamlovchi iqtisodiy tizimni shakllantirish hisoblanadi.
Bugungi kunda respublikada nodavlat mulkining har xil shakllarini rivojlantirish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Bu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi o‘laroq, O‘zbekistonda turli mulkchilik shakllariga asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot asoslari barpo etildi. Eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning mulk shakllari bo‘yicha tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |